1. Quyidagilardan bakteriali filtrdan o`ta oladigan(a)va olmaydigan(b)lari bilan
Download 124.9 Kb. Pdf ko'rish
|
9-sinf test
1.Quyidagilardan bakteriali filtrdan o`ta oladigan(a)va olmaydigan(b)lari bilan juftlang.1.ipsimon mitoxondriya 2.ribosoma 3.yadro 4.glukoza 5.leysin 6.sentriola 7.sil tayoqchasi 8.gerpess 9.bakteriofag A.a-4,5,2; b-3,1 B.a-9,8; b-6,5,7 C.a-8,4,1; b-7.6 D.a-6,5,2,9; b-4,3,7 2.Ossillatoriya va spirogira uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarni juftlang. 1.xlorofill bo`lishi 2.hujayrasini bo`yi enidan kalta bo`lishi 3.nukleoproteinni bo`lishi 4.translatsiyasi sitoplazmada kechishi 5.fotosintezni xloplastlarda ro`y berishi 6.genlari to`xtovsiz ishlab turishi 7.jinsiy usulda ko`payishi 8.Uglerod va azotni davriy aylanishda qatnashishi 9.gidrobiologiya tomonidan organilishi 10.hujayra qobig`ida selluloza bo`lishi11.ribosomalari yadrochada hosil bo`lishi A.4,1,6,9 B.11,10,4,1 C.3,1,9,4 D.1,2,5,8 3.Quyidagilardan donador(a) va silliq(b) endoplazmatik to`rni membranalarida sintezlangan moddalarni juftlang. 1.lipaza 2.insulin 3.RNK 4.sut kislotasi 5.amilaza 6.nukleaza 7.esterogen 8.D vitamini 9.androgen A.a-6,2; b-4,9,7 B.a-1,6,9; b-7,3 C.a-5,2,6; b-9,7,8 D.a-2,5; b-9,1,7 4.Suv qirqqulog`i va zang zamburug`i uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1.oraliq ho`jayinga ega 2.jinsiy va jinssiz bo`g`im gallanadi 3.yadroli 4.hujayrasi qalin qobiqqa ega 5.energiya olishiga ko`ra bir xil 6.yorug`lik ahamiyatsiz 7.har xil sporalar hosil qiladi 8.eukariot 9.amitoz usulda bo`linadi A.7,3,4,2,8 B.3,5,4,7,9 C.4,7,8,3 D.3,8,4,6,7 5.Plastidaning qaysi turi monosaxarid hosil qiladi? A.leykoplast B.xloroplast C.xromoplast D.vakuola 6.Unversal organoidni aniqlang. A.lizosoma B.ribosoma C.yadro D.sentriola 7.Virusologiya fani tomonidan organilmaydigan kasallik? A.gripp B.qizamiq C.qutirish D.barchasi o`rganiladi 8.Glikogen donachalari bu-… A.hujayraning doimiy tarkibiy qismi B.granula holdagi kiritma hisoblanadi C.organizm uchun begona modda D.o`simlik urug`larining zahirasi 9.Ikki qattanaga ega bo`lmagan organizmning hosilasi sanalgan qattanali organizm? A.funariya B.zuhrasoch C.lishaynik D.laminariya 10.Achitqi (a) va oq pupanak (b) zamburug’iga xos bo’lmagan xususiyatlarni ko’rsating? 1) bir hujayradan iborat; 2) ko’p hujayrali; 3) saprofit usulda oziqlanadi; 4) ko’payishi suv o’tlariga o’xshash; 5) ko’p yadroli; 6) bir yadroli; 7) Kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi; 8) mitseliyga ega; 9) mitseliyga ega emas; 10) spirtli achish reaksiyasini amalga oshiradi; 11) yorug’likka talabchan; 12) issiqlikka talabchan; 13) sporangiy band shoxlangan. A. a-2,4,5,8,11,12; b-1,6,7,9,10,12,13 B. a-2,4,5,8,11; b-1,6,7,9,10,11,13 C. a-2,4,5,8,11; b-2,7,9,10,11,13 D. a-2,4,5,8,11,12; b-2,6,7,9,10,11,12,13 11.Qaysi organizmlarda hujayra markazi bo'lmaydi? A) viruslarda, baliqlarda B) suvo'tlarda, bakteriyalarda C) barchahayvonlarda, ayrim o'simliklarda D) sodda hayvonlarda, bakteriofaglarda 12. Xromatinning kimyoviy tarkibini aniqlang. A) DNK, polisaxarid B) oqsil, pektin C) DNK, oqsil D) nuklein kislota, murein 13. Xromosomaning spirallashmagan va zichlashmagan qismi qanday nomlanadi? A) xromatin B) autosoma C) xromatida D) sentromera 14. Xromosomaning shakli nimaga bog'liq.? A) sentrosomaga B) sentriolaga C) xromatinga D) sentromeraga 15. Xromosomaning spirallashgan qismi ... A) genetiknuqtai nazardan faol B) genetik axborotni o'zgartirib turuvchiqismi C) genetik nuqtai nazardan nofaol D) genetik nuqtai nazardan sust bo'yaladi 15. Qaysi organoidlar tarkibida DNK molekulasi bo'ladi? A) lizosoma, mitoxondriya B) ribosoma, mezosoma C) xloroplast, mitoxondriya D) leykoplast, endoplazmatik to'r 16. Hujayraning osmotik xususiyatlari qaysi organoidga bog'liq? A) ribosoma B) lizosoma C) vakuola D) mitoxondriya 17. O'simlik hujayralarining qobig'i qanday moddalardan tashkil topgan? A) polisaxaridlardan B) murakkab lipidlardan C) monosaxaridlardan D) oqsillardan 18. Suv molekulasining bir chekkasi kuchsiz musbat zaradga, ikkinchisi - manfiy zaradga ega bo'ladi. Bunday molekula qanday nomlanadi? A) gidrofob B) gidrofil C) polimer D) dipol 19. Biopolimer qatoriga kiradigan moddalarni aniqlang. A) oqsil, nuklein kislota, lipidlar B) gormonlar, vitaminlar, fermentlar C) oqsil, uglevod, nuklein kislota D) lipidlar, vitaminlar, kofermentlar 20. Biopolimer qatoriga mansub bo'lmagan moddalarni aniqlang. A) nuklein kislota B) oqsillar C) lipidlar D) uglevodlar 21. Bajaradigan vazifasiga ko'ra organizmlardagi biopolimerlarni nechta guruhga bo'lish mumkin? A) 3 B) 2 C) 5 D) 7 22. Tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlarni aniqlang. A) polisaxaridlar va ayrim oqsillar B) purin va pirimidin asoslari C) nuklein kislotalar va lipidlar D) uglevodlar va kofermentlar 23. Katalizatorlik yoki transport vazifasini bajaruvchi biopolimerlarni belgilang. A) polisaxaridlarB) oqsillar C) nuklein kislota D) lipidlar 24.Yumaloq (I), yulduzsimon (II), o'simtasimon (III), amyobasimon (IV) shaklga ega bo'lgan hujayralarni ajratib ko'rsating. a) yog' hujayrasi; b) biriktiruvchi to'qima hujayralari; c) tuxum hujayra; d) nerv hujayrasi; e) leykotsitlar A) I-a,c; II-b; III-d; IV-b,e B) I-a,c; II-b; III-e; IV-d C) I-c; II-b; III-a,d; IV-e D) I-d; II-a,c; III-b; IV-e 25. Tirik organizmlaming miqdor va sifat ko'rsatkichlarni tasvirlashda qaysi ilmiy-tadqiqot usuli ko'p qo'llaniladi? A) kuzatish B) taqqoslash C) tarixiy D) experimental 26. Tiriklikning barcha xossalarini o'zida mujassamlashtirgan eng kichik birlikni toping. A) organ B) to'qima C) hujayra D) biotsenoz 27. Tiriklikning qaysi xususiyati organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o'sishi va ishlashini ta'minlaydi? A) moddalar almashinuvi B) ko'payish C) o’zini-o’zi tiklash D) o'sish va rivojlanish 28. Moddalar va energiyaning davriy aylanishi (1), dastlabki evolyutsion o'zgarishlar (2), energiyani to'plash va taqsimlash (3) jarayonlari tiriklikning qaysi darajalariga xos? a) hujayra; b) populyatsiya; c) biogeosenoz; d) molekula; e) biosfera A) 1-e, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-e,2-d, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 29. Tamaki mozaikasi (1), bakteriofag (2) va hayvonlarda oqsil kasalligini qo'zg’atuvchi viruslar (3)ni kashf etgan olimlarni aniqlang. a) F.Leffler; b) D.Ivanovskiy; c) F. de Erell; d) Mak Klintok A) 1-b,2-c, 3-a B) 1-d, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-d, 3-c 30. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (III)lar qo'zg'atuvchi kasalliklarni aniqlang. 1) quturish; 2) qizilcha; 3) o'lat; 4) kuydirgi; 5) vilt; 6) zang kasalligi A) I-1, 2; II-3, 4; III-5, 6 B) I-4, 6; II-l, 2; III-3, 5 C) I-1, 2; II-3, 5; III-4, 6 D) I-3, 4; II-4, 6, III-1, 2 Download 124.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling