10. Quyida huquq funksiyalarining qaysi yo`nalishiga ta`rif berilgan?
“Turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar taqiqlanadi. Har xil vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Zarur bo‘lganda majburlash uslubini, hatto jazolashni ham nazarda tutadi. “
A) ijro etish B) qo`riqlash
C) tarbiyalash D) tartibga solish
11. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari ijtimoiysiyosiy sohada quyidagi qaysi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi?
1) ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qonun doirasida yеchish imkoniyatlari;
2) so‘z va fikr erkinligi;
3) ijodiy uyushmalarning mustaqilligi;
4) o‘zini-o‘zi boshqarish organlari;
5) vijdon erkinligi;
6) jamoat tashkilotlari;
7) firmalarning mavjudligi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlari;
8) aholi fikrini o‘rganish;
9) oilalar;
10) ilmiy uyushmalarning mustaqilligi.
A) 1, 4, 6, 8, 9 B) 2, 3, 4, 5, 10
C) 1, 2, 4, 7, 8 D) 3, 5, 6, 7, 10
12. Fikrlar muallifini toping.
“Qattiq jazo choralarini qo‘llab, jinoyat uchun o‘zaro javobgarlik tizimi joriy etilganida odamlar o‘zlarida qonun kuchini sinab ko‘rishga jur’at qila olishmaydi”
A) Abdulloh Muqni
B) Abu Bakr Xorazmiy
C) Aflotun
D) Shan Yan
13. Fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelish shartlari to`g`ri berilgan qatorni toping.
1) asossiz boyib ketish natijasida;
2) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
3) qonunga muvofiq banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish natijasida;
4) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
6) fuqarolar va yuridik shaxslarning chetga chiqishi bilan bog`liq vaziyatlarda;
7) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
8) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan.
A) 2, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 2, 3, 5, 6, 7 D) 1, 2, 5, 7, 8
Do'stlaringiz bilan baham: |