1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
Download 23.54 Kb.
|
Рангли металлар ишлаб чиқариш жараёнлари асослари uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Rangli metallar ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va ko‘rsatkichlari.
Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari Reja:
1. Rangli metallar ishlab chiqarish jarayonlari asoslari. 2. Rangli metallar olishda yordamchi materiallarni qo‘llanilishi. 3. Rangli metallar ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va ko‘rsatkichlari. Alyuminiy – muhim yengil rangli metall hisoblanadi. Ishlab chiqarish va ishlatilishi bo‘yicha u metallar orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Xalq xo‘jaligining deyarli hamma tarmoqlarida alyuminiyning ishlatilishiga sabab bo‘lgan muhim fizik xossalariga zichlikning kichikligi, yuqori egiluvchanlik, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik kiradi. Alyuminiyning ko‘pgina fizik xossalari uning tozalik darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda alyuminiy sof metall, tuz va oksidlardan iborat ko‘pgina qotishmalar ko‘rinishida keng ishlatilmoqda. Tarkibida alyuminiy bo‘lgan 250 га yaqin mineral maʼlum. Muhim alyuminiy tarkibli rudalar boksitlar, nefelinlar, alunitlar hisoblanadi. Alyuminiy tarkibli rudalardan dastlab texnik alyuminiy oksidi – glinozyom, undan esa metall alyuminiy olinadi. Alyuminiy tarkibli tog‘ jinslaridan alyuminiy olish uchun xom ashyo sifatida foydalanish, maʼlum bo‘lgan qayta ishlash usullarini qo‘llash mumkinligini hisobga olgan holda bajarilgan texnik-iqtisodiy natijalar bilan aniqlanadi. Og‘ir rangli metallar ishlab chiqaradigan ulkan korxonalar kon, boyitish va metallurgik ishlab chiqarishdan tarkib topgan kon-metallurgiya korxonalari shaklida tashkil etilsa, zamonaviy alyuminiy sanoati esa glinozyom va alyuminiy zavodlari aniq va alohida joylashishi bilan xarakterlanadi. Bu shu bilan asoslanadiki, alyuminiyni elektrolitik usulda olish ko‘p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish kategoriyasiga kiradi va bunday zavodlarning joylashishi elektrostansiyaning elektr energiyasi arzon bo‘lgan rayonlarda joylashtiriladi. Glinozyom ishlab chiqarish aksincha, alyuminiy xom ashyosi qazib olinadigan konlarga yaqin joylarda joylashtiriladi, bu elektroliz zavodlariga tashiladigan xom ashyo hajmini kamaytiradi. Metall alyuminiy olish jarayoni murakkab bo‘lib, u to‘rtta alohida texnologiyalardan tashkil topgan: 1) glinozyom ishlab chiqarish; 2) kriolit va ftorli tuzlar ishlab chiqarish; 3) ko‘mir mahsulotlari ishlab chiqarish; 4) elektrolit alyuminiy ishlab chiqarish. Alyuminiy ishlab chiqarishning elektrolitik usuli ochilganidan va qo‘lanila boshlangan vaqtdan beri uning rivojlanishi qo‘llanilayotgan qurilma va uskunalarning konstruksiyasini yaxshilash, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, hamda uni takomillashtirish yo‘lidan borildi. Usulning olib borilishi o‘zgarmasdan qolaverdi. Alyuminiyni eritmalarni elektroliz qilish bilan olish usulining ko‘pgina qulayliklariga qamasdan, bu texnologiya boshqa rangli metallarni ko‘p miqdorda ishlab chiqarishga nisbatan maʼlum kamchiliklarga ega: 1) hatto eng yirik elektrolizyorlarning bir quvvati pastligi; 2) elektroenergiyaning solishtirma sarfi yuqoriligi; 3) o‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas toka aylantirish kerakligi; 4) glinozyom ishlab chiqarish texnologik sxemasining murakkabligi; 5) qimmatli toza ftorli tuzlarning ko‘p sarflanishi; 6) past navli alyuminiy tarkibli xom ashyolardan foydalanib bo‘lmasligi. Download 23.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling