1. Quyidagilardan noto'g'ri fikrni aniqlang. A) genetika yunoncha “genetikos soʻzidan olingan bo'lib, tug'ilish kelib chiqish degan ma'noni B) genetika atamasi 1906-yilda angliyalik olim V. Betson tomonidan kiritilgan C) irsiyat tufayli tur doirasida organizmlar bir-biridan farq qiladi D) o'zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi.
2. Gen (1), genotip (2), fenotip (3) uchun xos boʻlgan ta'riflarni juftlang. a-populyatsiya tarkibidagi genlar yig'indisi b-organizmning barcha belgi va xususiyatlari yig'indisi.c-organizmdagi genlar yig'indisi d-organizmning belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga berilishini ta'minlovchi irsiy birlik. A)1-d, 2-c, 3-b B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-b, 3-a D) 1-d, 2-a, 3-b.
3. Tirik organizmlar fenotipining qanday bo`lishi nimaga bog'liq? A) genotipga B) tashqi sharoit omillariga C) irsiyatga D)A va B
4. Genetika fani oldida turgan vazifalardan qaysilari duragaylash metodi orqali amalga oshiriladi? 1. irsiyatning
moddiy asoslari xromosomalar, genlarning strukturasi va funksiyasini tekshirish 2. organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga berilishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash 3. turli fizik va kimyoviy omillar ta'sirida organizmlarda irsiy o'zgaruvchanlikning paydo bo'lish qonuniyatlarini ochish 4. inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan sermahgsul oʻsimlik navlari,
hayvon zotlari, mikroorganizm shtammlarini yaratishning samarali usullarini ishlab chiqish . 5. odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo'lish sabablarini o'rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali usullarini izlab topish. A)1 B) 2 C)3,4 D)2,3
5. Genetika fani oldida turgan vazifalardan qaysilari molekuly genetik metod orqali amalga oshiriladi? 1. irsiyatning moddiy asoslari xromosomalar, genlarning strukturasi va funksiyasini tekshirish. 2. organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga berilishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash 3. turli fizik va kimyoviy omillar ta'sirida organizmlarda irsiy o'zgaruvchanlikning paydo bo'lish qonuniyatlarini ochish 4. inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan sermahsul o'simlik navlari, hayvon zotlari, mikroorganizm shtammlarini yaratishning samarali usullarini ishlab chiqish 5. odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo'lish sabablarini oʻrganish, ularning oldini olish va davolashning samarali usullarini izlab topish. A)1 B)2 C)3,4 0D)2,3