1-Rasm. Samarqand viloyatining 2010-2021 yil bo’yicha yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh)3
Download 0.71 Mb.
|
4-maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Rasm. Samarqand viloyatining 2010-2021 yil bo’yicha yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh) 3 .
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida qishloq xo’jaligining o’rni beqiyosdir. Mamlakatimizda aholi farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri-talab darajasidagi sifatli oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash, jumladan chorvachilik mahsulotlari bilan yetarli ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.Aholi daromadlarini oshirish, kambag’allikni qisqartirish eng dolzarb muammolardan birib bo’lib qolmoqda. Aholini daromadlarini oshirishda qishloq xo’jalik sohasining chorvachilik tarmog’i muhim ahamiyat kasb etadi. Chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha bir qancha muhim muammolar mavjud. Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, chorvachilik xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, chorva ozuqa bazasini yanada ko’paytirish, shuningdek aholining yirik chorvachilik xo’jaliklari va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hamkorlikda faoliyati asosida o’z xonadonlarida chorva mollarini boqishni tashkil etish va chorva ozuqa bazasiga bo’lgan talabini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.02.2022 yilda “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”1 qarori qabul qilindi. Chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha eng muhim muammolardan biri chorva mollari oziqa bazasi bilan yetarli darajada ta’milanmaganidadir. Chorvachilikda yuqori daromad olishning asosiy omillaridan biri bu chorva uchun ozuqa bazasi hisoblanadi. Chunki chorvachilikdan yuqori daromad olish, 70% ozuqa bazasiga bog’liqdir2. Samarqand viloyati bo’yicha 2010-2021 yil bo’yicha yirik shoxli qoramollarning xo’jaliklar bo’yicha statistik ma’lumotlarini keltiramiz . 1-Rasm. Samarqand viloyatining 2010-2021 yil bo’yicha yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh)3. Keltirgan statistik ma’lumotlardan yirik shoxli qoramollari bosh soni yildan yilga sezilarli ravishda o’sayotganligini ko’rishimiz mumkin. Samarqand viloyatida 2021 yilga kelib 2010 yilga nisbatan yirik shoxli qoramollar bosh sonini 469,3 ming boshga yoki 39,3 % ga oshganini ko’rish mumkin. 2021 yilda Samarqand viloyatida xo’jaliklar kesimida taqqoslasak dehqon xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 93,5 % ni tashkil etmoqda. Demak, dehqon xo’jaliklarida parvarishlanayotgan chorva mollari uchun ozuqa bazasiga bo’lgan talabni oshiradi. Chorva mollarini yetarli darajada ozuqa bazasi bilan ta’minlanmasa, ishlab chiqarilayotgan chorvachilik mahsulotlarini narxini oshishiga hamda oila daromadlarini kamayishiga olib keladi. Samarqand viloyati bo’yicha 2010-2021 yillarda go’sht mahsulotlarini narxi bo’yicha ma’lumotlarni keltiramiz. Samarqand viloyatida 2010-2021 yillarda go’sht mahsulotlarini narxi (kg/so’mda)4. 1-jadval
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling