1. Raqobatning iqtisodiy mazmuni. Raqobat shakllari va usullari


Download 30.5 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi30.5 Kb.
#114705
Bog'liq
1. Raqobatning-WPS Office


1. Raqobatning iqtisodiy mazmuni.

2. Raqobat shakllari va usullari.

3. Monopoliya, uning vujudga kelishi va turlari.

4. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy - iqtisodiy

oqibatlari.

1. Raqobatning iqtisodiy mazmuni

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining

eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mexanizmi

hisoblanadi.

Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli

tomondan yondashib tahlil qilishni talab qiladi.

Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi

raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda

keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini

mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab

chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi

kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar

o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.

Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy

resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish

uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni

yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari

rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin

namoyon bo‘ladi.

Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni

qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni

xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega

bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish

uchun kurashadi.

Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u

bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni

ifodalaydi.

Raqobat (lotincha, “concurrere” – qochish, to‘qnashish) – bozor

subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, ko‘proq naflilik va omilli daromadga

ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.

10.1-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.

Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining

har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi.

Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish

doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va

arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.

O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir

so‘mi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar,

ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga

harakat qiladi.

Iqtisodiy resurs egalari taqdim qilingan resurslari hisobiga

ko‘proq omilli daromadga ega bo‘lish uchun kurashadilar.

Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor resurs

egalarining mulk egasi va iste’molchilarning daromad egasi sifatida

erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi.

Chunki har bir bozor subyektining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu

manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab

chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga

bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin

iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining

to‘qnashuvidan iborat bo‘lishi aniq tavsiflanadi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum

darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Raqobatning rivojlanish bosqichlari:

Oddiy tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan raqobatchilik bosqichi.

Sof yoki erkin raqobatga asoslangan bosqich.

Monopolistik raqobat bosqich.

Hozirgi zamon madaniy jihatdan rivojlangan raqobatchilik

bosqichi.

2. Raqobat shakllari va usullari

Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga

ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish

zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo, ikki turga – tarmoq

ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir

tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta

shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi.

Bular erkin raqobat, monopolistik ra￾qobat, monopoliya va oligopoliyadir.

Erkin raqobat ikki darajada

namoyon bo‘ladi: tarmoq ichida,

ya’ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi

raqobat va tarmoqlaro, ya’ni turli tarmoqlardagi korxonalar

o‘rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va

sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish

uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda

texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi

turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli mazkur korxonalarda

ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil

bo‘lmaydi.

Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi

va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqa￾rilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil

etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va

mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va aks holda, ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini

yo‘qotadi va zarar ko‘radi.

Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng

yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.

Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan uning

normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab

bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib,

ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi.

Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi

ham pasayadi. Кam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning

chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish

hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib

ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda

normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda

qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat

kapital qayerga sarflanganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun

teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo

raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda

normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».

Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi

tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori

darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining

mahsulotlarini taklif qiladilar.

Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi

ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir

korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi.

Shu sababli, alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki

kamayishi umumiy taklifga, demak, mahsulot narxiga sezilarli ta’sir

ko‘rsatmaydi.

Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin

kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab

chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va

ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy,



texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar

bo‘lmaydi.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling