71.
|
“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universitetining xalqaro reytinglar bo‘yicha mavqeyini oshirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish:
universitetga talabalikka qabul qilish jarayonini tashkil qilish uchun mustaqillik huquqini berish, shu jumladan yiliga ikki marta (bahor va kuz semestri) talabalarni qabul qilish mexanizmini joriy etish;
universitetning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqqan holda xalqaro ta’lim malaka standartlariga muvofiq o‘qitishning oltinchi va yettinchi darajalarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
ingliz tilini mukammal darajada biladigan tegishli professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirgan holda o‘quv jarayonini Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan xorijiy tillarda olib borish;
ilg‘or, e’tirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashishi;
Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha boshqa chora-t�dbirlarni amalga oshirish.
|
2021-yil yanvar
|
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
A. Abduhakimov
|