1-rasm: Intel Pentium va amd athlonX2 mikroprotsessorlari


Download 0.91 Mb.
bet1/4
Sana07.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1694554
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish. NAMUNA (3)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuter arxitekturasi” fanidan



Mavzu: Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari.


Bajardi: KI101_19-guruh talabasi


Asrorov M.A
Qabul qildi: Axrorov M.
SAMARQAND – 2021


Mavzu: Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari.
Reja

  1. Mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari.

  2. Mikropotsessorlarning asosiy xarakteristikalari.

  3. Zamonaviy mikroprotsessorlar turlari.

  4. Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi.



Tayanch atamalar: Mikroprotsessor, xotira, registr, AMQ(arifmetik mantiqiy qurilma), BQ(boshqarish qurilmasi), mikrosxema, takt chostota, razryad, yadro, slot, kesh xotira, tranzistor, Celeron rusumli protsessor, Intel Pentium protsessori, AMD protsessori, Xeon protsessorlari, IA-64 arxitekturali protsessorlar.
Mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari.
Mikroprotsessor - kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilmadir. U kompyuterning ishlash tezligini belgilaydi. Kompyuterlar mikroprotsessor turi bilan farqlanadi.
Har qanday mikroprotsessor aniq sondagi elementlardan tashkil topgan, bo’larga :
1)xotira
2)registr
3) arifmetik mantiqiy qurilma
4)boshqarish qurilmasi.

1-rasm: Intel Pentium va AMD AthlonX2 mikroprotsessorlari.
Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o’tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to’plami bo’lgani sababli ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi. Lekin kompyuterning boshqa qurilmalarini mikrosxema ko’rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya’ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o’zaro joylashishi va bir-biri bilan bog’lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi.
Oradan ikki yil o’tib, 1971 yil shu kompaniya 4004 markali birinchi mikrosxemaga joylangan protsessorni ishlab chiqdi. Bu mikrosxemalar keyinchalik mikroprotsessor deb atala boshlandi. Bu mikrosxemaga ikki mingdan ortiq tranzistor joylangan bo’lib, u to’rt razryadli markaziy protsessor edi, ya’ni u ikkilik sanoq sistemasidagi to’rt xonali sonlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara olar edi. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlar yasash uchun mo’ljallangan edi. Lekin ularni buyurtirgan yapon firmalaridan biri buyurtmadan voz kechdi va bu mikroprotsessorlar ochiq savdoga chiqarib yuborildi.
Raqamli elektronikaning bu yutug’i keng ommaga ma’lum bo’lib, katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Oradan bir yil o’tib, kompaniya 1972 yil navbatdagi mikroprotsessorni, bu safar birinchi sakkiz razryadli 8008 rusumli mikroprotsessorni sotuvga chiqardi. Bu bevosita kompyuterlarda qo’llash uchun mo’ljallangan mikroprotsessor edi. Bu mikroprotsessor kompyuter arxitekturasi (uning tarkibiy tuzilishi va ichki tuzilmasi) ni butkul o’zgarishiga olib keldi. 1976 yilda sotuvga chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor kompyuter olamida inqilob yasab, ommaviy shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu mikroprotsessor va uning analoglari (yoki klonlari, ya’ni uning o’rnini bosa oladigan, lekin boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mikrosxemalar) Z80, KR580 va boshqalar asosida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar bir necha yuz dollar narxda ommaviy ravishda sotila boshlandi. Bu kompyuterlarni kompyuter texnikasidan uzoq bo’lgan odamlar ham sotib ola boshladilar. Mikroprotsessorlarni boshqa kompaniyalar ham ishlab chiqara boshladilar. Ular orasida Zilog va Motorola kompaniyalarini alohida ta’kidlash lozim. 8080 mikroprotsessori va uning klonlari tarixda eng ko’p va eng uzoq ishlab chiqarilgan mikroprotsessor hisoblanadi. Ular XXI asrning boshida ham uchinchi dunyo davlatlari tomonidan ishlab chiqarilar edi. Unda bor-yo’g’i 6000 ta tranzistor bo’lib, uni ishlab chiqarish keyinchalik juda arzonlashib ketdi. Bir vaqtlar bir necha yuz dollar turgan bu mikroprotsessor oxirgi paytda donalab emas, balki kilogrammlab sotila boshlandi. Unga ko’plab dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi, sodda arxitekturasi, yangi dasturlar ishlab chiqish osonligi tufayli bu mikroprotsessorlar turli raqamli va maishiy buyumlar: printerlar, monitorlar, videomagnitafonlar, televizorlar, musiqiy markazlar, ossillograflar, liftlar, svetoforlar, avtomobillar, o’yinchoqlar, boshqarish va kuzatish tizimlarida hamda boshqa joylarda keng ishlatilgan. Oxirgi paytda boshqa umumiy va maxsus mikroprotsessorlarning arzonlashishi bilan bu mikroprotsessorning qo’llanishi to’xtadi.
Intel protsessorlarining oilasi. (1-jadval)





Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling