1. Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha


Investitsiya loyihalarining amal qilish muddatlaridagi farqlar


Download 48 Kb.
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi48 Kb.
#1273778
1   2   3
Bog'liq
raqobat

3. Investitsiya loyihalarining amal qilish muddatlaridagi farqlar
Loyihani tahlil qilishda uning amal qilish muddati (hayot sikli) turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ularni qayta investitsiyalash usulidan foydalanib, barcha muqobil variantlarni bil xil (teng) yilga keltirib olish kerak. Loyihani tahlil qilayotgan analitikning farazlarini to‘g‘riligi va asoslanganligi juda muhimdir. Ba’zan loyihani asosiy mezoni bo‘libNPV hisoblansa, ba’zan esa loyiha rentabelligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda diskontlash stavkasini tanlash va loyihalarni amal qilish muddatini tenglashtirish ham zarur. Masalan: transport firmasi ishlatilgan va yana uch-to‘rt yil xizmat qilishi mumkin bo‘lgan avtomobilni yoki 8-10 yil xizmat qiladigan yangi avtomobillarni sotib olish ma’qulmi?- degan savolga ham javob topishi lozim.
Investitsiya resurslari cheksiz qayta investitsiyalangan sharoitda loyihalarini NPVga ko‘ra tavsiflash sharoitida bunday zarurat yuzaga keladi. Buni tushunish uchun transport firmasi bo‘yicha misolga qaytamiz.
Ma’lumki, firma to‘rt yil xizmat qiladigan yoki to‘qqiz yil xizmat qiladigan yangi avtomobillarni sotib olishi mumkin. NPVga ko‘ra loyihalarni oddiy tanlab olish aqsadga muvofiq emas. Chunki, loyihalarning amal qilish muddati turlicha (to‘rt yildan so‘ng firma eski mashinalarni hisobdan chiqarib, boshqalarini sotib oladi deb ko‘zda tutilgan). Buning ustiga bu muddatlar karrali emas. Shu sabab hisob-kitoblarni taqqoslashni ta’minlash uchun bu ikki loyihani bir xil amal qilish davriga keltirib olishimiz kerak. Chunki, aynan shu muddat investitsiyalangan aktivlar ikkinchi loyiha bo‘yicha xizmat muddatini o‘tab bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bu hisob-kitoblar uzoqqa cho‘ziladi.
Shu sabab, bu muammoni yechish uchun soddalashtirishning qulay vositasi ekvivalentli annuitetdan foydalanish kerak. Bu usul ba’zida NPVni yillik hisoblanishi deb ham aytiladi:
EA=ANPV
ANPV ( inglizcha- anualised net present value) Bunday soddalashtirish taqqoslanayotgan loyihalarda qaltislik darajasi bir xil bo‘lgandagina yo‘l quyiladi. EA ni topish usuli NPVni hisoblash usuliga muvofiq emas. U NPVni maksimallashgan investitsiya loyihasini tanlashni osonlashtiradi xolos.
Ekvivalentli annuitet – darajali, ya’ni unifikatsiya qilingan annuitet bo‘lib, baholanayotgan loyihalar bilan bir xil davomiylikka ega. Bunday annuitetni hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: EA =NPV/ PVA1 n,k
Bu formuladan foydalanishda PVA1n,k bo‘yicha hisoblangan jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi. Unda bir birlik valutaning n-yildagi va k- foiz stavkasidagi qiymati ko‘rsatib berilgan. Yuqoridagi misolimizni EA = NPV/ PVA1 n,k formulasi yordamida hisoblaymiz:
EA (A variant) = 95,04/ PVA1 2 yil, 10% =95,04/1, 7355 = 54,76
EA (B variant) = 109, 45/ PVA1 4 yil, 10% =109, 45/3,1699 = 34,53
Bundan ham tezkor varianti kompyuter dasturlari orqali hisoblanadi va amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling