2020-2021 o‘quv yilidan boshlab
|
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Aqqulov)
|
A. Abduhakimov
|
79.
|
Turizm sohasidagi ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Bo‘stonliq o‘rmon xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji va uning bino va inshootlarini o‘rnatilgan tartibda beg‘araz asosda topshirishni, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qabul qilib olishni (tasarrufiga o‘tkazish) ta’minlash.
|
2020-yil
sentyabr
|
ishlab chiqish uchun — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov)
|
A. Abduhakimov
|
80.
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarning xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga muvofiq maqomi va nomini (rebrending) Qo‘mita tomonidan mustaqil belgilash huquqini berish.
|
2020-yil
oktyabr
|
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Aqqulov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
|
A. Abduhakimov
|
81.
|
Fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, kasallanish darajasini, shu jumladan yurak xastaligini kamaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida quyidagilani nazarda tutuvchi “Sog‘lom hayot sari qadam” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:
jahon standartlariga asoslanib, zarur shart-sharoitlarni hisobga olgan holda va sanitariya-epidemiologiya talablari asosida har bir tuman va shaharning markaziy ko‘chalarida piyodalar yo‘laklarini tashkil etish;
piyodalar uchun alohida yo‘l belgilari, shu jumladan bosib o‘tgan masofa, sarflangan kaloriya miqdori, sog‘liq ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatish;
|