1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari


Download 3.15 Mb.
bet31/61
Sana10.11.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1761665
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Bog'liq
802 22.12.2020

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘z oila a’zolarini biladi;
kattalar harakatiga taqlid qiladi;
o‘z harakatlari natijasiga erishishda qat’iylik bildiradi;
kattalar va bolalar bilan birgalikda o‘ynaydi;
bolalar salbiy harakatiga o‘z munosabatini bildiradi;
jamoaviy o‘yin faoliyatida qatnashadi;
tengdoshlariga yaxshilik istaydi.

o‘yin faoliyati davomida muloqotga kirishadi;
o‘yinda o‘zaro harakatda bo‘lib, ijtimoiy rolni qabul qiladi;
guruh qoidalarini bajaradi (o‘yinchoqlarni joyiga taxlaydi, kiyimlarini tartibga soladi va hokazo);
o‘z oila a’zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma’lum bir qoidalarga rioya qiladi;
o‘z do‘stlari haqida so‘zlab berishi mumkin;
kattalar harakatlari va xulq modelini imitatsiya qilgan holda ularga taqlid qiladi;
kattalar nazoratisiz topshiriqlarni bajara oladi.

muloqot davomida o‘z fikrini, hissiyotlarini va taassurotlarini namoyon etadi;
oila va guruhda tashkil etilgan mehnat faoliyatida ishtirok etadi;
o‘z suhbatdoshiga iltimos yoki ma’lumotni ayta oladi;
mustaqil, kattalardan bevosita mustaqillikni erkin namoyon etadi,
yordam ko‘rsatishga tayyor;
tanish insonlar bilan oson muloqotga kirishadi;
tushunchalarda yoritilgan ijtimoiy xulq qoida va me’yorlariga bo‘ysunadi (mumkin, man etiladi, yaxshi, yomon, kerak);
boshqa bolalar bilan doimiy do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‘ladi;
qiyin vaziyatlarda amaliy yechim qidiradi;
boshqalar xatti-harakatiga o‘z taassurotlarini bildiradi;
o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi;
nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o‘z o‘yinchog‘ini beradi, muloyim so‘zlar aytadi);
o‘yinlar o‘ylab topadi, sujetli, rolli o‘yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi.


Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling