Mehnat unumdorligi


Download 114.61 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi114.61 Kb.
#1526137
  1   2
Bog'liq
Korxona Mustaqil ishi


Mavzu: Korxonada mehnat unumdorligi – ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni.
Reja:
1.Mehnat unumdorligi.
2.Samaradorlikni aniqlovchi ko`rsatkichlar.
Mehnat unumdorligi.
Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (istemol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: .
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga yani kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga tasir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar tasir qiladi:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qollash.
2. Ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy boginlarini ozgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni ragbatlantirish va ularning faolligini oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, etuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.
Mehnat unumdorligi malum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan olchanadi. Mehnat unumdorligining ozgarishi tovar birligi qiymatining ozgarishiga sabab boladi. Mehnat unumdorligi ossa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.

Download 114.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling