1. Reaksiyaning tezligi temperaturaning ta‘siri Reaksiya tezligiga reagentlar konsentratsiyasining ta‘siri Eruvchining tabiati, ion kuchi


XIMIYAVIY REAKTSIYA TEZLIGIGA ERITUVCHILARNING TA‘SIRI


Download 0.62 Mb.
bet5/21
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
REYAKSIYANING TEZLIGI VA AKTIVLANISH ENERGIYASI

XIMIYAVIY REAKTSIYA TEZLIGIGA ERITUVCHILARNING TA‘SIRI
Ximiyaviy reaksiyalar tezligiga temperatura, bosim, konsentratsiyadan tashqari, erituvchining tabiati ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Ba‘zi reaksiyalarning gaz fazodagi va turli erituvchilardagi tezliklari o‘zaro yaqin bo‘ladi. Masalan azot (V) oksidning dissotsilanish reaksiyasining tezlik konstantasi gaz fazada ham, CHCl3, CCl4 va boshqa erituvchilarda ham deyarli bir xil kattalikka ega. Shunga asoslanib:
2N2O5 2N2O4+O2
reaksiyaning eritmadagi mexanizmi uning gaz fazadagi mexanizmi kabidir degan xulosa chiqarish mumkin. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalarning molekulalari bilan erituvchi moddalarning molekulalari bilan erituvchi molekulalari orasida orasida o‘zaro ta‘sir vujudga kelsa, erituvchi reaksiya mexanizmi ham reaksiya tezligi ham tamomila o‘zgarishi hatto boshqa mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun amalda gaz fazada bormaydigan reaksiyalar eritmalarda (dastlabki moddalar xuddi gaz fazadagi kabi konsentratsiyada olingan bo‘lsa ham) amalga oshadi. Ba‘zan ionlardan tuzilgan moddalar orasidagi reaksiyalar faqat polyar erituvchilarda boradi.
Ba‘zi hollarda reaksiyaning erituvchidagi tezligi uning gaz fazadagi tezligidan kichik bo‘ladi. Reaksiya tezligining erituvchilarda kamayish sababi aktiv zarrachalarning erituvchi molekulalari bilan to‘qnashib, o‘z aktivligini yuqotishidir.
Turli erituvchilarning reaksiya tezligiga ta‘sirini N.A.Menshutkin trietilamin va etiliodid orasida boradigan quyidagi:

Reaksiya misolida mufassil tekshirdi. Bu reaksiyaning tezlik konstantasi erituvchining tabiatiga bog‘liq ekanligi aniqlandi; geksan kabi inert erituvchilarda konstanta eng kichik qiymatga ega bo‘ladi, erituvchining dielektrik konstantasi ortish bilan yuqoridagi reaksiyaning tezlik konstantasi ortib boradi. Masalan, bu reaksiyada (dielektrik konstanta 21,45 bo‘lgan) atsetonning tezlik konstantasi (dielektrik konstantasi 1,89 bo‘lgan) geksanning tezlik konstantasidan qariyib 350 marta ortiq.
Oddiy ionlar orasidagi reaksiyalarning aktivlanish energiyasi kichik bo‘lganligi uchun ular suvdgi eritmalarda juda tez boradi. Murakkab (masalan, kompleks) ionlar orasidagi reaksiyalarning aktivlanish energiyalari ancha katta bo‘lganligi uchun ular suvdagi eritmalarda (va boshqa erituvchilarda) u qadar tez ketmaydi. Bunday reaksiyalarning tezligi eritmaga indeferent elektrolitlar qo‘shish bilan o‘zgara oladi; bu hodisa birlamchi tuz effekti nomi bilan yuritiladi. “O‘tar holat” nazariyasiga muvofiq reaksiyasining tezlik konstantasi bilan eritmadagi “ion kuchi” orasida quyidagi tenglama mavjud:

Z1 va Z2- A va B ionlarining zaryadlari, -eritmaning ion kuchi k0-eritma cheksiz suyultirilgan holda reaksiyaning tezlik konstantasi, agar Z1 va Z2 ning ishoralari bir xil bo‘lsa oshgan sari reaksiya tezligi ortadi; agar Z1 va Z2 boshqa-boshqa ishoraga ega bo‘lsa, ortishi bilan reaksiya tezligi kamayadi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling