1. Quyidagilar: Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq


Download 0.56 Mb.
bet7/14
Sana21.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1371963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
PQ-3550 20.02.2018

Moliya bo‘limi moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini o‘zida aks ettiradi. Ushbu bo‘limda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihaning amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari bo‘yicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy ko‘rinishda, vaqt bo‘yicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlarini inobatga olgan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi;
investitsiya xarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari bo‘yicha taqsimoti;
ishlab chiqarish xarajatlari (ekspluatatsiya xarajatlari) hisob-kitobi;
loyihaning boshqa xarajatlari hisob-kitobi;
loyihaning quyidagilarni o‘z ichiga olgan moliyaviy ko‘rsatkichlari:
mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning chiqish narxi hisob-kitobi;
savdolardan keladigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi;
pul mablag‘lari oqimining yig‘ma hisob-kitobi;
diskont usullari yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR), diskontlanadigan foyda va xarajatlar nisbati (B/C), xarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash;
loyiha likvidligi tahlili;
kredit yoki budjet mablag‘larini olayotgan loyiha ishtirokchilarining so‘nggi ikki yil uchun buxgalterlik hisoboti shakllari;
kredit yoki budjet mablag‘larini olayotgan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy holati, shu jumladan:
korxonaning likvidligini baholash;
korxonaning mustaqilligini baholash;
o‘z mablag‘larining daromadliligini baholash;
kiritilgan mablag‘larning daromadliligini majburiyatlarni inobatga olgan holda baholash;
moliyalashtirish sxemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;
moliyaviy xavf-xatarlarni baholash, xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, o‘zgarishlarning taxminiy xususiyatlari va ko‘lami, xatarlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling