2-ma’ruza Ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish. Reja
Download 40.79 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish rejasi va kо‘rsatkichlar tizimi
2-ma’ruza Ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish. Reja: Ishlab chiqarish rejasi va kо‘rsatkichlar tizimi. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati. Ishlab chiqarish rejasini resurslar bilan ta’minlanishi. Ishlab chiqarish rejasi va kо‘rsatkichlar tizimi Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bо‘limi bо‘lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bо‘limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. Ishlab chiqarish rejasi bо‘limi quyidagi tuzilmaga ega bо‘lishi mumkin : ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; ishlab chiqarish jarayoni nazorati; atrof muhit muhofazasi tizimi; ishlab chiqarish dasturi; ishlab chiqarish rejasining quvvatlar bilan asoslanishi; ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi harajatlar bashorati Ishlab chiqarish rejasining tarkibini sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ushbu bо‘limda ishlab chiqarish jarayoni qanday tashkil etilganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bо‘ladi. Unda ishlab chiqarish shakli (donalab, seriyalab, ommaviy), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish sikli (davri) tuzilmasi aks ettiriladi. Mavjud texnologiyani quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha baholash mumkin: texnologiyaning zamonaviy talablarga mos kelishi: ishlab chiqarish jarayonining avtomatlashganligi darajasi: ishlab chiqarish jarayonining moslashuvchanligi, Mahsulot xajmini kamaytirish va oshirish imkoniyatlari. Biznes-rejada kо‘zda tutilgan texnologiyani takomillashtirish va ri- vojlantirishning asosiy yо‘nalishlari belgilanadi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bо‘lsa, buni biznes-rejada alohida qayd etish lozim. Kooperatsiya tо‘g‘risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan yetkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlarining minimumlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi. Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish.Mahsulot sifatini nazorat qilishning uslublari va vositalari, tarkibi bayon qilinadi. Mahsulot tayyorlash, xizmat kо‘rsatish sifatini tartibiga soluvchi meyoriy-texnik xujjatlar kо‘rsatiladi. Atrof muhitni himoya qilish tizimi. Biznes-rejada atmosfera, suv resurslari kabilarga ishlab chiqarish jarayonining ta’sirini baholash keltiriladi. Chiqindilarni qayta ishlash, yо‘q qilish bо‘yicha tadbirlar xarajatlari kо‘rsatiladi. Ishlab chiqarish dasturi bozorni о‘rganish, korxona quvvatlarini baholash va sotuv hajmini bashorat qilishdan sо‘ng ishlab chiqiladi. Biznes-rejada har bir turdagi mahsulotning natural birliklaridagi ishlab chiqarish hajmi va uning oxirgi uch yildagi о‘zgarishlari tо‘g‘risidagi hamda bu kо‘rsatkichlarning kelgusi 3-5 yildagi qiymatlari keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturining asosiy kо‘rsatkichlari yalpi mahsulot, tayyor (tovar) mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish (ishlov berish tugallanmagan mahsulot) hisoblanadi. Download 40.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling