Innovatsion Rivojlanish


Download 0.69 Mb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1643724
  1   2
Bog'liq
Innavatsion iqsodiyot

Innovatsiya Tushunchasi

eCO 322-01 guruh:

Saidakmalov sarvar

  • Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
  • Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.
  • “Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.

Innovatsiyaning 10 ta amri

  • Innovatsiyaning 10 ta amri
  • Maqsadingizni ifodalang.
  • Jamoangizni ilhomlantiring.
  • Diqqatingizni xaridorga qarating.
  • Har kimga o‘xshamang.
  • Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring.
  • Sinergiya* yarating.
  • Jarayonni yarating.
  • Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling.
  • O‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning.
  • Tashabbuskor bo‘ling.
  • Sinergiya bu foydali o‘zaro hamkorlik, uning samarasi har bir inson yakka holda qilgan harakatlari yig‘indisini olib qaraganimizda yanada ko‘proq hisoblanadi. “Sinergiya” so‘zi grek tilidan tarjima qilinganida aynan “hamkorlik, o‘zaro munosabat” ma’nolarini bildiradi.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotiga xos iqtisodiy jarayonlarning innovatsion yo‘nalishi iqtisodiy o‘sishning nomoddiy shakllari va noan’anaviy omillarining o‘sib boruvchi ahamiyatini hisobga olmaydigan tashkiliy tuzilmalar va an’anaviy menejment uslublarining samarasizligini isbotlab berdi. An’anaviy klassik menejment kontseptsiyalari va tamoyillarining o‘rnini innovatsion boshqaruv- innovatsion menejmentning yangi moddellari egalladi.

  • Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotiga xos iqtisodiy jarayonlarning innovatsion yo‘nalishi iqtisodiy o‘sishning nomoddiy shakllari va noan’anaviy omillarining o‘sib boruvchi ahamiyatini hisobga olmaydigan tashkiliy tuzilmalar va an’anaviy menejment uslublarining samarasizligini isbotlab berdi. An’anaviy klassik menejment kontseptsiyalari va tamoyillarining o‘rnini innovatsion boshqaruv- innovatsion menejmentning yangi moddellari egalladi.
  • Innovatsion faoliyat deyilganida olimlar, muxandislar, patentshunoslar, menedjerlar, iqtisodchilar, moliyachilarning IMO tijoratini rо‘yobga chiqarishga qaratilgan bilimlari va kuch-g‘ayratlarini birlashtiruvchi jarayon tushuniladi. Bunday faoliyatning oxirgi natijasi innovatsiya - yangilik bо‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsiya fundamental va tadbiqiy ilmiy tadqiqotlarni real ishlab chiqarish va bozor bilan bog‘laydi Innovatsiyalarning tizimli tasnifi metodologiyasi 1992 yili Oslo shahrida qabul qilingan va “Oslo qо‘llanmasi” deb nom olgan tavsiyalarga kо‘ra qabul qilingan Xalqaro standartlarga asoslanadi. Innovatsion loyiha deb berilgan vaqt davomida yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turlarini yoki texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni yaratish va joriy etish (keng qо‘llash) ga qaratilgan о‘zaro bog‘liq muayyan tadbirlar majmuiga aytiladi

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling