1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Bosqich Subyektlar
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 10-ILOVA Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Oldingi tahrirga qarang. malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasasi) — mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga asosan belgilangan turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) turizm sohasi mutaxassisi — oliy yoki o‘rta-maxsus kasb diplomiga va (yoki) belgilangan namunadagi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik haqidagi diplomga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; turizm sohasidagi mutaxassisni qayta tayyorlash — kasbiy faoliyatning qo‘shimcha turlarini amalga oshirish uchun bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarning zarur hajmi egallanishini ta’minlovchi o‘qitish shakli; turizm sohasidagi mutaxassisning malakasini oshirish — turizm sohasida avval egallangan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlash, kengaytirish, chuqurlashtirish va takomillashtirishga imkon beruvchi o‘qitish shakli. Oldingi tahrirga qarang. 3. Turizm sohasida mutaxassislarning qayta tayyorlanishi va malakasini oshirish amalga oshiriladigan lavozim va mutaxassisliklar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 4. Boshqa davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan jismoniy shaxslarga malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi o‘qitishga oliy yoki o‘rta-maxsus kasbiy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat tan olinish jarayonidan o‘tgandan so‘ng ruxsat etiladi. 5. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini tashkil qilish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 2-bob. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari 7. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsadi yuqori darajadagi kasbiy faoliyatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlar, ko‘nikma va qobiliyatlarni olish va doimiy yangilash, kasb standartlari va ta’lim dasturlari asosida kasbiy mahoratni tizimli rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. 8. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi: funksional majburiyat va vakolatlarning samarali bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajada mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarini uzluksiz yangilash mexanizmlarini joriy qilish; milliy iqtisodiyot, turizm sohasi, hududlardagi va umuman respublikadagi haqiqiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi tarkibini optimallashtirish; qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va ularning natijalarini monitoring qilish; turizm bozori rivojlanishining hozirgi yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini o‘quv-uslubiy, axborot va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va uni takomillashtirish; qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish; qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining yanada rivojlanishi va modernizatsiyasini ta’minlash. 3-bob. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining tarkibi va uni boshqarish Oldingi tahrirga qarang. 9. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tarkibiga Vazirlik, Madaniy meros obyektlarini asrashga doir muammolarni o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda buyurtmachilar kiradi. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 10. Vazirlik: (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ta’lim jarayoni mexanizmlari va takomillashtirish usullarini belgilaydi; turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni tasdiqlaydi; turizm sohasidagi kasb standartlari hamda yo‘nalish va mutaxassisliklar Klassifikatorining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yo‘nalishlari bilan muvofiqligini ta’minlaydi. 11. Institut yagona normativ bazani ishlab chiqish va turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonini muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi. 12. Institutning turizm sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: milliy va xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilgan holda turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish; qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida ilg‘or xalqaro amaliyotni o‘rganish va joriy qilish; ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va murabbiylarning kasbiy o‘sishiga qaratilgan, tashkilotlarning ishlab chiqarish bazasidan foydalangan holda amaliy o‘qitishning interfaol usullarini joriy qilish; kasb va ta’lim standartlariga muvofiq holda, o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy hujjatlar va turizm sohasidagi adabiyotlarni ishlab chiqish va ularning tahlilini amalga oshirish; ta’lim muassasalariga turizm sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlar va turizm sohasidagi adabiyotlarni taqdim etish, tarqatma materiallarning ishlab chiqilishi va nashr qilinishini tashkillashtirish; malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish; turizm sohasi mutaxassislari kasbiy faoliyati, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayoni monitoringining yagona elektron tizimi axborot resurslarini shakllantirgan va ro‘yxatdan o‘tkazgan holda, turizm sohasining ishtirokchilari va qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro elektron aloqani ta’minlash; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yagona reyestrini yuritadi. 13. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali jarayonini tashkillashtirish maqsadida ta’lim muassasalari: tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishning zarur sifatini ta’minlaydi; kurslar doirasida sifat jihatidan tashkiliy va mahorat mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv, uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratadi; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yuqori malakali pedagogik kadrlar va turizm sohasidagi yetakchi amaliyotchi-mutaxassislarni, shuningdek xorijiy mutaxassislar va o‘quv-uslubiy xodimlarning keng jalb qilinishini ta’minlaydi; fanning amaliyot bilan aloqasini ta’minlaydi, turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining ta’lim jarayoniga o‘z vaqtida joriy qilish mexanizmini amalga oshiradi; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quvchilarga amaliyot va ochiq ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi, ularning keyingi muhokamasi va tanqidiy tahlilini tashkillashtiradi; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va turizm sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish uchun tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; o‘qitishda bitiruvchilarga davlat namunasidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi; Institutga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tugatgan tinglovchilar haqidagi ma’lumotlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari Yagona reyestriga kiritish uchun majburiy tartibda taqdim etadi. 14. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi turizm sohasi mutaxassislarini o‘qitishning buyurtmachilari vazirlik va idoralar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. 15. Buyurtmachilar: har yili mutaxassislarning miqdor va sifat tarkibi, belgilangan kasbiy tayyorgarligi va ixtisoslik darajasi, ish tajribasi, alohida xodimlarning ishchanlik va shaxsiy sifatlarining tahlilidan kelib chiqqan holda, ularning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishida o‘z ehtiyojlarini mustaqil ravishda belgilaydi; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tasdiqlangan jadvali asosida tegishli kurslarga belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishini ta’minlaydi; kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarning ilg‘or tajribasi, yangi bilimlari va ko‘nikmalari ommalashishini tashkillashtiradi, ularning ijobiy tajribasini targ‘ib qilish bo‘yicha choralarni ko‘radi; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ichki monitoringini olib boradi, yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek, bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish uchun tanlovlar o‘tkazish jarayonida ularni asosiy mezon sifatida e’tiborga oladi. 4-bob. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish hamda o‘tkazish tartibi 16. Sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishdagi oliy yoki o‘rta va o‘rta-maxsus professional ta’lim muassasalarini bitirgan va turizm sohasi korxonalarida ishlayotgan mutaxassislar, ularning asosiy kasbiy ma’lumotlarini tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish, ular tomonidan kasb mezoni va malaka talablari bilan belgilangan darajada kasb faoliyatini olib borishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash maqsadida qayta tayyorlovdan o‘tishi tavsiya etiladi. 17. Turizm sohasi mutaxassislari faoliyat talablaridan kelib chiqqan holda, doimiy asosda, har uch yilda bir marta malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirishdan o‘tishi zarur. 18. Turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish pullik asosda amalga oshiriladi. O‘qitish narxi turizm sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturining davomiyligidan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasasi va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi. 19. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkillashtirish tasdiqlangan kasbiy standartlar va malaka talablari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlari, mashg‘ulotlar jadvali orqali tartibga solinadi. 20. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi: ma’ruza, interfaol seminarlar, amaliy mashg‘ulot, sayyor mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish (ta’lim), malakaviy amaliyot, loyiha ishini himoya qilish va imtihon. Tegishli axborot-uslubiy va tashkiliy-texnik asos bo‘lgan taqdirda, qayta tayyorlash va malaka oshirishning ta’lim jarayoni masofaviy o‘qitish usullaridan foydalangan holda tashkil qilinishi mumkin. Masofaviy ta’lim onlayn shakllarda tashkillashtiriladi. 21. Barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, o‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi. 22. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning ta’lim jarayoni, qoidaga ko‘ra, buyurtmachilardan kelib tushgan yillik buyurtmalar bo‘yicha guruhlarning to‘lishidan kelib chiqqan holda, akademik guruhlarda tashkil qilinadi. Tinglovchilarning kam sonli yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkillashtirish doirasida, o‘qitishning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorga muvofiq guruhlarni shakllantirish uchun — bitta guruhdagi tinglovchilar soni 5 nafardan kam bo‘lmagan miqdorda o‘rnatilishi mumkin. 23. Ta’lim muassasalarida turizm sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘qitishning quyidagi shakllari orqali amalga oshiriladi: asosiy ishdan ajralgan holda; asosiy ishdan qisman ajralgan holda (aralash usul); masofaviy o‘qitish shakli yordamida asosiy ishdan ajralmagan holda. 24. Asosiy ishdan ajralgan va qisman ajralgan holda (aralash usulda) qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. 25. Qayta tayyorlash kasbiy faoliyatning qo‘shimcha turlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni o‘zlashtirish borasida kamida 576 akademik soat hajmdagi kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini o‘z ichiga oladi. Malaka oshirish o‘z ichiga quyidagi o‘qitish turlarini oladi: turizm sohasi mutaxassislarining aniq vakolatlariga oid alohida predmetlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli mavzuli o‘qitish (18 — 72 akademik soat); kasbiy faoliyat yo‘nalishi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, turizm sohasi va turizm bozori rivojlanishining dolzarb muammolarini chuqur o‘rganish bo‘yicha uzoq muddatli o‘qitish (72 — 144 akademik soat); kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida vujudga keluvchi boshqaruv, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik va boshqa masalalar bo‘yicha mavzuli va muammoli seminarlar. 26. Qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarining o‘zlashtirilishi ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya bilan tasdiqlanadi va uning natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq, davlat namunasidagi hujjat — qayta tayyorlash haqidagi diplom beriladi. Malaka oshirish kurslari natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, malaka oshirganlik haqidagi guvohnoma beriladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirishni o‘zlashtirish uchun tanlangan dasturni tamomlamagan yoki attestatsiyadan o‘tmagan tinglovchilarga, ta’lim muassasalari tomonidan, o‘zlashtirilgan ta’lim dasturining haqiqiy hajmi va mazmuni aks ettirilgan akademik ma’lumotnoma beriladi. 27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarini mustaqil yoki masofaviy o‘qitish texnologiyalari orqali o‘zlashtirayotgan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyadan o‘tishiga ruxsat etiladi. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy attestatsiya ta’lim muassalarining attestatsiya komissiyalarida o‘tkaziladi. 28. Asossiz sabablar bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganligi uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining tinglovchilari safidan chetlatilganlar, takroran pullik asosda kursdan o‘tishlari, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirishning navbatdagi kurslarida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha attestatsiyadan o‘tishlari lozim. 29. Attestatsiya natijalari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida takroran imtihon topshirish imkoniyati beriladi. Takroriy imtihon topshirish imkoniyati faqat bir marta taqdim etiladi. 5-bob. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash 30. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) ichki nazorat: asosiy bilimlarni baholash; yangi bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarning o‘zlashtirilganlik darajasini joriy nazorat qilish; o‘qitish yakunlangandan so‘ng mutaxassislik bo‘yicha attestatsiyani o‘z ichiga olgan yakuniy nazorat; b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat. Oldingi tahrirga qarang. 31. Egallangan bilim va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiya o‘tkazish tartibi, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi ta’lim jarayonining sifatini baholash mexanizmlari Vazirlik tomonidan belgilanadi. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 32. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari faoliyatini baholash tartibi qonunchilik hujjatlariga asosan tartibga solinadi. (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 6-bob. Ta’lim muassasalariga nisbatan talablar 33. Ta’lim muassasalari mulchilik shaklidan kelib chiqqan holda quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan nodavlat ta’lim faoliyatini yuritish uchun litsenziyaning mavjud bo‘lishi; b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nodavlat ta’lim muassasalarining davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan bo‘lishi; 34. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni olib borayotgan ta’lim muassasasi quyidagi hujjatlarni kamida uch yil davomida saqlashi shart: a) Institut bilan kelishilgan va ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan imtihon biletlari savolnomalari; b) baholar, bilet raqamlari, imtihon komissiyasi a’zolarining ism va familiyalari aks ettirilgan va ularning imzolari qo‘yilgan imtihon komissiyasi qaydnomasi; v) mashg‘ulotlarni o‘tkazish sanasi, mashg‘ulotlarning mavzusi, o‘quv soatlari miqdori, o‘qituvchilarning familiyasi va imzosi ko‘rsatilgan ta’lim jarayonida tinglovchilarning davomat jurnali; g) hujjatlarning raqami, berilish sanasi, o‘qitish davri, o‘quv kursining nomi, tinglovchilarning familiyasi va ismi-sharifi, pasport ma’lumotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatlarning berilganligini hisobga olish jurnali. 7-bob. Turizm sohasida mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlariga qo‘yiladigan talablar 35. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv-mavzuli rejalar va o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. O‘quv dasturlari ta’lim muassasalari tomonidan Institut bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlari zaruratga qarab, ammo uch yilda kamida bir marta yangilanadi. 36. O‘quv dasturlari tinglovchilarning amaldagi ehtiyojlari va ularning tayyorgarlik darajasini e’tiborga olgan holda shakllantiriladi. O‘quv dasturlari ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan holda, turli faoliyat sohalari uchun alohida ishlab chiqilishi mumkin. O‘quv dasturlari asosiy va qo‘shimcha o‘quv modullariga ajratilgan holda alohida o‘quv modullariga bo‘linadi. 37. O‘quv dasturlarining mazmuniga bo‘lgan asosiy talablar, mutaxassislik bo‘yicha zarur va yetarli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishini e’tiborga olgan holda, kasb standartlari va mutaxassisning malaka tavsifnomasiga qat’iy muvofiqlik prinsiplariga asoslanadi. O‘quv dasturi fan, texnika, texnologiya va turizm bozori rivojlanishining ilg‘or yutuqlariga muvofiq holda yaratilishi, turizm ta’limi tizimida uzluksizlik, izchillik va ketma-ketlikni ta’minlashga doir talablarga javob berishi lozim. 38. O‘quv dasturi ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni o‘zlashtirish uchun imkoniyatlarni nazarda tutishi kerak. 39. Turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari nazorat tadbirlarida quyidagilar nazarda tutiladi: tinglovchilarni testdan o‘tkazish; kamida 15 ta slayd hajmidagi malakaviy loyiha (taqdimot)ni tayyorlash va himoya qilish; namoyish imtihoni. 8-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 41. O‘z vaqtida va sifatli qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun javobgarlik ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatiladi. Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkillashtirish SXEMASI
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling