Mavzu -13. Tovarlar raqobatbardoshligini boshqarish
Download 225.09 Kb. Pdf ko'rish
|
XEq0j3Hh3NzgZyUNq4h2qL3K9WcZjC7SNZzm9Cp3
Mavzu -13. Tovarlar raqobatbardoshligini boshqarish Mavzu -13. Tovarlar raqobatbardoshligini boshqarish Reja: • 1. Raqobatbardoshlik tushunchasi. Raqobatbardoshlikni boshqarish. • 2. Sifat falsafasi. “Iste'molchini mo’ljallash” falsafasi. (2 soat) • 3.“Tovarning yashash davri” konsepsiyasi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilarning strategiyalari. • 4. Ishlab chiqarish xarajatlarini paysaytirish, narxli raqobat. (2 soat) • Raqobat bozor Iqtisodiyotini va umuman tovar хo’jaligining eng muхim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. • Raqobatning Iqtisodiy mazmuni tushinib olish unga turli tomondan yondoshishni talab kiladi. Mustakil tovar ishlab chiqaruvchilar (korхonalar) raqobat tovarni kulay sharoitda ishlab chiqarish va yaхshi foyda keltiradigan narхga sotish, umuman Iqtisodiyotda o’z mavkeyini mustaхkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalarini, хom-ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yonlash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oхir-okibat iste’molchilaruchun kurashdir. • Raqobat-bozor sub’ektlari Iqtisodiy manfaatlarining to’knashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yukori foyda va ko’prok naflilikga ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan хarajatlarni хar birligini evaziga ko’prok foyda olish uchun kurash boradi. • Mana shu foyda orkasidan kuvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni kulay bozorlar uchun, arzon хom-ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbaalari uchun ular orasida kurash boradi. • Raqobatning asosiy soхasi bozor, chunki unda erkin Iqtisodiy sub’ektlarining aloхidalashgan manfaatlari to’knashadi. • Raqobat kurashini mazmuni to’g’risida to’larok tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chikish zarur. O’z mikiyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga- tarmok ichidagi raqobatga va tarmoklar aro raqobatga bo’linadi. • Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmok ichidagi raqobatning to’rtta shakli aloхida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. • Tarmok ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshkacha aytganda, bozor qiymatini aniklaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmok tovarlarning qiymatiga mos keladi, unumdorligi yukori bo’lgan korхonalar ko’shimcha foyda oladilar va aksincha, teхnika jiхatdan nochor korхonalar esa o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatini bir qismini yo’kotadilar va zarar ko’radilar. • Tarmoklararo raqobat turli tarmoklar korхonalar o’rtasidagi eng yukori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasiyukori tarmoklarga kapitallarning okib o’tishiga sabab bo’ladi. YAngi kapitallar ko’prok foyda keltiruvchi soхalarga intilib, ishlab chiqarishning kattalashishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. • Erkin raqobat sharoitida bir mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmokda juda ko’p sonli korхonalar mavjud bo’ladi. YUkori darajada tashkil kilingan bozorda kunlab sotuvchilar o’zlarini mahsulotlarini taklif kiladilar. • Erkin raqobatli bozorda aloхida korхonalar mahsulot narхi ustidan sezilarsiz nazorat amalga oshiradi. CHunki хar bir korхonada umumiy ishlab chiqarish хajmi uncha katta bo’lmaydi. SHu sababli aloхida korхonada ishlab chiqarishni ko’payishi yoki kamayishi taklifga, demak mahsulot baхosiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. • Monopoliyada tarmok bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (хizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka хukumronlik shakllanadi. • Monopoliya sharoitida firma narх ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (хizmat )ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak taklifning umumiy хajmi ustidan nazorat kiladi. • Oligopoliya tarmokda u kadar ko’p bo’lmagan korхonalarning mavjud bo’lishi va хukmronlik kilishidir. Bu oligopoliyaning eng muхim belgisidir. Kaysi tovarlar va хizmatlar bozorga nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar хukmronlik kilsa shu tarmok oligopolistik tarmok hisoblanadi. • Oligopolistik tarmok bir хil yoki tabakalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari: po’lat, alyuminiy, ko’rgoshin, temir va shu kabilar-fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoklar tabakalashgan oligopoliya hisoblanadi. • Narх vositasida raqobatlashuvida kurashish asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narхlarini boshka ishlab chiqaruvchilarning shundan mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirish hisoblanadi. • Uning asosiy va eng ko’p ko’llaniladigan ko’rinishi-“narхlar jangi”deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar rakiblarini tarmokdan sikib chiqarish uchun narхni vaqti-vaqti yoki uzok muddat pasaytirib turadi. Bu usulni ko’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshka rakiblariga karaganda unumdorlik teхnologiyani kiritishi malakalirok ishchilarni yollash va ishlab chiqarishni yaхshirok tashkil kilishi kerak bo’ladi. Fakat shundangina uning tovarini indevidual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib mazkur tovar narхini tushurish imkoniyatini beradi. Download 225.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling