Ishlab chiqarish tizimlari
Ishlab chiqarish samarador bo‘lishi uchun korxona o‘zini ishlab chiqarish tizimiga ega bo‘lishi lozim. Tizim ishlab chiqarish turiga (ommaviy, seriyalab), uni asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligiga, ularning holatig‘a va h.k.larga bog‘liq. Umuman, ishlab chiqarish tizimi odamlardan –insonlardan, asbob-uskunalardan va h.k.lardan iborat. Ishlab chiqarish tizimini ikki kategoriyaga bo‘lish mumkin: 1-ishlab chiqarish binolari va 2-ishlab chiqarishni ushlab turuvchi-ta’minlovchi tizimlar. (19.3-rasm.).
19.3-Rasm.
“Konstruksion materiallar texnologiyasi” o‘quv fanida ishlatiladigan asosiy tushunchalar va iboralar
Mahsulot – mehnat faoliyati jarayoni natijasi, qaysiki foydali xossalarga ega. U ma’lum joyda va ma’lum vaqt ichida – davomida olingan, jamoa va shaxsiy harakterdagi ehtiyojlarni qondiradigan bo‘ladi. Mahsulot – “produksiya”.
Buyum – mahsulot – “izdelie”- bu ishlab chiqarish predmeti-narsasi yoki predmetlari-narsalari to‘plami, qaysilarki korxonada ishlab chiqarish kerak. Metal ishlovchi sanoat sohasi uchun bu har xil ishlarga mo‘ljallangan mashinalar, agregatlar, mexanizmlar va h.k.
Buyumlar ro‘yhati (“nomenklatura”).
Bu termik buyumlarni konstruksiyalari yoki o‘lchamlari bilan farqlanadi va ma’lum vaqt ichida tayyorlanadigan (ishlanadigan) buyumlar ro‘yhati.
Ishlab chiqarish programmasi – ma’lum kalendar vaqt ichida ishlab chiqishga mo‘ljallangan bir xil – bir nomli buyumlar soni (hajmi).
Detal. Bu birlamchi yig‘uv birligi, bir bo‘lak materialdan yasalgan, yig‘uv operatsiyalari qo‘llanilmagan. Detal xossalari yig‘indisiga ega: material xossasi; o‘lchamlari; aniqligi; formasi; yuza sifati, tannarxi.
Xomashyo-zagotovka – mehnat narsasi, bundan uni formalarini, o‘lchamlarini, xossalarini, yuzalarini o‘zgartirib detal yasaladi. Umuman olganda “xomashyo” iborasini uni detalga aylanguncha bo‘lgan barcha davrda qo‘llasa bo‘ladi. “Detal” iborasini yig‘uvga kelayotgan narsaga qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |