Adabiyotlar Mashinasozlikda uch XIL ishlab
KIRISh “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanini o‘rganishdan maqsad va uning vazifalari
Download 131.38 Kb.
|
Mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruksion materiallar texnologiyasi”
- Konstruksion materiallar texnologiyasi
- tasavvurga ega bo‘lishi
- 1881 yilda birinchi elektrostansiya qurildi. Detal va mahsulotlarni olishda fizik-kimyoviy
- Masalan, temir rudasi po‘latga aylanadi; qum shishaga. Mahsulot bor; ishlab chiqarish bor. Nazorat savollari
KIRISh
“Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanini o‘rganishdan maqsad va uning vazifalari “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fani metall va nometall materiallarning ichki tuzilishi, strukturasi, xossasi, ishlatilishi, markalanishi va bu kattaliklarning o‘zaro aloqasini hamda ularning turli tasirlar natijasida o‘zgarish qonuniyatlari bilan bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni qamrab oladi. Mashinasozlikda qo‘llaniladigan va qo‘llanilishi rejalashtirilgan metall va nometall materiallarning turlari, tuzilishi, strukturasi, xossasi, markalanishi va ularga turli xil ishlov berish usullari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fani umumkasbiy fanlar turkumiga kiradi va 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat talim yo‘nalishi talabalariga o‘qitiladi. “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga materialshunoslikning fundamental asoslarini, materialshunoslikning fundamental asoslari bo‘yicha asosiy tushunchalari va malumotlarni, materialshunoslikning asosi va nazariyasini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, Konstruksion materiallar texnologiyasi bo‘yicha ro‘y beradigan jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: materialshunoslikning fundamental asoslari, uning nazariyasi hamda materiallarning tuzilishi va xossalari, puxtalanish va plastik deformasiyalanig hamda qotishmalar nazariyasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; materialshunoslikning fundamental asoslarini, materiallarning tuzilishi, xossasi, puxtalanish va qayta kristallanish, plastik deforma-siyalanish hamda holat diagrammalar bo‘yicha nazariyalar, qonunlar, tushun-chalar hamda materialshunoslik bo‘yicha ro‘y beradigan jarayonlarning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; talaba materialshunoslikning fundamental asoslarini tahlil qilish usullarini qo‘llash, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi muammolari bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Materiallarga quyidagi talablar qo‘yilgan, yani Respublikamizning texnik-iqtisodiy va sosial taraqqiyotini jadal suratlar bilan rivojlanishida mashinasozlik sohasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy etish bilan bir qatorda texnika-iqtisodiy talablarga to‘la javob beradigan yuqori sifatli materiallar yaratish, ulardan tejamli foydalanish kabi vazifalarni hal qilishi lozim. Davlatni, turmushni farovonligida texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Texnologiya jamiyatni va uni a’zolarini kerak mahsulotlar bilan ta’minlash yo‘lida ilmni qo‘llanishidir. Texnologiya so‘zi lotincha texne-hunar, logos-o‘rganish; hunar o‘rganishni anglatadi. Iqtisod nuqtayi nazaridan ishlab chiqarish moddiy farovonlikni, mulkchilikni yaratuvchi quroldir. Hozirgi zamon dunyo iqtisodiyotida mamlakat kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishi kerak. Bu kirish qismida ishlab chiqarishni umumiy masalalarini ko‘rib chiqamiz. Ishlab chiqarishni o‘zi nima? Sanoatda bu qanday tashkil etilgan? Ishlab chiqarish lotincha ikki so‘zdan kelib chiqgan: “manus” –qo‘l; “faktus”- qilingan-yasalgan. Mahsulot qo‘l bilan yasalgan, tabiatdan tayyor emas. Albatta, hozirgi zamonda mahsulotlar avtomatlashtirilgan mashinalar, kompyuterlar vositasida yasaladi. Mahsulot olish tarixini ikki bo‘lakka ajratish mumkin: 1-material va jarayonlarni ixtiro qilish; 2-ishlab chiqarishni rivojlanishi. Quyish, bolg‘alash jarayonlariga 6000 yil va undan ko‘p bo‘lgan. Sanoat revolyutsiyasi yillarida (1760-1830) suv, shamol va hayvonlar kuchlarini o‘rnini bir qator mashinalar va bug‘ kuchlari egalladi. Detallarni o‘zaro almashish imkonini beradigan ishlab chiqarish texnologiyasi tadbiq qilindi. 1881 yilda birinchi elektrostansiya qurildi. Detal va mahsulotlarni olishda fizik-kimyoviy jarayonlar ishlatildi. Mahsulotlarni potok - oqim usulida ishlab chiqarish usuli tadbiq qilindi. Standartlash qabul qilindi. O‘z davrini yangi va ilg‘or materiallari ixtiro qilindi. Oddiy operatsiyalar uchun stanoklar 1770-1850 yillarda ishlab chiqarilgan. 1913-yilda Genri Ford mashinalarni yig‘ish tizimini (“liniyasini”) tadbiq qildi – konveer ishga tushdi. Hozirda ishlab chiqarishni ikki usulda aniqlash mumkin: 1-texnologik; 2-iqtisodiy. Texnologik deganda materiallarga (mashina mexanizmlarga) fizik, kimyoviy, mexanik va h.k. jarayonlarni ta’sir ettirib, detallar yoki mahsulot ishlab chiqarishga aytiladi. Iqtisod nuqtayi nazaridan ishlab chiqarish – bu materialni ko‘proq ahamiyatli (tannarxli) mahsulotlarga aylantirish. Ishlab chiqarish texnologik-iqtisodiy qonuni: bu kam mehnat (jismoniy, aqliy) sarf qilib, sifatli mahsulot olish. Ishlab chiqarishni kalitli vaqti shundaki, ishlab chiqarish materialni qiymatini (tutgan o‘rnini, tannarxini) oshiradi (formalarini, xossalarini o‘zgartirib; ularni boshqa materiallar bilan qo‘shib va h.k). Masalan, temir rudasi po‘latga aylanadi; qum shishaga. Mahsulot bor; ishlab chiqarish bor. Nazorat savollari “Konstruksion materiallar texnologiyasi” o‘quv fanida ishlatiladigan asosiy tushunchalar va iboralar Ishlab chiqarish tizimlari qanday Ishlab chiqarish jarayonlari qanday amalga oshadi. Ishlab chiqarishda qanday materiallardan foydalaniladi. Download 131.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling