1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
Alyuminiy olishning elektrolitik usuli
Download 21.35 Kb.
|
1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alyuminiyni tozalash (rafinirlash).
Alyuminiy olishning elektrolitik usuli. Alyuminiy kuchlanish qatorida elektromanfiy metallar qatorida turgani sababli, uni tarkibida alyuminiy ionlariga nisbatan elektromusbat ionli metallar mavjud bo‘lmagan elektrolitlardan elektroliz usulida ajratib olish mumkin. Bunday elektrolitlarga tarkibida ishqoriy va ishqoriy-er metallar kationalari mavjud bo‘lgan va glinozyomni yetarlicha yaxshi erita oladigan tuzli eritmalar kiradi. Zamonaviy sanoatda ishlatiladigan elektrolit asosini kriolit – glinozyom (Na3AIF6 – AI2O3) sistemasi tashkil etadi. Elektrolitni erish haroratini pasaytirish, uning elektro‘tkazuvchanligini oshirish, anodni elektrolit bilan namlanishini yaxshilash va unga bir qator xususiyatlarni berish uchun elektrolit tarkibiga umumiy holda 6-10% dan oshmagan miqdorda turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Normal ishlayotgan elektrolizyordagi elektrolit harorati 950-9700S atrofida bo‘ladi. Glinozyomni elektroliz qilish jarayoni davomida uning konsentratsiyasi ruxsat etilgangacha uzluksiz ravishda kamayib boradi. Elektrolit tarkibida glinozyom kamayishi qovushqoqlikning pasayishiga, uning zichligini biroz kamayishiga va anodning eritma bilan namlanishi yomonlashishiga olib keladi. Elektrolit tarkibida glinozyomni kamayishi uzluksiz yoki davriy ravishda to‘ldirib boriladi. Elektrokimyoviy jarayonning oxirgi natijalari qo‘yidagi reaksiyalar bilan yozilishi mumkin:
atar 2AI3+ + 6e → 2AI; ata 3O2- - 6e → 3O. Alyuminiyni elektrolitik usulda olish jarayonining asosiy mahsulotlari metall alyuminiy va anodli gazlar hisoblanadi. Elektroliz usuli bilan olingan alyuminiy tarkibida metall, metallmas va gazsimon qo‘shimchalar bo‘ladi. Alyuminiyni tozalash (rafinirlash). Qo‘shimchalar alyuminiyni mexanik, elektrolitik va qo‘yma xususiyatlarini yomonlashtiradi, shuningdek, uning korroziyaga bardoshligini pasaytiradi. Elektroliz vannasidan olingan alyuminiyni mexanik qo‘shimchalar va erigan gazlardan tozalash uchun qo‘yilishdan oldin u xlorlanadi. Xlor bilan ishlov berilgandan so‘ng alyuminiy yallig‘ qaytaruvchi elektr pechlariga qo‘yiladi. Bu jarayondan maqsad: a) metallni qushimcha metallmas qo‘shimchalardan uzoq vaqt tindirish yo‘li bilan tozalash; b) turli vannalardan olingan alyuminiyni aralashtirish yo‘li bilan o‘rtachalashtirish. Bu ishlov usullari va o‘rtachalashtirish bajarilgandan so‘ng, alyuminiy qo‘ymalarga qo‘yiladi. Download 21.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling