1. Relikt areallar Vikar turlar va tur doirasidagi birliklar


Download 20.09 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi20.09 Kb.
#1245814
  1   2
Bog'liq
Relikt areallar. Vikar turlar va tur doirasidagi birliklar.


Mavzu: Relikt areallar. Vikar turlar va tur doirasidagi birliklar. Floraning geografik elementlari xaqida tushuncha
Reja:
1. Relikt areallar
2. Vikar turlar va tur doirasidagi birliklar
3. Floraning geografik elementlari xaqida tushuncha
Flora va faunaning bitta geografik elementiga areallari o’xshash bo’lgan turlar kiradi. Masalan arkto-alpik turlar bir elementni, boreal- yevraziyadagii (Yevrosiyoni shimoliy tayga qismida kuzatiladigan) turlar ikkinchi elementni, Markaziy Osiyodagi turlar uchinchi elementni, kosmopolitik turlar to’rtinchi elementni tashkil qiladi va ќokazo. U yoki bu territoriyani fauna va filorasidan tarkib topgan elementlarni bilish, turli xil elementga kiradigan turlar o’rtasidagi nisbatni bilish u yoki bu elementlarni roliga to’g’riroq baќo berish va o’sha fauna yoki filorani kelib chiqishini yaxshiroq izoxlashga imkon beradi. Relikt organizimlar (fauna va floralar) areali. Ќozirgi geografik sharoitga xos bo’lmagan turlar reliktlar deb ataladi. Tur o’z arealining ќamma joyida relikt bo’lishi mumkin. Bu ќolatdan bunday tur endemik ќam bo’lishi mumkin. Ammo boshqa ќolatda tur o’z arealining ko’p qismlarida relikt ќisoblanmaydi, ammo asosiy arealdan uzilgan ba’zi bir uchaskalarda rechikt ќisoblanadi.
Masalan sfagnali moxlar (sfagnovыye moxi ) o’rtacha poyasning o’rmonlari oblastida relikt ќisoblanmaydi ammo sfagn moќlarini o’z arealidan uzilgan ќolda.
Dasht zonasida joylashganlari relikt ќisoblanadi. Chalasaќro va saќrolarda tushganchik - yemuranchikni (qo’yonlarni bir turi) yaxlit areali realikt ќisoblanmaydi, ammo Dneprni qo’yi qismidagi Alesh qumlarida bu tushkanchiklarni joylanishi relekt ќisoblanadi.
Reliktlar turli xil sabablar bilan ќosil bo’ladi va kelib chiqish jixatdan uch xilga: goyemorfologik, formasion va iqlimiy reliklarga bo’linadi.
Geomoforologik rileklarga okean va quruqlikni ќozirgisiga qaraganda boshqa xilda taqsimlanganligidan va relyefni boshqa xususiyatlariga ega ekanligidan dalolat beruvchi turlar kiradi. Bunday rilektlarga Baykal ko’lida yashaydigan o’simlik va ќayvonlarni ko’p xili (ya’ni baykal tyuleni, baliqlari, gubkalar, rakshakllilar va suvo’tlar misol bo’ladi. Afrikadagi Tanganika ko’lida va Orol - Kaspiy o’lkasida ќam geomorgolofiya rileklar bor.
Formasion rilektlar, qadimgi biosenozlarni qoldiqlari ќisoblanadi. Bunday rilektga butun Tibetni sharqiy chekkasida, tog’li pixta o’rmonlari ostida, o’sadigan bambuklar misol bo’laoladi. Ular bu yerda o’tmishda subtropik va ќatto tropik o’simliklar formasiyalari tarqalganligidan farq beradi.
Iqlimiy rilektlar, rilektlarini eng keng tarqalgan guruppasini tashkil qiladi. Ular boshqacha iqlim xususiyatlari sharoitida yashangan organizimlarni qoldiqlaridir. Iqlimiy rlektlarni yoshi ќar xil bo’ladi. Masalan mezazoy yoshidagi reliktlarga latimeriya balig’i, Yangi Zelandiyada yashaydigan sudraluvchi gatteriya, ochiq urug’li ginko o’simligi misol bo’la oladi. Areal doirasida turlarni notekis tarqalganligi ba’zi bir ќasharotlarni zarar yetkazish darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.
Quruqlik faunasi va florasini kelib chiqish nazariyasi. Turlar ko’pligi markazi va xilma- xilligi markazi, turning xosil bo’lishi markazi.
Areal doirasining ќamma joyida ќayot uchun sharoit bir xil bo’lmaganligidan, arealni chekkalarida turlarni zichligi uning markazi nisbattan kichikroqdir. Shunday qilib areal doirasida turlar ko’pligi markazi ajratish mumkin. Ko’plik markazi deb, arealni ќozirgi vaqtda turlar miqdori ko’p bo’lgan qismiga aytiladi.
Ko’plik markazidan tashqari, arealda turlar formasini xilma-xillik markazi ќam kuzatiladi. Turlar formalari xilma-xilligi markazida ma’lum turning xilma-xil shakllari ko’p miqdorda uchraydi. Yer sharida turlar zich joylashgan oblastlarda yangi turlar ќosil bo’lishi prosessi intinsiv bo’ladi. Turlar siyrak joylashgan oblastlarda ega yangi turlarni ќosil bo’lish prosessi sekin bo’ladi. Fransiyada turlar zichligi 0,018, Avstraliyada 0,004, Tayvantda 0,28, Kap yarim orolida (Afrikada) 12,5 tashkil qilgan. Umuman Yer sharida yashaydigan turlarni ko’pchilik qismini kelib chiqqan markazlarini ajratish mumkin. o’tmishda iqlim sharoiti keskin o’zgargan rayonlar, tog’ ќosil bo’lish rayonlari va materikdan ajralgan bo’lgan orollarda o’tmish davrida turlarni ќosil bo’lishi prosessi intensiv bo’lgan oblastlar bo’lib ќisoblanadi va ќozirgi vaqtda ќam shundaydir.
Fauna tarkibidagi turlar o’zi yashayotgan hududning hozirgi ekologik sharoitlariga moslashganligi va mazkur fauna tarkibiga nisbatan qo’shilganligi va mazkur fauna tarkibiga qo’shilgan davriga ko’ra bir necha kategoriyaga bo’linadi.
Progressiv
Konservativ
Relikt
Progressiv turlar uchun hozirgi muhit sharoiti juda qulay hisoblanadi. Bu turlarning soni ham ko’p, tarqalish areali esa muntazam ravishda kengayib boradi. Progressiv turlarga progressiv endemiklar kiradi. Ular hali o’zlari egallab turgan arealdan tashqariga chiqa olmaganlar, bunga imkoniyat ham yo’q. Qanotsiz Alp bargxo’r qo’ng’izlari Oreomela urug’iga mansub ko’pchilik turlar – O’rta Osiyoning tog’li zonalarda shakllangan va shu hududga moslashgan. Tog’ cho’qqilari va boshqa to’siqlar mazkur hasharotlarni bir-biri bilan aloqasini cheklab qo’ygan. Natijada har bir ch’oqqi o’zining endemiklariga ega bo’lgan. Progressiv turlar bir tomondan alloxton turlar ham hisoblanadi. Alloxton tur sifatida ularning arealga boshqa joydan kelib qo’shilgan, hozirda areali kengayib borayotgan qush hisoblanadi. Masalan: rusak tovushqoni – MDH ning Yevropa qismida Afg’on maynasi – O’rta Osiyoda, kanareykasimon vyurokning G’arbiy Yevropada tarqalib borayotganligi.
Konservativ turlar istalgan bir faunaning tarkibidagi turlarning ko’pchiligini tashkil qiladi. Ular qirilib yo’q bo’lib ham ketmaydi, areali ham toraymaydi. Arealni kengayib ketishi ham kuzatilmaydi. Populyatsiya miqdori o’rtacha bo’ladi, asosiy biotsenozlarning asosiy komponenti bo’lib, turli yashash joyiga ega. Hozirgi vaqtda bu turlar muvaffaqiyatli ravishda ko’paymoqda.
Reliktlar – ravnaq topgan, endilikda esa areali torayib borayotgan turlar hisoblanadi. Hozirgi ekologik shart-sharoitlar reliktlarni ehtiyojiga mos kelmaydi. Reliktlar soni kam qolgan. Relikt hayvonlar absolyut yoshiga ko’ra eng qadimgi (Gatteriya) va yosh (muzlik davri reliktlari – Markaziy Yevropa belyak tovushqoni) reliktlarga bo’linadi.
Vikarlanuvchi turlar (lot. Vikarius — oʻrin almashinuvchi) — geografik va ekologik jihatdan birbirining oʻrnini egallay oladigan yaqin qarindosh turlar. Mac, tilogʻochlar urugʻi areali V.t.: Sibir tilogʻochi (Rossiyaning Yevropa qismi, Gʻarbiy Sibir), daur tilogʻochi (Sharqiy Sibir), Amerika tilogʻochi (Shim. Amerika) turlarining uzluksiz qatoridan iborat. Alp togʻlarida rododendron arealida uning V.t. qattiqbargli rododendron (ohakli tuproqlarda), javdar rododendroni (silikatli tuproqlarda), Yevrosiyoda paxmoq oyoq (qumda) kichik rododendron (soz tuproqlarda) hisoblanadi.
V.t. tushunchasi taksonomik jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan, lekin konvergent oʻxshash, muayyan hayotiy formalarga mansub boʻlgan, biotsenozlarga oʻxshash ekologik muhitni egallagan turlar, mas., koʻrsichqon (Yevropa), tillakoʻrsichqon (Afrika) va xaltali koʻrsichqonga (Avstraliya) nisbatan ham qoʻllaniladi.
Turlarning tarqalish va kelib chiqish markazlari
Juda ko’p turlarning bir hududda tarqalishi – tur xilma-xilligi o’chog’i yoki turlarning tarqalish markazi deb ataladi. Janubiy Palearktikada tarqalgan bargxo’r qo’ng’izlar Theliterotarsus urug’i o’z areali chegarasida 60 ga yaqin turni birlashtiradi. Ularning ko’pchiligi – 32 turi O’rta Osiyo va Qozog’istonnung tog’oldi va pasttog’li hududlarida tarqalgan. Shrqda esa urug’ areali G’arbiy Mongoliyagacha yetib boradi (7 tur), Turkmanistonda 4 tur, Afg’onistonda 2 tur, Eronda 5 tur, Sharqiy Kavkazda 1 turdan iborat. G’arbdagi chegara Shimoliy-G’arbiy Afrikagacha yetib borgan; Yaqin Sharqda 3 tur, Saudiya Arabistonida 1 tur, Misrda – 2 tur, Tunis, Marokash, Jazoirda 5-6 tur tarqalgan.
Tur tarqalish o’chog’i 2 tipda bo’ladi.
Bir-biriga o’xshash turlar soni ko’p bo’lgan o’choq. Masalan - Cryptosephalus
Ko’p sonli turli-tuman turlarning tarqalish o’chog’i
Tur xilma-xillik o’chogi urug’ning birlamchi arealiga to’gri kelmaydi. Chunki tur o’zining birlamchi hosil bo’lish o’chog’idan chiqib, yangi hududlarni egallashi mumkin. Natijda shu hudud tur xilma-xillik markazi – ikikilamchi markazga aylanadi. Istalgan sistematik birlikning areali o’z tarixi davomida kengayishi va torayishi mumkin.
Agar turning qirilib ketishi yoki arealning torayishi areal periferiyasida emas, balki uning ichida b’olsa, dizyunktiv uzuq-yuluq areallar paydo bo’ladi. Mastodontlar uchlamchi davrda Afrikada paydo bo’lgan. Miotsen davrida ular Eski Dunyo hududi bo’ylab tarqalgan va shimoliy-sharqda Amerikaga o’tib olganlar. Keyingi davrlarda dastlab Evrosiyo, so’ngra Amerikada qirilib ketgan. Bu hodisa almashinish sikliga misoldir. Chunki areal bo’ylab keng tarqalayotgan tur oldida turli to’siqlar paydo bo’ladi. Shu to’siq orqasida mustaqil sikl boshlanishi mumkin. Masalan – populyatsiyaning bir qismi tasodifan suv orqali quruqlikka borib qolishi mumkin.
Otlar oilasi vakillarining tarqalish sikli yaxshi o’rganilgan. Otlarning qadimgi ajdodlari dastlab uchlamchi davr boshlarida Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan va Yevrosiyo bo’ylab tarqala boshlagan. Uchlamchi davr oxirlariga kelib, otlar Afrika va Janubiy Amerikaga ham tarqalgan, lekin uchlamchi davr mobaynida Shimoliy Amerika otlar oilasining evolyutsiyasi va tarqalish markazi bo’lib qolgan. Boshqa qit’alardagi otlarning qadimgi vakillari qirilib borgan, ammo yuqori darajada ixtisoslashgan vakillari saqlanib takomillashib borgan.
Otlarning hozirgi yagona urug’i Shimoliy Amerikadan kelib chiqib, Yevrosiyo va Afrika, Janubiy Amerikagacha tarqalgan. To’rtlamchi davr boshlarida Shimoliy va Janubiy Amerikada otlar qirilib ketgan. Bu hududlardagi hozirgi ot zotlari esa tarixiy davrlarda Yevropadan insonlar olib borgan xonakilashtirilgan otlar hisoblanadi. Shunga o’xshash misol toshbaqalardir. Toshbaqalar dastlab uchlamchi davrda Tropik Osiyoda paydo bo’lgan, keyinchalik ular shimoliy yarimsharning mo’tadil zonasi orqali Janubiy Amerikaga o’tgan. Ko’rib o’tilgan misollar timsohlarga ham taalluqlidir. Chumchuqsimon qushlar Eski Dunyodan kelib chiqqan bo’lib, uchlamchi davrda juda ko’p formalar hosil qilgan. Bu qushlarning alohida guruhlari Shimoliy Amerikada ham xilma-xil formalarini kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Paleontologik materiallarning yetishmasligi yoki topilmasligi ko’pchilik quruqlik hayvonlarining tarqalish yo’li va evolyutsiya tezligini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi. Hayvonlarning tarqalishi – bu turlar o’rtasidagi raqobatdir. Raqobatbardosh turlar esa – dominant turlardir.
Flora (yangi lot. fl ora, lot. Flora — gullar va bahor xudosi; lot. fl os — urug, fl oris — gul) — oʻsimliklarning muayyan hududda tarixan tarkib topgan taksonlari majmui. F. muayyan geografik joyga taalluqli boʻlib, uning hozirgi tabiiy sharoiti, oʻtmishi bilan bogʻliq va u yer yuzidagi boshqa F. bilan ozmikoʻpmi munosabatda boʻladi. Bu jihatdan F. muayyan hududdagi oʻsimliklar jamoasidan (oʻsimliklar qoplamidan) farq qiladi. "F." tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklar taksonlarini oʻz ichiga oladi. Tuban va boshqa yuksak oʻsimlik turlari majmui, odatda, maʼlum sistematik birliklar bilan belgilanadi (mas, "sporali oʻsimliklar F.si", "suvoʻtlar F.si" va boshqalar). Florasi oʻrganilayotgan material qajmi maʼlum darajada ixtiyoriy boʻlib, tanlangan joyga bogʻliq (mas, Oʻzbekiston F.si, Kavkaz F.si, Zarafshon F.si va h.k.). Har bir F.ni bilish uning tur, turkum oila va boshqalarni aniklashga, yaʼni F. inventarizatsiyasiga asoslangan. Inventarizatsiyaning barcha turlari maʼlum belgilariga koʻra F. elementlariga ajratiladi. Jumladan, geografik elementlar oʻzining geografik tarqalishiga koʻra oʻxshash, genetik elementlar esa geofafik kelib chikishi va joylashish tarixiga koʻra yaqin turlarni birlashtiradi. F. yoshini tahlil kilish uning progressiv (kelib chiqish, joylashish vaqtiga binoan yoshi), konservativ va relikt elementlarni aniklashga imkon beradi. Har qaysi F.ning muhim belgisi uning sistematik strukturasi, yaʼni F. tarkibida turli sistematik guruxdarning birlashishidan iborat.
Biror hududdagi oʻsimliklar sistematik tarkibini yorituvchi yirik asarlar ham, odatda, "F." deb nomlanadi. Koʻpincha F.ga mazkur xududda keng tarqalgan madaniy oʻsimliklar ham kiritiladi, lekin botanika bogʻlari, oranjereyalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar kiritilmaydi. Oʻsimliklar tushunchasi oʻrniga F. tushunchasining ishlatilishi notoʻgʻri.

Download 20.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling