1. Quymakorlik metallurgiyasining umumiy xarakteristikasi Quymalarni metall qoliplarda olish
Quymalar olishning maxsus usullari
Download 97 Kb.
|
QUYMAKORLIK METALURGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quymalarni metall qoliplarda olish
- Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida olish
Quymalar olishning maxsus usullari
Metallardan bir tipdagi quymalarni ko‘plab olishga ehtiyojning ortishi yirik quyuv korxonalarini barpo etishga, an’anaviy usullarda quymalarni olishdagi kamchiliklar (qolipning bitta quyma olishgagina yaroqliligi, o‘lcham- larining u qadar aniq bo‘lmasligi, qo‘yim qiymatining katta- ligi)dan holi bo‘lgan usullar ustida izlanishlar quyidagi takomillashgan texnologik usullar yaratilishiga olib keldi. Ularni quyida ko‘rib chiqamiz. Quymalarni metall qoliplarda olish Bu usulda po‘lat qolipga metall erkin quyilib puxta, aniq o‘lchamli, tekis yuzali sifatli quymalar olinadi. Metall qolip narxining qimmatligi, qolipda metallning tez sovishi sababli metallning oquvchanligining kamayib ketishi, quymalar yuzasida qattiq qatlamli struktura bo‘lishi bu usulning kamchiligi bo‘ladi. Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o‘lchamlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, oddiy quymalar olishga mo‘ljallangan qoliplar ajralmaydigan va murakkab quymalarning qoliplari vertikal, gorizontal yoki murakkab tekisliklar bo‘yicha ajraladigan bir necha bo‘lakdan iborat bo‘ladi. Qora metall quymalar uchun sterjenlar sifatli qum-gilli materiallardan yasalsa, rangli metall quymalar uchun qora metall qotishmalaridan tayyorlanadi. Qolipga quyilgan metallning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida uning sirt yuzalariga maxsus quyma-barmoqlar o‘rnatiladi. Shuni qayd etish lozimki, qoliplarning ajralish yuzalarida havo va gazlarni chiqaruvchi kichik kanalchalari bo‘ladi. Qoliplarning ish muddatini oshirish bilan quyma sifatini yaxshilash maqsadida qolipga metall quyilgunga qadar ularni 100-300°С ga qizdirib, ichki yuzalariga o‘tga chidamli bo‘yoq surkaladi yoki o‘tga chidamli qo‘plama material yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli bo‘lib, shakli murakkab bo‘lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda to‘ldirish maqsadida qolip tebratib turiladi. Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida olish Bu usul quymalarni metall qoliplarda olish usulining bir turi bo‘lib, bunda metall po‘lat qolipga bosim ostida kiritiladi. Suyuq metallning bosim ostida kiritilishi tufayli qolip tezroq va to‘laroq to‘lib, quymada g‘ovakliklar deyarli bo‘lmaydi, mayda donachali puxta quymalar olinishi bilan birga o‘lchamlari aniq, yuzalari tekis bo‘ladi. Bu usuldan yirik korxonalarda alyuminiy, magniy, mis va boshqa qotishmalardan bir necha grammdan bir necha kilogrammgacha bo‘lgan murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq o‘lchamli, tekis yuzali quymalar olishda keng foydalaniladi. Quyma murakkab va katta bo‘lsa, bir tekis sovimasligi oqibatida ichki zo‘riqish kuchlanishlari hosil bo‘ladi. Shu sababli quyma qoliplar tayyorlashda ularda metallning iloji boricha tekis sovishini ta’minlash tadbirlari ko‘rilishi lozim. Metall qolip narxining qimmatligi, murakkab shaklli va yupqa devorli quymalar olishning qiyinligi, suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan metallardan quymalar olishda qolip materiali chidamliligining yuqori emasligi, bu usulning kamchiliklari hisoblanadi. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling