1. Raqobatning "besh kuchi" nazariyasining oltin qoidasi


Download 42.95 Kb.
bet2/5
Sana02.04.2023
Hajmi42.95 Kb.
#1320496
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-16-17 raqobat naz

16-VARIANT
1.O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish shart-sharoitlari
QISQACHA MALUMOT Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.
"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avgust) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.
TO’LIQ MALUMOT Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi 
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda 
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq 
davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin 
erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. 

Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 


cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi 
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu 
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda 
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-
sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni 
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarning 
muhim 
jihatlari 
hisoblanadi. 
Zero, 
Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda 
ko‘p yechilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi 
qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada 
cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, 
iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini 
shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur».
2
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, 
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha 
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom 
ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha 
tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar 
berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga 
ko‘proq imkon yaratadi. 
Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov o‘zining 2007 yil 
yakunlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda so‘zlagan 
ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: «Ma’lumki, 
iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga qarshi 
kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g‘oyat muhim 
ahamiyatga ega. 
…Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi 
asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining 
o‘sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning 
pasayishiga hamon to‘sqinlik qilmoqda. 
Jumladan, shular qatorida sement, shifer, polietilen, yengil va yog‘-moy 
sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish 
imkoniyati nisbatan cheklangan holda saqlanib qolmokda. 
Bu esa ana shu mahsulotlarga kon’yunktura talablari oshib ketgan paytda 
monopolist korxonalarga o‘z mahsulotining narxini asossiz ravishda oshirish 
uchun qo‘l kelmoqda»
3

Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun 


quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: 
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini 
maksimal darajada bartaraf etish; 
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z 
ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
4
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning 
asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli 
xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni 
taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini 
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo 
bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy 
mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini 
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali 
aloqa qilishidir. 
Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi 
qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni 
rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur 
qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, 
raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom 
usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni 
qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari 
shart. 
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli 
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 
dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va 
g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy 
asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 
shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. 
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, 
monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud 
va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini 
suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, 
ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan 
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda 
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga 
qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga 
ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha 
narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu 
boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va 

raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika 


Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
riojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan 
monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil 
davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan 
chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga 
aylantirildi.
5
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga 
kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga 
xos jihatlari hisobga olinadi. 
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan 
mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo‘lsa, bu korxona 
monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari 
guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan. 
Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning 
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu 
usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim: 
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori 
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish. 
2. O‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib 
tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 
iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo‘jalik yurituvchi 
jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida 
amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu 
jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan 
tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida 
e’tibor beriladi. 
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish ular mahsulot 
(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va 
xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni belgilashni o‘z ichiga oladi. 
Respublikada 
raqobatchilik 
muhitini 
vujudga 
keltirishda 
amalga 
oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida. 2005 yil 30 aprel.

2.Raqobat muhitini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish va amalga oshirishning


xorij tajribalari.

Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish, narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirini yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini pasaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar turibdi.
Tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta’minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir;
b) Qo‘mita quyidagi vazifalarni amalga oshirishda bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot kiritib boradi:
imtiyozlar, preferensiyalar va faoliyatni amalga oshirish uchun eksklyuziv huquqlar shaklida ko‘rsatilayotgan davlat ko‘magining samaradorligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hamda ular raqobat muhitiga salbiy ta’sir etgan taqdirda, ularni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda alohida tartib o‘rnatilgan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ustidan davlat nazoratini olib borish;
davlat organlarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzuvchi qarorlarini bekor qilish va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan chora qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;
“kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aniqlash va ularga chek qo‘yish;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkil etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
v) Qo‘mita:
raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida chora-tadbirlar va siyosat uyg‘unligini, erkin va raqobatbardosh bozorni shakllantirish bilan bog‘liq tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda hamda davlat xaridlari, davlat aktivlarini sotish jarayonida raqobat sharoitlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati bilan hamkorlik qiladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida va hududlarda raqobat muhitini yaxshilash, raqobat sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni belgilashda, shu jumladan institutsional islohotlarni amalga oshirishda o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshiradi.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-oktabrdan boshlab:
a) tarmoq va sohalarda vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalaridan biri raqobat muhitini yaxshilash va uni rivojlantirish hisoblanadi hamda mazkur vazifalarni amalga oshirish rahbar va uning birinchi o‘rinbosari zimmalariga yuklatiladi;
b) davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek ularning affillangan shaxslarining va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining (mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida bundan mustasno) ta’sis etilishiga (tashkil etishga tashabbus ko‘rsatishga) quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yilmaydi:
bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda;
davlat organlari tomonidan o‘zlariga litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan sohalarda;
v) yagona yetkazib beruvchi bo‘lgan yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga faoliyati muassisining tovarlari (resurslari) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan o‘zlarining affillangan shaxslarini tashkil etish taqiqlanadi, ushbu affillangan shaxslar raqobatchilari bilan teng shartlar asosida faoliyat yuritish sharoiti ta’minlangan holda bo‘lib yuborish natijasida tashkil etish bundan mustasno;
g) davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolati berilgan davlat muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish), mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida tashkil etish bundan mustasno, monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi olingandan so‘ng amalga oshiriladi;
d) davlat buyurtmachisi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyati va korxonasi bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat xaridlarini yoki eng yaxshi takliflarni tanlab olishning yoxud to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas, bundan davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlari mustasno;
e) davlat buyurtmachisi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyati va korxonasi tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishidan avval u bilan affillangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni davlat xaridlari maxsus axborot portalida joylashtirishga majburdir.
3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligining tartibga solish ta’sirini baholash hamda Qo‘mitaning raqobat muhitiga ta’sirini baholashi natijalari asosidagi xulosalari mavjud bo‘lsagina belgilangan tartibda qabul qilinadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy qilishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Quyidagilar:
2020 — 2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;
2024-yilgacha bo‘lgan davrda o‘zlariga tartibga solish bo‘yicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ijrochilari:
tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yakunlari bo‘yicha g‘olib deb rasman e’lon qilingan kundan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki kun mobaynida davlat xaridlari maxsus axborot portalida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali bevosita yoki bilvosita 25 foiz yoki undan ko‘p aksiyalarga (ulushga) haqiqatdan nazorat qilishga ega bo‘lgan o‘zining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) to‘g‘risidagi axborotlarni oshkor qilishlari;
o‘zlarining veb-saytlarida va maxsus axborot portalida doimiy asosda tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirib borishga majbur;
b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xavflarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplaens) joriy etiladi, bunda ushbu tizim:
2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida hamda 5-ilovaga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarda;
2022-yil 1-yanvardan boshlab ushbu kichik bandda belgilangan mezonlarga javob beradigan barcha subyektlarda joriy etiladi.
6. Qo‘mita Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar:
xalqaro tajribani o‘rganish asosida va raqobat muhitini shakllantirish mexanizmini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarini birlashtirgan holda yagona qonun loyihasini ishlab chiqsin;
erkin raqobat muhitini olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va uni rivojlantirishni nazarda tutgan holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘rnatilgan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritsin.
7. Davlat soliq xizmati organlarining 28 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasidagi Biznes muhitini yaxshilash va zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirish departamentining shtatlar soni 8 ta shtat birligiga oshirilsin va unga qonun hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash vazifasi yuklatilsin;
Qo‘mita tuzilmasida Davlat ko‘magini berishni nazorat qilish va uning samaradorligini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, unga va Savdolarni nazorat qilish boshqarmasiga qo‘shimcha 20 ta shtat birligi kiritilsin.
8. Ushbu Farmonning 4-ilovasida keltirilgan vazirlik va idoralar Qo‘mita hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar o‘zlariga tartibga solish bo‘yicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqsin va ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Qo‘mita:
a) bir oy muddatda raqobatni ta’minlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) 2020-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlariga davlat buyurtmachilari, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan shaxslarga, shuningdek o‘zining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan yoki ular to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar xaridlari ijrochilariga tender va tanlov savdolarida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillarida va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda ishtirokini taqiqlashni va bunday qonun buzilishi holatlari uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida taklif kiritsin;
v) Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2020-yil 1-oktabrga qadar davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish)da dastlabki rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
2020-yil 15-oktabrga qadar xaridlar jarayonida davlat buyurtmachilari, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar o‘zlarining affillangan shaxslari haqidagi, shuningdek xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan o‘zlarining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) haqidagi ma’lumotlarni majburiy oshkor etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin;
g) Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar taqdim etilgan imtiyoz miqdorlarini kutilayotgan natijalar va olingan majburiyatlarga, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va raqobat muhitiga ta’siri darajasini tizimli ravishda monitoringini yuritish va samaradorligini baholash tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
d) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li orqali xaridlarni amalga oshirishni to‘liq elektron shaklda, Internet tarmog‘i orqali onlayn tarzda amalga oshirishga o‘tkazishni ta’minlasin;
e) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliyaviy tashkilotlarning, shu jumladan Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik ko‘magini jalb qilish orqali:
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) Tovar bozorlarini tartibga solish Indeksi (Product Market Regulation-PMR) asosida respublikada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobat muhiti diagnostikasini amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda xorijiy amaliyot asosida monopoliyaga qarshi kurashishning yangi samarali instrumentlarini joriy qilsin;
yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risidagi” qonuni loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilsin;
rivojlangan davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari, shu jumladan Xalqaro raqobat tarmog‘i (International Competition Network) bilan raqobatni himoya qilishdagi dolzarb masalalarning muhokamasini amalga oshirish uchun tizimli muloqotni o‘rnatsin;
monopollashgan sohalarni tahlil qilish va ularda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek Qo‘mitaning institutsional salohiyatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
j) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar amaldagi ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda foydalanish imkonini beruvchi, onlayn rejimda tovar va moliya bozorlarida xususiy tadbirkorlik subyektlarining mavjudligini, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan affillangan shaxslarni aniqlashga xizmat qiluvchi elektron tizimni joriy qilsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritishga oid chiqishlar va tematik dasturlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
11. Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) Tovar bozorlarini tartibga solish Indeksi (Product Market Regulation-PMR) asosida respublikada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobat muhiti diagnostikasini amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda xorijiy amaliyot asosida monopoliyaga qarshi kurashishning yangi samarali instrumentlarini joriy qilsin; Xorijiy ekspertlarni jalb qilish, loyiha ofisi va idoralararo komissiyasi xodimlarini xatlovdan o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlarga tanishuv tashrifini tashkil etish


3.Raqobat samaradorligi darajasini oshirishning “McKinsey 7S” tahlil modeli


O’tgan asrning 80-yillarida AQSHning “McKinsey” konsalting kompaniyasi maslahatchilari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “McKinsey 7S” modelini qo’llash iqtisodiyotimizning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi. Modelning asosiy mualliflari Tom Peters va Robert Vatermanlar hisoblanib, ular tomonidan modelning asosiy tamoyillari ko’rsatib o’tilgan va mazkur tamoyil asosida korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Bugungi kunga kelib, model butun dunyoda amaliyotda qabul qilingan hamda korxona tasarrufida omilkor biznes jarayonlarini yaratishga va optimallashtirish uchun foydalanadigan strategik menejment va marketing bo’yicha ko’plab korxona rahbarlari va mutaxassislarining ishonchini qozongan. “McKinsey 7S” modeli kompaniyaning ichki tashkiliy tuzilmasini va faoliyat ko’rsatish tamoyillarini tahlil qilishning qulay vositasi hisoblanadi. Ushbu model asosida tashkilot mikro iqtisodiyotining yettita asosiy elementi tahlil qilinadi va quyidagi xulosani berishga imkon beradi, ya’ni, korxona tasarrufidagi biznes jarayonlar qanday darajada yaxshi tashkil etilgan va mavjud resurslar qanchalik samarali tarzda yo’naltirilgan[. “McKinsey 7S” modeli har qanday korxonaning ichki biznes jarayonlarini takomillashtirishga, korxona samaradorligini oshirishga yordam beradi hamda tashkiliy tuzilmada rejalashtirilgan o’zgarishlarning mumkin bo’lgan natijalarini tahlil qilish, bo’linmalarni birlashtirish va birlashuvni amalga oshirish, korxonaning rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning eng yaxshi usulini aniqlash uchun hizmat qiladi. Bu korxonani rivojlantirishda inson omili yoki mavjud tehnika bilan emas, balki faqat korxonaning tuzilmasini tadqiq etadi, bu esa korxonaning istiqbolini baholashda va tahlil qilishda asosiy vazifani bajaradi.
Tahlil va natijalar “McKinsey 7S” modeli quyidagi yettita tamoyilni o’zida jamlaydi: - korxona strategiyasi; - korxonaning tarkibiy qismi; - boshqaruv tizimi; - korxona tasarrufidagi munosabatlar uslubi; - xodimlar faoliyati tarkibi; - ko’nikma va qadriyatlar miqdori; - xodimlarning malakasi. Model tashkilot muhitining yettita asosiy tamoyilini tahlil qilish asosida qurilgan. Modeldagi barcha tamoyillar o’zaro bir-biriga bog’liq. Bu shuni anglatadiki, yuqorida ko’rsatilgan sohalarning hech bo’lmaganda bittasi o’zgarsa, darhol boshqa o’zgarishlar talab qilinadi. Quyidagi 1rasmda “McKinsey 7S” modelining namuna sifatida bir ko’rinishi keltirilgan. CHizmada barcha tamoyillar bir-biriga bog’langan hamda “yumshoq” va “qattiq” ikki yirik bo’linmalarga bo’lingan. Korxonaning tuzilish, strategiyasi va boshqaruv tizimi – bu bo’linmalar korxonaning “qattiq tamoyillar”ning uch qismini o’z ichiga oladi va bu tamoyillar mos ravishda korxonani boshqarishni osonlashtirish va istiqbolini baholashda qulayliklar tug’diradi. Modelning barcha boshqa qismlarini o’z ichiga olgan "yumshoq tamoyillar" esa boshqarish va baholashni murakkablashtiradi, biroq ko’p hollarda korxonaning asosiy tarkibiy qismlarini shakllantiradi va ular uzoq muddatli raqobatbardoshlik tamoyillarini yaratishi mumkin. Korxona ko’nikmalar va qadriyatlar tizimi “McKinsey 7S” modelining markazida bejiz joylashgan emas. Model mualliflari korxona faoliyatining asosiy tamoyillari va vakolatlarini ichki muhitning qolgan barcha tamoyillariga ta’siriga va ahamiyatiga alohida urg’u berishni ta’kidlab o’tganlar. Yuqorida aytib o’tilganidek, “McKinsey 7S” modeli korxona ichki muhitining yettita asosiy tamoyiliga asoslangan. Quyida modeldagi har bir elementni batafsil ko’rib chiqamiz. Korxona strategiyasi. Korxona strategiyasi uzoq muddatli rivojlanish rejasini belgilaydi, bu biznesning raqobatbardoshligini oshirishga va barqaror raqobatbardosh ustunliklarni yaratishga yordam beradi. To’g’ri tanlangan strategiyaning mezonlari quyidagilardir, ya’ni: maqsadlarning aniq shakllantirilishi, uzoq muddatli maqsadlarga ega bo’lishi, raqobatbardosh ustunlikka erishishga yo’naltirilgan bo’lishi, korxonaning umumiy faoliyati bilan o’zaro bog’liqligi. Korxonaning tuzilish. Modeldagi tuzilmaga ko’ra, har bir bo’limning bog’liqlik tamoyillari, ustuvorligi va javobgarlik sohasi ko’rsatilgan korxona tarkibidagi turli bo’limlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish usullari tushuniladi. Modelning bu tamoyili mos ravishda va oson o’zgarishi mumkin. Boshqaruv tizimi. Boshqaruv tizimi korxonaning muntazam operatsion (amaliy) tartiblarini ta’riflaydi. “McKinsey 7S” modelining ushbu tamoyili boshqaruv qarorlari qanday qabul qilinganligi, korxonada kundalik ishlar qanday amalga oshirilayotgani, biznesning qanday usullari rivojlanayotganligi uchun javob beradi. Qadriyatlar tizimi. Qadriyatlar tizimi korxonada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning kasbiy qobiliyati va vakolatlar doirasi miqyosini ifodalaydi. Xodimlar tarkibi. Xodimlarni ishga qabul qilish, ularni mutahasisliklarga ajratish, ularga ko’rsatma va tavsiyalar berish va rag’batlantirish. Bu tamoyil korxonada xodimlarning amalda qay darajada faoliyat yuritayotganini tahlil etadi. Korxona tasarrufidagi munosabatlar uslubi. Bu tamoyil korxona tomonidan qabul qilingan boshqaruv uslubini ifodalaydi. Korxonada rahbarlar faoliyati natijasi va biznesni rivojlantirish uchun muhim qarorlar qabul qilishda ularning rolini ifodalaydi. Xodimlarning malakasi. Bu tamoyil korxona hodimlarni qayta tayorlash va malakasini oshirish, ularning yetuk darajada faoliyat yuritishi uchun yetarli darjada malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. “McKinsey 7S” modelini amaliyotda qo’llash jarayonida olib boriladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: Bu yerda oltita tamoyillar ko’rib chiqiladi, ya’ni: - model elementlari ta’rifi; - qarama-qarshiliklar tahlili; - mukammal modelni yaratish usuli; - asosiy o’zgarishlarni aniqlash; - o’zgarishlarni kiritish; - modelni qayta tahlil qilish.



Download 42.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling