1. Quyidagilar: Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq


Download 0.56 Mb.
bet8/14
Sana21.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1371963
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
PQ-3550 20.02.2018

Iqtisodiy bo‘limda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu bo‘limda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
loyihaning iqtisodiy foyda va xarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha natijalari, oqibatlari va ta’siri tahlili, sarf-xarajatlari va o‘lchab bo‘lmaydigan foydalari, qo‘shilgan foydalar va sarflari, qaytarib bo‘lmaydigan sarf-xarajatlari, tashqi ta’sirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash;
tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida, loyihani va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, xomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori konyunkturasi bilan uzviy bog‘liqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.
Ijtimoiy bo‘lim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar ko‘radigan foydani o‘zida aks ettiradi. Ushbu bo‘limda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga ta’siri;
ishchilar va mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturi;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi normalari;
mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar bo‘yicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.
Umumiy xulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning eng maqbul variantini tanlash bo‘yicha xulosalar va tafsilotlar, boshqa xulosalar aks ettiriladi.
TIA/TIHKga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
yuridik hujjatlar, shu jumladan:
korxonaning ustavi va ta’sis shartnomasi;
litsenziya (agar ushbu faoliyat turi Maxsus litsenziya talab qiluvchi ayrim faoliyat turlari ro‘yxatiga kiradigan bo‘lsa);
amalga oshirilayotgan va amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalarni inobatga olgan holda, korxona (qarz oluvchi) bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun o‘z mablag‘lari yetarli ekanligini asoslovchi pul mablag‘lari oqimi prognozi;
xarid qilinayotgan uskunalar bo‘yicha tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) va/yoki tuzilgan shartnomalar (ular mavjud bo‘lganda);
korxonaning (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha bo‘yicha kafolat beruvchilar) davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan so‘nggi 2 yil uchun to‘liq yillik buxgalterlik hisoboti;
xorijiy sheriklar (ta’sischilar) to‘g‘risida ma’lumot;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining xulosasi;
boshqa hujjatlar.
Izoh: TIAni tayyorlashda marketing bo‘limi, shuningdek, loyihani amalga oshirishdan keladigan moliyaviy foydalarni aks ettiruvchi materiallar va hisob-kitoblar tavsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Nizomga 4-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
5-ILOVA


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling