Reja : Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali
Download 0.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqmoliya MMT93-2 Muhammadiyev SH
.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar)dan farq qiladi Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va resurslarning yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir Tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul tushumi maydonga chiqadi. Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalar olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo‘ysunadi. Shu sababli xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling