Diqqat savol: Geografik bilimlaringizni ishga solgan holda kimlar uy-joy narxining o'sishiga sabab bo'lyotganini toping
Javob: Qaroqchilar
Qabul: Somali qaroqchilari
Izoh: Nayrobi Keniya poytaxti hisoblanadi. Keniya esa o'z navbatida Somali bilan chegaradosh. Somali qaroqchilari o'z boyliklarini, asosan, uy-joy xarid qilishga sarflashar ekan.
6. Amerikalik tennischi Teylor Denta ning otasi Sidneyda tug'ilga va Teylor buni unutib qo'ymaslikka harakat qiladi. Shuning uchun ham sportchining chap yelkasida birdaniga ULAR ning 56tasini ko'rish mumkin.
Diqqat savol: ULAR ni bir so'zda ayting.
Javob: Yulduzlar
Izoh: Teylor o'zini yarim amerikalik va yarim avstraliyalik deb hisoblaydi. Shu sababli chap yelkasida ikki davlat bayrogining tatuirovkasini tushirgan. Amerika bayrog‘ida- 50 ta, Avstraliyanikida esa 6ta yulduz bor)
7. 2008-yil 11-dekabr Myunxen aeroportida o'z yuklarini olayotgan passajirlar transporterda ichida ayol kishi bo'lgan ulkan shaffof chemodanni ko'rishadi. Chemodandagi katta sariq stiker BUNI to'xtatishga chorlayotgan edi. Yunesko qarori bilan 23-avgust BUNING qurboni bo'lganlarni yod etish kuni etib belgilangan.
Diqqat savol: BUNI toping.
Javob: Odam savdosi
Qabul: Qulchilik va shu ma'nodagi javoblar
Izoh: Aeroportda ijtimoiy rolik suratga olishyotgan edi va shu yo'l orqali ham odamlarni ogohlikka chaqirishgan.
8. Amerika shaharlaridan birida mahalliy kutubxonachilar noodatiy korgazma tashkil qilishdi. Turli xil qog'oz parchalari orasidan tashrif buyuruvchilar cho'chqa yog'i bo'laklarini, oshxona pichoqlari, jarrohlik qo'lqoplari va soqol olish pichoqchalarini ko'rishlari mumkin edi.
Diqqat savol: Ushbu eksponatlar aslida nimaning vazifasini o'tagan?
Javob: xatcho'plar.
Izoh: Bu ko'rgazma amerikaliklar kitob o'qish paytida foydalanadigan noodatiy xatcho'plarga bag'ishlangan edi.
9. Fantast yozuvchi Boris Shternning aytishicha, u o'qigan birinchi kitob detektiv fantastika bo'lgan. U kitobda o'ldirish uchun qilingan 3ta harakat besamar ketgan va bir martasi muvaffaqiyatli yakunlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |