1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
Download 21.35 Kb.
|
1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
Rux metallurgiyasi. Rux qadimdan maʼlum metallardan biri hisoblanadi. atarv qaynash harorati 419,5 va 9060S ni tashkil etadi. Rux – elektromanfiy metall hisoblanadi. U ata, nikel, kobalt, qo‘rg‘oshin, qalay va nodir metallarni eritmalardan siqib chiqaradi. Ruxning bu xususiyatidan metallurgiya amaliyotida eritmalardan bir qator metallarni sementatsiya usulida siqib chiqarish uchun foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda rux ishlab chiqarilish va ishlatilishi bo‘yicha rangli metallar orasida alyuminiy va misdan keyingi uchinchi o‘rinni egallaydi. Rux olishning asosiy manbalari ata-qo‘rg‘oshin-ruxli, ata-ruxli, qo‘rg‘oshin-ruxli rudalar hisoblanadi. Sulfidli rudalarda rux odatda sfalerit ZnS ko‘rinishida uchraydi. Maʼlum miqdorda rux qo‘rg‘oshin olinadigan rudalardan ham olinadi deb hisoblash mumkin. Oksidlangan rux tarkibli rudalar tarkibida ruxning smitsonit ZnCO3, sinkit ZnO, kalamin 2ZnO• SiO2• H2O kabi minerallari uchraydi. Sulfidli polimetall rudalarda rux miqdori 1-3 %ni tashkil etadi. Bu rudalar murakkab tarkibga ega. Flotatsiya usulida olingan boyitmalar tarkibida 60% gacha Zn bo‘ladi. Rux boyitmasini qayta ishlash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: pirometallurgik (distillyasiyali) va gidrometallurgik. Pirometallurgik usul asosida rux oksidini 1000-11000S haroratda qaytarish jarayoni yotadi, chunki bunday haroratda bug‘simon holatda uni ajralishi va bug‘ ko‘rinishida haydalishini taʼminlanadi: dZnO + C ↔ Znpar + CO; ZnO + CO ↔ Znpar + CO2 Keyinchalik rux bug‘lari kondensatsiyalanadi. Pirometallurgik usul bilan olinadigan rux tarkibida haydaladigan yoki chiqarib yuborilayotgan gaz tarkibidagi chang orqali ko‘pgina metall qo‘shimchalar bo‘ladi. Shuning uchun distillyasiyalangan rux albatta tozalanadi.
Rux kuyindisini eritishda eritma tarkibiga kuyindi tarkibidagi qo‘shimchalar ham qisman o‘tadi. Elektrolitik usul bilan cho‘ktirib olingan rux sifati eritmaning tozaligiga bog‘liq: elektrolizga qancha toza eritma kelsa, shuncha toza rux olinadi. Shuning uchun elektrolizdan oldin eritma qo‘shimchalardan tozalanadi. Elektroliz vaqtida rux atar cho‘ktiriladi, ata keyingi kuydirish jarayoni mahsulotlarini eritish uchun zarur bo‘lgan sulfat kislota tozalanadi va kislorod ajralib chiqadi. Katodli rux cho‘kmasi qayta eritiladi. Eritishdan so‘ng olinadigan kek, uning tarkibidan rux va boshqa qimmatli komponentlarni ajratib olish uchun qo‘shimcha qayta ishlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. N.I.Utkin «Proizvodstvo svetnыx металлов» M. «Intermet Инжиниринг» 2000 y. 2. Pod reduksiyey V.I.Koroticha «Nachala металлургии» Yekaterinburg UGTU 2000 y. 3. Gudima N.V. i dr. «Texnologicheskiye raschyotы v metallurgii tyajyolыx svetnыx metallov”. M.; Metallurgiya 1977 y. 4. Kucherskiy N.I. «Zoloto Кызылкумов» T. «Shark”1998 y. 5. «Svetnыe металлы» jurnali 1999- 2004 y. 6. «O‘zbekiston konchilik хабарномаси» jurnali. 2000- 2004 y. 7. «Gornыy журнал» jurnali 2000 - 2004 y. 8.Arxiv.uz http://fayllar.org Download 21.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling