1. Raqamlar va son tushunchasi. Son


Download 23.52 Kb.
bet2/3
Sana16.09.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1679449
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu. Sonlarga oid sodda mushohadalar.

 

Tub son – 1 dan katta natural son bo`lib, ikkita natural bo`luvchiga
ega: 1 va o`zi. (Faqat 1 ga va o`ziga bo`linadigan sonlar) 


100 gacha bo`lgan tub sonlar ro`yxati: 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23,
29, 31, 37, 41, 43, 47, 53, 59, 61, 67, 71, 73, 79, 83, 89 va 97


 

Murakkab son – ikkitadan ortiq bo`luvchiga ega bo`lgan natural
sonlar. Masalan: 4 (bo`luvchilari 1, 2 va 4) yoki 33 (bo`luvchilari 1, 3, 
11 va 33).
Eslab qoling!!! 1 soni tub son ham emas murakkab son ham emas!!! 


 

Amallar bajarilish ketma-ketligi: 

Dastlab eng kichik (ichkaridagi) qavs ichidagi amallar. 


II bosqich amallari: ko`paytirish yoki bo`lish 


(chapdan qaysi biri
birinchi kelganiga qarab) 

I bosqich amallari: qo`shish yoki ayirish 

(chapdan qaysi biri


birinchi kelganiga qarab)

  1. Ko’p xonali sonlarning xona qo’shiluvchilari.

Natural son yozuvi bitta belgidan (raqamdan) iborat bo'lsa, bu son - bir xonali, Ikklta belgidan (raqamdan) iborat bo'lsa, ikki xonali son deb ataladi. Shunga o'xshash, netural sonlar yozuvidagi belgilar (raqamlar) soniga qarab, uch xonali, to'rt xonali, bosh xonali va hokazo xonali sonlar haqida gapirish mumkin.
Masalan, 1, 3, 6, 9 - bir xonali, 19, 22, 87 - ikki xonali, 307, 976 - uch xonali, 0717, 4500 - to'rt xonali, 20 456, 56 001 - besh xonali sonlardir.
Ikki va undan ortiq xonali sonlar - ko'p xonali sonlar deb ataladi.
Ko'p xonali sonlarni o'qish uchun ular o'ng tomondan boshlab uchta raqamdan Iborat guruhlarga ajratiladi (eng oxirgi guruh bitta yoki ikkita raqamdan iborat bo'lishi ham mumkin). Bu guruhlar sinflar deb ataladi.
O'ng tomondagi birinchi uchta raqam bihiklar sinfini, keyingi uchta raqam ming-sinfini tashkil qiladi. Ulardan keyin millionlar, milliardlar ма hokazo sinflar keladi
1 000 000 - million sonining yozilishi. U qisqacha 1 mln deb ham yoziladi. Millionlar sinfi - millionlar, on millionlar va yuz millionlar xonasidan tashkil topgan. Ularni millionlar sinfining birlar, o'niar va yuzlar xonasi deb ham ataymiz. Ravshanki, i million mingta 1000 ga teng bo'ladi.

Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling