2021-yil
|
amalga oshirish uchun — Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev), Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B. Islamov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (B. Kuchkarov)
|
O. Umarov
|
85.
|
Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish:
“Matbuot tarqatuvchi” AK kiosklari maydonining 50 foizini milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi va targ‘iboti uchun beg‘araz ajratish, shuningdek, foydalanilmayotgan kiosklarni to‘liq beg‘araz shartda ijaraga taqdim qilish;
davlat tasarrufida bo‘lgan bino va inshootlarda, jumladan moddiy madaniy meros obyektlarida milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi uchun “nol” qiymatda ijaraga berish.
|
2020-yil
sentyabr
|
ishlab chiqish uchun — Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
A. Ramatov
|
86.
|
Respublikadagi suv havzalarida motorli transport vositalaridan foydalanishni Vazirlar Mahkamasi ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2020-yil
sentyabr
|
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Sh. Abdurazoqov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
A. Ramatov, A. Abduhakimov
|
87.
|
Tabiat manzarasining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida turistik zonalar hududida qurilishi rejalashtirilgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga (strategik obyektlar bundan mustasno) quyidagi umumiy talablarni belgilovchi tartib ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar hududi chegara devorlarining ruxsat etilgan balandligini aniq belgilash;
chegara devorlarini hudud landshaftiga mos, tabiiy xom-ashyo va materiallardan qurish;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar hududini chegara devorlar bilan o‘rash talab etiladigan obyektlar toifalarini belgilash;
belgilangan talablarga rioya qilmagan tadbirkorlik subyektlaridan to‘lov undirish;
belgilangan talablarga rioya qilgan tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirishva boshqalar.
|
2020-yil
oktyabr
|
|