1. Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha


Xarajatlarga ko‘ra samaradorlikni baholash usuli


Download 48 Kb.
bet3/3
Sana05.04.2023
Hajmi48 Kb.
#1273778
1   2   3
Bog'liq
raqobat

4. Xarajatlarga ko‘ra samaradorlikni baholash usuli
Amaliyotda pul tushumlarini ta’minlamaydigan (notijorat) loyihalarni baholashga duch kelishimiz mumkin. Masalan, xizmat binosini yoritish uchun kunduzgi yoritish lampalaridan yoki boshqa muqobil turdagi yoritish vositalaridan birini tanlash vazifasi turganda shunday holat yuzaga keladi. Bunda firma ma’lum bir vaqt davomida kam xarajat talab etadigan yoritish loyihasini tanlaydi. Agar biz turli xizmat davrlariga ega loyihalarga duch kelsak, hamda baholanayotgan faoliyatni davom ettirish uchun qayta moliyalash ko‘zda tutilsa, yuqorida ko‘rib chiqilgan ekvivalent annuitetni aniqlash usulidan foydalaniladi. Bunda ekvivalent annuitet – EAC-yillik ekvivalent xarajatlar deb ataladi. Uning quyidagicha hisoblanadi
EAC = NPV/ PVA1 n,k
5. Uskunalarni ta’mirlash yoki almashtirish haqidagi
qarorlarni asoslash
Bir-biriga raqobatdosh investitsiya loyihalaridan birini tanlashdagi muhim holat, mavjud asbob-uskunani ta’mirlash (remont qilish) kerakmi yoki uni yangilash kerakmi degan savolga javob topishdir. Agar firma asbob-uskunalarni kapital ta’mirlasa bu yangisini sotib olishdan ko‘ra kam pul chiqimini ta’minlaydi, lekin shuni unutmaslik kerakki, eski asbob-uskunalarning yaroqlilik muddati yangisidan kam bo‘ladi. Bunday holda avvalo ta’mirlashga mo‘ljallangan asbob-uskunalar qancha xarajatlarni talab qilishini aniqlab olish kerak. Bu xarajatlarga ta’mirlash sarflari bilan birga eski uskunalarni sotishdan kelishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda, ya’ni likvidastiya qiymati ham kiritiladi. Tahlilni ekvivalent annuitet yoki yillik ekvivalent xarajatlarni taqqoslash asosida olib borish mumkin. Misol uchun eski sovuqxonami yoki yangisi? Shu kabi misollarni amaliyotda tez-tez uchratib turamiz va yuqoridagi metodologiyadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Misol uchun respublika fermerlar assostiatsiyasi fermerlar uchun kelgusi 5 yillikda uslubiy qo‘llanmalarni nashr etishi lozim. Buning uchun 10 ta nashriyotdan takliflar kelib tushdi.Ularning ichidan 3 tasi qisqartirilgan ro‘yxatga kiritildi.Agar loyihaga ta’sir etadigan omillar teng deb faraz qilsak, K=10% teng va 5 yilda bir xil sifatdagi va sondagi uslubiy qo‘llanmalarni nashr etish talab etilsa, A nashriyot 14 mln.so‘m, B nashriyot 13 mln. so‘m va S nashriyot 13,5 mln. so‘m xarajatni to‘lab berishni taklif etsa, ulardan qaysi birini tanlab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Loyihani tahlil qilishda uning amal qilish muddati (hayot sikli) turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ularni qayta investitsiyalash usulidan foydalanib, barcha muqobil variantlarni bil xil (teng) yilga keltirib olish kerak.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling