Tuproqning tuz tartibi. Tuproqning tuz tartibi


Download 97.63 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi97.63 Kb.
#1308681
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tuproqning tuz balansi va tartibi.

Tuproqning tuz tartibi.

Tuproqning tuz tartibi.

  • Darsning maqsadi: Talabalarga tuproqning tuz balansi va tartibi, hamda uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi sharoitlar to’g’risida ma’lumot berish.
  • Identiv o’quv maqsadlari:
  • Tuproqning tuz balansi to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi.
  • Tuproqning tuz tartibi va uning tsiklik o’zgarish qonuniyatlarini izohlab bera oladi.

Tuproqning tuz balansi va tartibi.

  • Tuproqning tuz balansi deb – ma’lum bir muddat ichida tuproq-gurunt qatlamida tuzning to’planishi va sarf bo’lib cgiqib ketishining miqdor jihatdan ifodalanishiga aytiladi.
  • Tuproqning tuz balansi qo’llanilayotgan meliorativ tadbirlarning samaradorligini aniqlash uchun, bir yilga yoki bir necha yilga tuzilishi mumkin. Tuproq tuz balansining asosiy ko’rsatkichlari- tuproq profili va qatlamlaridagi suvda oson eruvchan tuzlar zahirasining sizot suvlarigacha bo’lgan qatlamdagi 1m²/kg hisobidagi miqdoridir.

Tuproqning tuz balansi elementlari.

  • Ma’lum davr ichidagi boshlang’ich va oxirgi tuz zahirasi.
  • Shu davrda kelib to’plangan tuz.
  • Shu davrda chiqib ketgan tuz.

Tuproq tuz balansining tiplari.

  • Doimiy bir xildagi- bunda tuproq qatlamlaridagi tuz zahirasi o’zgarmay turadi.
  • Sho’rlanadigan- bunda tuz zahirasi kamayib boradi.
  • Tuzi kamayadigan- bunda tuz zahirasi kamayib boradi.
  • Birinchi tip- asosan yangi o’zlashtirilayotgan allyuvial tekisliklar uchun hos (yirik daryolarning o’rta oqimida joylashgan).
  • Ikkinchi tip- dengiz oldi va quruq deltalar, daryolar pastki oqimi, hamda qayir uchun xos.
  • Uchinchi tip- tabiiy suv oqimi yaxshi bo’lgan maydonlar (o’tloqi va qayir tog’oldi zonalari terrassalari uchun xos).

Tuproqning tuz balansini o’rganish nima bedradi?

  • Tuproqning tuz balansini o’rganish tuproqqa tuzning kelishi va chiqib ketishini aniqlashga, o’zlashtirilgandan keyin tuzning tarkibi va miqdorini qanday o’zgarib borayotganligini bashorat qilishga, tuproqning sho’rlanish yoki sho’ri kamayishijarayoning yo’nalishini ko’rsatib beradi va qo’llanilayotgan meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholashga imkon beradi.

Download 97.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling