ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (B. Sharipov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi(F. Davrukov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
A. Abduhakimov
|
116.
|
“Luxaviation” kompaniyasi va boshqa shunga o‘xshash xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
vertolet xizmatlarini taqdim qilgan holda, respublika turizm namoyishi obyektlari bo‘ylab vertolet marshrutlarini tashkil qilish;
barcha uchish punktlarida turistlarning aviatsiya xavfsizligi uchun mas’ullarni belgilash;
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida aeroklub va uning o‘quv markazini tashkil qilish.
|
2020-yil
dekabr
(mamlakatdagi pandemiya sharoitidan kelib chiqib 2021-yil mart)
|
amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (E. Ganiyev),
Toshkent viloyat hokimligi (R. Holmatov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (U. Azamov)
|
A. Ramatov, A. Abduhakimov
|
117.
|
Tegishli hududlarda vertolyotlarga mo‘ljallangan maydonchalar yaratish uchun zarur joy ajratilishini, shuningdek, yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlagan holda aeroklub va uning o‘quv markazini tashkil etishni ta’minlash.
|
2020-yil
sentyabr
|
amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
A. Abduhakimov
|
118.
|
Joylashtirish vositalariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish kiritish:
har bir nomerda elektron dastur bilan integratsiyalashgan elektron kalitli (plastik magnit karta) elektron qulflarni joriy etish;
“Xavfsiz turizm” va “Xavfsiz shahar” tizimlari bilan integratsiyalashgan videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish;
uch va undan yuqori toifadagi (yulduz) mehmonxonalarda majburiy, boshqa turdagi joylashtirish vositala�i uchun tavsiyaviy xarakterdagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish nuqtalarining mavjudligini belgilash.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga yuqorida ko‘rsatilgan talablarni bajarish uchun kamida olti oy vaqt berilishini nazarda tutish.
|
2020-yil
dekabr
|
|