1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
Qo‘rg‘oshin metallurgiyasi
Download 23.54 Kb.
|
Рангли металлар ишлаб чиқариш жараёнлари асослари uz-assistant.uz
Qo‘rg‘oshin metallurgiyasi. Qo‘rg‘oshin – juda qadimdan ishlatilayotgan metallardan biri hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin ko‘pchilik metallar bilan xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan qotishmalar hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin texnikaning turli tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Ko‘p miqdorda qo‘rg‘oshin akkumulyator va kabellarning korroziyaga qarshi qoplamalari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Chet elda qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi davlatlar AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliya, Fransiya, Kanada hisoblanadi.
Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sulfidli polimetall rudalar hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin-ruxli va ata- qo‘rg‘oshin-ruxli rudalar keng tarqalgan. Asosiy qo‘rg‘oshin minerali galenit RbS dir. atarva oksidli rudalarda serussit PbCO3 va anglezit PbSO4 uchraydi. Tarkibida 8-9 % Pb bo‘lgan qo‘rg‘oshinli rudalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri metallurgik qayta ishlashga yaroqli emas. Shu sababli deyarli hamma rudalar flotatsiya usulida boyitish uchun yuboriladi. Qo‘rg‘oshin tarkibli rudalarni boyitishda ikkita maqsad ko‘zlanadi: keraksiz jinsning ata qismini ajratish va bir vaqtning o‘zida asosiy qimmat komponentlarni alohida boyitmalarga ajratish. Sulfidli qo‘rg‘oshin boyitmalarini qayta ishlashda pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalar ishlatilishi mumkin. Biroq qo‘rg‘oshinni ajratib olish uchun texnologiyasi oxirigacha mukammallashtirilmagan gidrometallurgik usullar pirometallurgiya usullari bilan raqobatlasha olmaydi va hozirgi vaqtgacha sanoatda foydalanilmayapti. Sulfidli boyitmalardan qo‘rg‘oshinni eritishning uch varianti mavjud: reaksiyali, cho‘ktirish, qaytarib eritish. Qo‘rg‘oshinni reaksiyali eritish asosida qisman qo‘yidagi reaksiyalar bo‘yicha oksidlab kuydirish yotadi: 2PbS + 3O2 = 2PbO + 2SO2; (1) PbS + 2O2 = PbSO4. (2) Keyinchalik kuydirish mahsulotlarining oksidlanmay qolgan qo‘rg‘oshin sulfidi qoldig‘i bilan o‘zaro taʼsirlashadi: PbS + 2 PbO = 3Pb + SO2; (3) PbS + PbSO4 = 2Pb + 2SO2. (4) Reaksiyali eritish asosidagi elektr eritish usuli va kivset jarayoni bilan hozirgi vaqtda qo‘rg‘oshin olinmoqda. Cho‘ktirib eritish qo‘rg‘oshinni uning sulfidlaridan temir bilan siqib chiqarish reaksiyasiga asoslangan. PbS + Fe = Pb + FeS. (5) Cho‘ktirib eritish hozirda sanoatda qo‘llanilmayotgan bo‘lsada, uning asosida yotgan reaksiya, qisman shaxtali qaytarib eritish amaliyotida ishlatiladi. Sulfidlarni oddiy uglerodli qaytaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash – murakkab masala va sanoat miqyosida texnologik jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Sulfidli boyitmalardan qaytarib eritish usuli bilan qo‘rg‘oshin olish uchun, ular dastlab bir vaqtning o‘zida pishirib oksidlab kuydiriladi, chunki qoramtir qo‘rg‘oshinga eritish shaxtali pechlarda amalga oshiriladi. Kuydirilgan aglomerat koks bilan eritiladi; bu paytda qo‘rg‘oshin qo‘yidagi reaksiya bo‘yicha qaytariladi: PbO + CO = Pb + CO2. Eritish paytida kislorod bilan birikishga moyil qo‘shimchalar shlak, kislorod bilan birikishga moyilligi kam qo‘shimchalar metall holatigacha tiklanadi va qo‘rg‘oshinda eriydi. Qoramtir qo‘rg‘oshin pechdan chiqqandan so‘ng, suyuq holda tozalashga yuboriladi. Qoramtir qo‘rg‘oshinni tozalash pirometallurigik usullar bilan amalga oshiriladi, ayrim zavodlarda bu maqsadda elektroliz ishlatiladi. Download 23.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling