Adabiyotlar Mashinasozlikda uch XIL ishlab


Download 131.38 Kb.
bet1/5
Sana28.09.2023
Hajmi131.38 Kb.
#1689066
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi



Mavzu: Mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi
Rejs:

  1. Ishlab chiqarishdagi materiallar.

  2. Ishlab chiqarish jarayonlari

  3. Adabiyotlar


Mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: ommaviy-ko‘plab, seriyalab, donabay. Namunaviy, tajribaviy ishlab chiqarishlar donalab ishlab chiqarishga tog‘ri keladi. Lekin, ularni texnologik ta’riflash, loyihalash boshqacha o‘ziga xos. Ommaviy ishlab chiqarish - bu shunday ishlab chiqarish turi bo‘lib, bunda bir xil mahsulot o‘zgarmas chizmalar asosida uzoq vaqt muddatda to‘xtovsiz ishlab chiqariladi.Seriyalab ishlab chiqarishda mahsulot seriyalab-partiyalab ishlab chiqariladi. Texnologik jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turiladi. Seriyadagi mahsulotlarning soniga qarab uch turga bo‘linadi: yirik, o‘rta va mayda seriyali. Donalab ishlab chiqarishda mahsulot bir-ikki dona yasaladi.
Zavod quvvati deb yiliga ishlab chiqilgan mahsulot birligiga aytiladi: zavodda bir yilda eritilgan po‘lat miqdori (necha tonna), zavodda ishlab chiqilgan avtomobillar soni (necha dona) va h.k.
Ishlab chiqarishdagi materiallar.
Muhandislik materiallarning ko‘pchiligi asosan uch guruhga bo‘linadi: metallar, keramika va polimerlar. Bularni kimyoviy, fizik, mexanik xossalari har xil; qaysilari ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. Yuqoridagi materiallardan tashqari 4–guruh materiallari ham bor - kompozitsion materiallar.To‘rttala guruh materiallarini klassifikatsiyasi 1-rasm.da berilgan.

19.1.rasm.. To‘rtta guruh materiallari klassifikatsiyasi.
Keramika.
Keramika metallik (yoki yarim metalik) va nometallik elementlarning birikmasi. Keramika ko‘pchilik ananaviy va zamonaviy ananaviy va zamonaviy materiallarni o‘z ichiga oladi. Ananaviy keramika ming yillar davomida ishlatilgan; o‘z ichiga loyni olgan: g‘isht va cherepitsa va keramik buyumlar yasalgan. Hozirgi zamon keramikasi o‘z ichiga oldingi materiallar-alyuminiy oksidi xossalari zamonaviy usullari bilan kuchaytiriladi. Yangi keramika o‘z ichiga volfrom karbidi, titan karbidi (keskich materiali sifatida ko‘p ishlatiladi), metallar nitridlari, titan va bor nitridlarini oladi.
Ishlash maqsadida keramikani ikkiga ajratish mumkin: kristallik keramika kukunlardan har xillar bilan qizdirib, presslab olinadi. Shisha keramika eritib va qo‘yib olinadi, keyin ananaviy usulda puflab forma beriladi.

Download 131.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling