5-amaliy
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi
Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
1-rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: а – diafragma, б – soplo, в – venturi soplosi, г – venturi quvuri.
Do'stlaringiz bilan baham: |