1. Quyosh radiatsiyasi
Download 22.87 Kb.
|
???? ????????
Iqlimi: O’zbekiston iqlimi keskin subtropik bo’lib, xaroratning mavsumiy va kundalik sezilarli o’zgarishi, yoz oyining davomli quruq va issiqligi kuzning namligi va qish ob-havosining o’zgarib turishi bilan xarakterlidir. Iqlimning o’ziga xosligi asosiy 3 ta omil bilan belgilanadi. 1.Quyosh radiatsiyasi 2.Atmosferaning umumiy almashinib turishi. 3. maxaliy relef. YOz oylarida quyosh radiyatsiyasi darajasi 800-1000 MD j/kvm.ga etadi. SHamolning oddiy yo’nalishi qishda shimoliy sharqdan, sharqdan va janubiy sharqdan, yozda esa shimoldan va shimoliy sharqdan bo’ladi. O’zbekistonda 3 ta asosiy iqlimiy xududlar mavjud: cho’llar va quruqdashtlar, tog`lar, tog`oldi eralari. Deyarli barcha cho’l va dasht biyonlari jumladan Qizilqum, Ustyurt platosi, Qarshi va Dalvorzintepa dashtlari dengiz satxidan 400 m pastlikda joylashgan. YOg`ingarchilikning o’rtacha miqdori bu xududlarda yiliga 200 mm simob ustinidan namlik tashkil etadi. YOg`ingarchilikning eng ko’p miqdori mart, aprelda, eng kami avgust va sentyabr oyilariga to’g`ri keladi. Qish mavsumi ancha qisqa, janubda 2, shimolda 5 oyga yaqin. Qor kam yog`adi (2-11 sm). YAnvar oyining o’rtacha harorati janubda -30 S (termez) va shimolda (ustyurt)-80C. Biroq xaroratning o’zgaruvchanligi sezilarli darajada (maksimum 200 S dan minimum - 370 S gacha). CHo’l va dashtlarda iqlim yoz davomida issiq va quruq bo’ladi. YOzda eng yuqori harorat 45-490 S, tuproqning ustki qatlami 60-70 S gacha qizishi mumkin. Tyan SHan va Xisor tog` tizmalarini o’rab turuvchi tog`oldi xududlari, dengiz satxidan 300-1000 m balandlikda joylashgan, yog`ingarchilik 400 mm yaqin yog`ingarchilik mart, aprel oylariga to’g`ri keladi. Tog` oldi xududlari iqlimi cho’l va dashtlarga nisbatanyumshoq bo’lib o’rtacha xarorat 26-280S ni tashkil etadi. Kunduzi eng yuqori xarorat 450 S darajaga etadi. Tog` xududi dengiz satxidan 1000 – may iyulb oylariga to’g`ri keladi va 800 mm-2000 gacha etadi. Qor yog`adigan xududlar 800-1000 m balandlikda bo’lib, bir yilda 500 mm qor yog`adi. Dengiz satxidan 3500-4000m balandlikda qor qatlami yil bo’yi davom etadi. Tuprog`i O’zbekiston Respublikasi territoriyasida tubandagi tuproqlar tarqalgan. Tekislik zonalarining tuproqlari CHo’l zonasining tuproqlari 1.Kulrang qo’ng`ir 2. Gipsli kulrang qo’ng`ir 3.Qumli cho’llar 4.Taqir cho’llar 5.SHo’rxok tuproqlar Tog` mintaqasi tuproqlari: 1. och bo’z tuproq 2.gipsli och bo’z tuproq 3.qoramtir bo’z tuproq 4.tipik bo’z tuproq 5. allyuvial tuproq Qo’ng`ir tuproqli qatlamlar: 1. kam ishqorli qo’ng`ir tuproqlar 2. qo’ng`ir tuproqlar Baland tog` tuproqlari: 1. och qo’ng`ir tuproqlar 2. Kulrang qo’ng`ir qum tuproqlar 3. qumli cho’lli rayon tuproqlari Bu rayonga Ustyurt platasi Qizilqum-Buxoro, Qorako’l, Dengizko’l, Beltov, Qo’shxonatov, Qiziljar va boshqalar kiradi. Bu erlarda asosan kulrang qo’ng`ir tuproqlar tarqalgan bo’lib keng maydonlarni egallaydi. Ba`zi erlarda uncha ko’p bo’lmagan taqir tuproqlar uchraydi. Kulrang qo’ng`ir tuproqlar uchlamchi davr elyuvi va bo’rli qumloq loyli, oxakli, mergeli, hamda qadimgi prolyuvi jinslaridan hosil bo’lgan. Bu erlarda ko’p, yillik yarim butalar shuvoq, sho’ralar, byurg`un, keyreuk, boyalish kabi o’simliklar o’sadi. Byurg`in tuproqning sho’rligini ko’rsatadi, boyalish toshloq erlarning o’simligi bo’lib xisoblanadi. YUvilgan kulrang tuproqlarda ko’proq bir pallali o’simliklar o’sadi. Bu tuproqlarda 1-1,5% suvda erigan tuzlar mavjud bo’lib, gumus kam uchraydi. Qizilqumning asosiy qismini qumlar egallaydi. Bu erlarda buta va yarim butalar keng tarqalgan. Qumli tuproqlarda gumus juda kam Taqirli, taqir va qumliklar. Bu tuproqlar daryo yoqalari, cho’llar, qadimgi daryo bo’ylaridan tashkil topgan. Bunday tuproqlar asosan Surxon, SHerobod massivi, Qashqadaryo, Amudaryo, yoqalaridagi erlarda tarqalgan. Bu erlarda ko’proq taqir tuproqlar va sho’r tuproq qoldiqlari uchraydi va gallofil o’simliklar kam o’sadi, asosiy o’simliklari ildiz chuqur ketadigan ko’p yillik o’simliklardir. Tuproqning yuqori qatlamida 0,7%, 50 sm pastroqda 0,4% gumus uchraydi. Bo’z tuproqli rayonlar O’zbekistonning sharqiy tomonida tarqalgan bo’lib, efimer va efimeroid o’simliklar o’sadi. Bu tuproqlar tog` oldi erlarini egallab yotadi. Masalan: CHotqol, Turkiston tog` tizmalari, G`allaorol, Kitob, SHaxrisabz va boshqalar. Tog` oralarida gumus qavati 15-18 sm qalinlikda joylashgan. Bu tuproqlarda ko’proq xo’jalik maqsadlari uchun foydalaniladi. Baland tog`larda Tyan-SHan, Pomir-Oloyning O’zbekiston territoriyasi tomonida kulrang-qo’ng`ir o’tloqdosh tuproqlar tarqalgan. Suv manbalari. Amiudaryo va Sirdaryo xavzalari suv oqimini barcha er usti suv manbalari tashkil etadi. Amudaryoning o’rtacha yillik suv xajmi 75 kub.km. Sirdaryoning 35 kub.km bo’lib jami 110 kub.km.ni tashkil etadi. Ko’llar va suv omborlari. Uncha katta bo’lmagan suv omborlari va boshqa suv xavzalarining aksariyati qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun foydalaniladi. YAgona tabiiy suv to’planish manbai bo’lib, Orol dengizi xisoblanadi. Bu ko’lning akvatoriyasining yarmi O’zbekistonga (Qoraqalpog`istonga) yarim Qozog`istonga qarashli bo’lib er usti suvlaridan foydalanishni noto’g`ri boshqarish sifatida falokatga keldi. 1970 yillardan boshlab Orol dengizxining suvi kamaya boshladi. Orol bo’yini ekologik fojiaga olib keldi. Orolning qurishi va uning salbiy oqibatlari mintaqada tabiiy manbalarni boshqarishning unumli tizimlarini muvozanat va barqarorlikning buzulganligiga sabab bo’ladi. Orol dengizidan tashqari O’zbekistonda yana katta suv xavzasi – Aydar-Arnasoy ko’li, Jizzax va Navoiy viloyati xududlarida joylashgan. Bu xavza 1969 yili Sirdaryodan 25 kub.km gacha suvni tabiiy yopiq botiqlikka tashlanishi natijasida paydo bo’lgan. Ko’l suvi sho’rirok, lekin baliqlar rivojlantirib ovqatlanadi. 1-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O’SIMLIKLAR QOPLAMINI O’RGANISH TARIXI Reja: 1.O’rta Osiyo o’simliklarni o’rganish tarixi 2.O’zbekiston Respublikasi o’simliklar qoplamini mintaqalar bo’yicha tarqalishini o’rganish 3.O’simliklar qoplamini o’rganish bo’yicha chop etilgan yirik asarlar. O’simliklarni o’rganish kishilik dunyosining talablariga bunoan juda erta boshlangan va rivojlangan. O’simliklar xaqidagi fan va uning o’rganish kishilik dunyosining taraqqiyoti bilan bog`liq. “O’rta Osiyo kishilik dunyosi madaniyati taraqqiyotining eng qadimgi markazlaridan hisoblanadi”. Bizning eramizdan bir necha ming yil avval maxaliy o’simliklardan madaniylashtirish uchun o’simliklar tanlangan. N.I.Vavilov, M.P.Jukovskiy, M.G.Popov kabi akademiklarning tasdiqlashicha O’rta Osiyo boshqa joylarga nisbatan dehqonchilik rivojlangan joylardan biri bo’lgan. VIII asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga arablar kelgan va ularning olimlari maxaliy o’simliklarni o’rgana boshlagan. Ulardan eng muhimi Roziy (IX-X)asrning “Dorivorni o’rganish” degan asarida juda ko’p dorivor o’simliklar xaqida ma`lumotlar keltirgan. O’rta Osiyoda juda ko’p urushlar bo’lganligi sababli shu vaqtlardagi yozilgan asarlarning ko’pchiligi aholi bilan vayronaga uchragan. Masalan: Beruniy 150 ta asaridan bizga faqat 27 tasi etib kelgan. Berunining “Kitob-as-saydana-fi-tibb” nomli asarida tabiatshunoslikka va tabiatga oid masalalarga to’xtalib o’tgan. Botanika faniga katta xissa qo’shgan O’rta Osiyoning yirik Sina bo’lgan. U o’zining “Kanon vrachebnoy nauki” nomli 2-kitobida juda ko’p dorivor o’simliklarni morfologiyasi, nomlarining kelib chiqishi, tarkibi va geografiyasi xaqida ma`lumot berilgan. Ibn Sino o’simliklarni lotincha, yunoncha, arabcha nomlaridan tashqari maxalliy nomlarini xam yozgan. Masalan: xayma, sumbul (Ferula sumbul) va boshqalar. Maxmud Qoshg`ariy o’zining “Devonu lug`ati ut turk” asarida 200 dan ortiq o’simliklarning geografiyasini, ekologiyasini va morfologiyasini o’rgangan. Ularning nomlarini xo’jalik ahamiyatini ko’rsatgan. Arab geografi Ibn Batut (Muxammab Ibn Abdullox) Afrika, Osiyo, Janubiy Evropaga XIVasrning o’rtalarida esa Xorazm, Buxoro va Samarqandlarga sayoxat qilib u erlarning geografiyasini bilan o’simlilkri xaqida o’z asarlarida yozib ketgan. XV-XVI asrlardan yirik adabiyotlarning biri Boburning asarlari bo’lib, Farg`ona vodiysining geografik tuzilishiga xarakteristika bergan. Boburnomada (1958 y). Bobur landshaft to’g`risida aniq fikrlar aytgan. Marg`ilon, Xodjandda, Andijonda oq kiyik, bug`ular fazanlar, quyonlarning ko’p bo’lishini, butalarning o’sishini “ankuti” mexrigiyo kabi o’tlarning uchrashini yozib ketgan. Lekin xozir bu erlarda oq kiyiklar ham bug`ular ham uchramaydi. SHunday qilib qadim zamonlarda O’rta Osiyoda oziq-ovqat uchun kerak bo’lgan o’simliklarni bilgan bo’lsalar, O’rta asrlarda dorivor o’simliklarni odamlar bilib undan foydalana boshlaganlar. XVIII-asrning boshlarida O’rta Osiyoga Rossiyadan turli ekspeditsiyalar yuborila boshlagan. Bu ekskurtsiyalar ko’proq xarbiy maqsadlar bilan yuborilgan bo’lib, tabiat haqida ma`lumotlar uchramaydi. O’zbekistonga Filip Efrimov, Filip Nazarov, N.N.Muravev, Mirmuzit va boshqalar kabi olimlar (1813-1819 y) yuborilgan. 1820 yilda Buxoro shaxriga Rossiyadan yuborilgan tabiatshunoslardan E.Eversman va X. Panderlar bo’lgan. Ularning yiqqan botanik materiallari 1923 y chop etilgan (nemis tilida). 1841 yilda tog` ekspeditsiya tarkibiga injiner Butenov, Lemanlarning yiqqan materiallarini A.Bunge o’rganib chop etgan. U vaqtda yig`ilgan flristik materiallar geobotaniklar uchun qimmatbaho bo’lib, I.G.Boshv (1865)ning Zarafshon vodiysini ajratishga asos bo’ldi. 50-60 yillari O’rta Osiyoning O’zbekiston qismida rus olimlaridan P.P.Semenov, N.A.Severtsov va I.G.Boshovlar ilmiy ishlar olib borganlar. N.A.Severtsov birinchi marotaba Tangritau (TyanSHan) o’simliklarini mintaqalar bo’ylab tarqalishi: 1. sho’rxok joylarda o’sadigan o’simliklar; 2. madaniy o’simliklar; 3. Bargli o’rmonlar; 4. nina bargli o’rmonlar; 5. alp o’tloqlari. Borshov o’zining (1865 y) ishlarida O’rta Osiyoning cho’l mintaqalarida tarqalgan o’simliklarni o’rganganligi xaqida yozadi. Boshov o’simliklar formatsiyasini chuqur o’rganishi natijasida o’simliklarning Avtoxton-(yunoncha autochtones – shu erning o’zida, mahalliy) ekanli ya`ni shu erning o’zida paydo bo’lib, rivojlanganligini aytib o’tgan. 1865 y. O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shilgandan keyin O’zbekiston territoriyasini o’rganishi yanada jadallashib ketdi. 1868-1871 yillar. Moskva tabiatshunoslari jamiyatini a`zolari A.P va O.A. Fedgenkolar O’zbekistonga ekspeditsiya uyushtirganlar. 1868-1869 yillari Olga Aleksandrovna Fedchenko Zarafshonning O’rta qismida Samarqand oazisi (suvli joylarda) o’simliklarini o’rganggan. 1870-1871 yillari Olim Zarafshon daryosining yuqorigi qismidan janubiy-sharqiy Qizilqum (xozirgi Samarqand oblasti) va Farg`ona vodiysini o’rganib juda ko’p materiallar yiqqan. Olim 1500 o’simlik turlarini tekshirib bir qancha tur va turkumlarni ochgan. 1869 yilda A.V.Bunokovskiy CHirchiq daryosi yuqorigi qismlarida o’simliklar o’sadigan balandliklar joylarda biometrik kuzatishlar olib borgan. A.AIvanov, N.I.Korolkovlar 1974 yillarda shu erlarning o’simliklarini o’rganganlar va CHirchiq daryosi xavzasining o’simliklar kollektsiyasini tuzganlar. 1875 yil Samarqand shahri atrofidagi o’simliklarning kollektsiyasini tashkil etgan. 1876-1885 y. L.S.Borshevskiy Samarqand, Urgut, Pendjikent, Taxtakarachi va Zarafshonning yuqori qismida o’sgan o’simliklarni o’rganganlar. 1876 y. A.E.Regel G`arbiy TyanSHan. 1880 y. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Xodjand, Farg`ona vodiysidan Norin gacha bo’lgan joylarni o’simliklarini o’rgangan. Keyingi 2 yili (1881-1882) Kuxistanning (xozirgi Todjikiston territoriyasi) Gissor-Zarafshon tomonidagi o’simliklarni o’rgangan. Ekspeditsiyadan qaytishda O’zbekistonning Janubiy rayonlaridagi Denau, Termez SHerabad va Guzar o’simliklarini o’rgangan. 1883 y esa Babatag o’simliklarini o’rgangan. 1881 y. Musa Maxmud G`arbiy TyanSHanning Toshkent tomonidagi tog`larini o’simliklarini yiqqan. A.E.Regel gerbariylardan tashqari piyozli o’simliklarni va urug`larni ham yiqqan va ulardan kollektsiyalar tashkil etgan. Olim O’zbekistonning manzarali o’simliklariga ham ahamiyat bergan. Xorijiy davlatlarda O’zbekiston floralari xaqida maqolalar chop etgan. U 10 yil ichida Turkistonning barcha tog`larini Kuldjik tov rayonlaridan Avg`oniston chegaralarigacha bo’lgan o’simliklarni o’rgangan. 1881 y. O’zbekistonda Frantsuz olimlaridan Kapyu va Bonvalolar botanik izlanishlar olib borganlar. 1881 baxorida ular Samarqand tog`larida , qarshi-SHerobod, Termiz va Zarafshon yuqorgi qismida (Kuxiston) ish olib borganlar. SHu yili kuzda CHirchiq daryosi Xavzalarida, Pskem, CHotqol orqali Farg`ona vodiysi, u erdan Samarqand orqali Buxoroga o’tib u erlarning tarixi tabiati rayonlarini o’simliklarning ekologik geografiyasini kuzatadilar. 1878 yili er-suv minstirligi topshirig`i bo’yicha A.F. Middendorf Farg`ona vodiysini o’rganib, u erlarning tuprog`i, iqlimi, dexqonchiligi va o’simliklari xaqida “Ocherki Ferganskoy dolinq”(1982) nomidagi asarini chop etgan. Bu O’rta Osiyoda birinchi geobatanik asar bo’lib xisoblanadi. 1878 yil Toshkenga N.V. Sorokin kelib ikkinchi marotaba Farg`ona va Toshkent o’simliklarini kollektsiyasini tashkil etgan. V.A.Komorov 1892-1893 yillari Samarqand, Urgut va Zarafshonning tog`laridagi o’simliklarni o’rgangan va ularni TyanSHan Aran tog`laridagi o’simliklar bilan solishtirgan. TyanSHandan archalarning yo’qligi, Erondan Teraklar o’rmonlarning borligi bilan farqlanishini aniqlagan. V.A.komarovning fikricha kserotermik (o’simliklarning) holatini kuchayishi tog`larda dasht, cho’llarda o’sadigan o’simliklarning rivojlanishini kuzatgan. Bu O’zbekiston territoriyasiga ham xos bo’lib, xozirgi kundagi sharoitlar o’simliklarning xolati V.A. Komarov fikrlarini tasdiqlaydi. V.I.Lipskiy O’rta Osiyo o’simliklarni o’rganishi natijalarini “Materialq dlya floral Seredney Azii” (1900,1904, 1909) 3 tomli asardia chop etgan. Unda Samarqand tog`lari, urgut, Qashqadaryo, SHerobod, Amkutan, Farg`ona vodiysi, Marg`ilonlarga qilgan ekspeditsiyalarning natijalari va shu erlarning o’simliklariga xarakteristika bergan. 1895 y. S.I.Korjinskiy Samarqanddan Jizax, Farg`ona, Maylisuv, Izbosgan, Namangan, Qo’qon undan Toshkentga kelib ekspeditsiyada yurgan erlardagi o’simliklarni o’rganib, ularning yashash joylari bilan bog`liqligi, o’zgarishlari, o’simliklar qoplamining tuzilshlariga e`tibor bergan. SHunday qilib yuqoridagi olimlarning o’rganishlari natijasida O’rta Osiyo O’zbekiston o’simliklari xaqida juda boy materiallar to’plangan. Bu esa keyingi O’zbekiston o’simliklarini o’rganadigan olimlarga qimmatli floristik materiallar bo’lib, hisoblanadi. 1920 yilda O’zbekistonda Turkiston Davlat Universiteti (keyinroq SAGU-O’rta Osiyo Davlat Universiteti-TashGU, xozirda O’zbekiston Milliy Universiteti)tashkil etildi. Unda M.G.Popov, E.P. Korovin, M.V.Kultiasov, R.I.Abolin, A.I.Vvedenskiy, P.A.Baratov, V.P.Drobov, I.A.Raykova, M.M.Sovetkinalar ishladilar. Bu olimlar tomonidan O’rta Osiyo o’simliklari o’rganib, gerbariylar tayorladilar. Gerbariylar xozirgi kunda UzRFA “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazining o’simliklar sistematikasi laboratoriyasida saqlanmoqda. M.G.Popov O’rta Osiyo o’simliklarining tarixini , tarqalishini o’rgandi, bir qancha o’simliklar xaritasini tashkil etdi, geobotanikaga ta`luqli asarlar yozdi. U vaqtda M.G.Popov universitetdagi yuksak o’simliklar va geobotanika kafedrasiga rahbarlik qildi. M.G.Popovdan so’ng 1960 yyilga qadar kafedraga fariyib 30 yil davomida E.P.Korovin rahbarlik qildi. Kafedra mavjudligida 200 ko’p geobotanik mutaxasissilarini tayyorladi. Ularning ko’pchiligi ilmiy ishlar ustida ishladilar. Ulardan S.N.Kudryashov, V.G.Xrojanovskiy, I.I.Granitov, M.M. Arifxanov, A.YA.Butakov, V.P.Bachantsev, M.L.Nabiev, A.Adqlov, A.U. Usmonov, V.S. Vernik, I.F.Momotov, Z.A.Maylun., P.K.Zakirov Samarqand Universitetida o’simliklar ustida ishlagan olimlardan K.Z.Zakirov, J.K.Saidovlar bo’ldilar. E.P.Korovin O’rta Osiyoda birinchi marotaba ekolo-biologoik ishlarga asoa soldi. Muallif kuzatish natijalarini “O’rta Osiyo va Janubiy Qozog`iston o’simliklari” degan 2 tomli monografiyasida yozgan. E.P.Korovin o’simliklar sistematikasiga va florasiga juda ko’pxissa qo’shdi. Florani o’rganishda ekologik metodlardan foydalandi. YOvvoyi xolda o’sadigan efirmoyli o’simliklarni o’rgangan. SHu vaqtda V.S.Titov oshlovchi moddalar saqlovchi o’simliklarni o’rgangan. Uning ishlarini UzRes FA ning botanika instituti xodimlari K.Z.Zokirov, S.X.CHervenidi, S.S.Sagatovlar davom etirishgan va O’zbekistonning xomashyobob o’simliklarini o’rganganlar. Botanika instituti olimlaridan tashqari O’zbekistono’simliklarini ularning sistematikasini o’rganib fenologik kuzatishlarni SAGU olimlari (M.G.Popov, M.V.Kultiasov, I.A.Raykova) xam olib borganlar. Z.P.Bagantseva lolalarni o’rganib Norkemvneshtorg buyurtmasi bilan gollandiyaga yuborgan. Tuproqshunoslik va geobyuotanika instituti bilan Botanika bog`i olimlari birgalikda ekspeditsiyalar uyushtirib manzarali va efirmoyli o’simliklarni o’rganganlar. M.V.Kultiyasov birinchi marotaba G`arbiy TyanSHan o’simliklarinig vertikal mintaqalar bo’yicha Tarqalganligini o’rgangan (1927), turli xil o’simliklar o’sgan quruq dashtlardagi o’simliklar tipin tasvirlagan. O’tloq o’simliklar qoplamini 1931 yilda tuproqshunoslik va geobotanika instituti olimlari o’rgangan. So’ngra bu o’tloqlarni (pastbish) o’rganishga I.I.Granitov rahbarlik qilib “O’zbekiston o’simliklar xaritasi” chizilgan. 30 yillari ko’p sonli ekspeditsiyalar natijasida to’plangan materiallardan “O’zbekiston florasi” yozilgan. Unga qatnashgan olimlar: M.M.Nabiev, S.S.kavalevskaya, A.YA.Butkov, K.Z.Zakirov, A.I. Vedenskiy, V.K.paziylar Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasining premiyasini olganlar. 1934-1936 yillari SAGu va Biologiya instituti olimlari janubiy g`arbiy qizilqum o’simliklarin aerofotosuratlardan foydalanib tekshirib o’rganib o’simliklar xaritasini chizganlar. 1936 yili K.Z.Zakirov “Nishon” sovxozi xududida (Qashqadaryo viloyati) 1937 yili I.I.Granitov, E.N.Demurinalar Surxandaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Sanzarlardagi adir, tog` va yaylov o’simliklarini o’rganganlar. 1959 yili I.F.Maomatov Qizilqumni o’simliklar qoplamini o’rgangan va cho’l o’tloqlari holatini yaxshilash maqsadida fitomelioratsya metodlarini ishlab chiqqan: 1955 yili K.Z.Zokirov Zarafshon vodiysi o’simliklar qoplamini o’rganib o’simliklarning mintaqalar (adr, cho’l, tog`, yaylov) bo’yicha tarqalganligini kuzatgan. 1949-1960 yillari Botanika Instituti olimlari O’zbekistonning barcha viloyatlarida ttarqalgan o’simliklar qoplamini o’rganib xaritasini chizganlar. 1950 yili V.P.Drobov “O’zbekiston o’rmonlari”, 1952 yili “O’zbekistonning cho’l o’simliklari” nomli monografiyasi chop etilgan. 1964, 1967 yillari I.I.Granitovning “Janubiy-G`arbiy Qizilqum o’simliklari ”1964 y. R.S.Vernik, Z.A. Maylun I.F,Momotovning “Amudaryo bo’ylari o’simliklari va ulardan foydalanish” kabi monografiyalari chop etilgan 1967 y. M.M.Arifxonovaning “Farg`ona vodiysining o’simliklari”, P.K.Zakirovning “Nurota tog`larining o’simliklar qoplami” (1969). A.YA.Butkov, Z.A.Maylun, SH.Kamalov, N.I.Akisichitovalarning “O’zbekiston o’simliklar qoplamining geografiyasi xaqida” monografiyalari chop etilgan.yu UzRFA Botanika institutining olimlari ko’p yillik O’zbekiston Respublikasining o’simliklar sistematikasini o’rganish natijasida 10 tomli “O’rta Osiyo o’simliklarining aniqlagichi” monografiyasi chop etildi. (1968-1983). A.Xamidov O’zbekistonning begona o’tlarini o’rgangan (1973). L.I.Nazarenko Toshkent viloyatining daraxt va butalarini o’rganib aniqlagichlarini tuzgan. N.I.Akjigitova O’rta Osiyo galofit o’simliklarini o’rgangan. O’zRFA Botanika instituti olimlari ko’p yillar davomida Qizilqum cho’llarida tarqalgan o’simliklarning anatomik tuzilishi, yashash sharoitiga moslashish xususiyatlarini o’rganib 3 tomli “O’rta Osiyo cho’l o’simliklarining ekologik anatomiyasi” nomidagi monografiyasini chop etganlar (1991, 2000y). Download 22.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling