OzDJTU Zakovat klubi
Bahorgi mavsum reyting oyinlari
6-tur 12.05.2022
1-raund
1. Kaliforniya shahri tashkil etilganidan keyin uning nomi Kalifonga o'zgartirilgan edi. Buning sababi, bir obyektga ikkita so'zni, ya'ni Kaliforniya va yana bir so'zni sig'dirishning iloji bo'lmagan. Ana shu so'zning uzunligi ham Kalifon so'zi bilan bir xil.
Diqqat savol: Bur turnirimizning ilk savoli ekanligini inobatga olgan holda o'sha inglizcha so'zni yozib bering.
Javob: Welcome
Izoh: Nyu-Jersi shtatidagi Kaliforniya shahri nomini o'z vaqtida Kalifon ga o'zgartishgan. Shaharga kirish joyida katta ustunga yozilgan ,,Welcome, Califon'' yozuvini ko'rishingiz mumkin.
Spring Season ning 6-turiga xush kelibsiz!
2. Ko'p hollarda ayollar o'z yoshlarini oshkor etishni xushlashmaydi. Hech bir ayol o'zining 35 yoshdan katta ekanligini tan olmasligidan kelib chiqib bir amerikalik BU HODISA hech qachon sodir bo'lmasligini aytadi.
Diqqat savol: Qaysi hodisa?
Javob: Amerika prezidentiligiga ayol kishining saylanishi
3. Tadeush Lempitskiyning portreti uning ayoli tomonidan chizilgan. Portret ustida ish olib borilayotgan paytda Tadeush ajrashish uchun ariza beradi va san'at asari oxiriga yetmay qoladi.
Diqqat savol: Portretda Tadeushning qaysi tana a'zosi tasvirlanmagan?
Javob: Chap qo'li
Qabul: O'ng qo'li, nomsiz barmog'i, qo'l kafti
Izoh: Rassom erini nikoh uzugisiz chizishni xohlamagan. Ajrashish yoqasida turishgani uchun esa nikoh uzugi bilan tasvirlay olmagan.
4. Bir qirolichaning ikkita o'g'li bo'ladi. Kattasi qirollik taxtini egallaydi va gap-so'zlarga qaraganda o'z ukasini o'ldiradi. Bu qirolicha o'zining shafqatsiz xarakteri bilan ajralib turardi va ,,Fransuz ALFAsi'' laqabini olgan. ALFA bir olimpiada o'yinlarining emblemasida ham tasvirlangan edi.
Diqqat savol: Ana shu olimpiada o'yinlari qaysi shaharda bo'lib o'tgan?
Javob: Rim
Izoh: ALFA- Kapitoliy bo'risi edi. Fransuz qirolichasi Izabellaning o'g'illarini taqdiri aka-uka Rem va Romullarning taqdiriga oxshab ketgan. 1960-yilgi Olimpiada o'yinlari Rim shahrida o'tkazilgandi.
5. So'nggi yillarda Nayrobida uy-joy narxlarida sezilarli o'sish kuzatilmoqda. Jurnalist Reychel Rayt buning qiziqarli sababini topgan va u sababga ko'ra bir turdagi odamlar narxlarga ta'sir o'tkazayotgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |