Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproq profili bo’yich tuzning o’zgarishi va unga ta’sir etuvchi faktorlar. - Sug’oriladigan tuproqlarda tuproq profili bo’yicha tuzlarning o’zgarish dinamikasi, sizot suvlari bir-xil chuqurlikda joylashgan sharoitda ularning bir xilda bo’lgan sharoitda esa, sug’orish normasiga bog’liq bo’ladi, ya’ni sug’orish normasi kamaygan sari, tuproq qatlamlarida tuz to’planishi kuchayadi. Bu qonuniyat I.K.Kisilyova, N.T.Efimenko, E.A.Liftshe va T.Tokmirzayevlarning ko’p yillik tajribalarida isbotlangan.
Barcha hollarda sug’orish normasining kamayishi tuproqning keskin sho’rlanishiga sabab bo’lgan. - N.P.Efimenkoning tajribalarida, sizot suvlari sathi 1,8-2,0m. va sug’orish normasi 2330m³/ga bo’lganda paxta xosildorligi 52s/ga ni, sug’orish normasi 3400m³/ga bo’lganda 45,8 s/ga ni, sug’orish normasi 4160m³/ga bo’lganda esa 41s/ga. Ni tashkil etgan (tajriba bedadan keyin sho’r yuvish o’tkazilmagan dalada olib borilgan). Olingan xosildorlik ko’rsatkichlari shuni ko’rsatadiki, sug’orish normasini 3400-4160 m/ga oshirish o’sha vaqt uchun ortiqcha bo’lgan. Kam miqdordagi sug’orish normasi hosildorlikning oshishini ta’minlash bilan bir qatorda o’simlik vegetatsiyasi davrida tuproqning sho’rlanishiga olib kelgan.
A.A.Sidkoning izlanishlari natijalari. - A.A.Sidko, o’z izlanishlari natijasida shunday xulosaga keladiki, Mirzacho’lning bo’z-o’tloqi tuproqlari sharoitida g’ozaning yaxshi o’sib rivojlanishi uchun, suvda eruvchan tuzlarning miqdori haydalma qatlamda 0,12 % dan, pastki qatlamlarda esa 0,15-0,22 % dan (quruq tuproqvazniga nisbatan) oshmasligi kerak deydi.
Mirzacho’lning lyossimon qumoq tuproqlari kabi bir xil gruntli o’rta qumoq tuproqlarda yer osti suvlarining yer batiga yaqinlanishi o’suv davridagi sug’orish normasini qisqartirish imkonini berish bilan birga, sho’r yuvishda beriladigan suv normasini sug’orishda ketadigan suv sarfiga nisbatan1,5-3 baravar oshirib yuboradi. - Mirzacho’lning lyossimon qumoq tuproqlari kabi bir xil gruntli o’rta qumoq tuproqlarda yer osti suvlarining yer batiga yaqinlanishi o’suv davridagi sug’orish normasini qisqartirish imkonini berish bilan birga, sho’r yuvishda beriladigan suv normasini sug’orishda ketadigan suv sarfiga nisbatan1,5-3 baravar oshirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |