1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari


Download 236.62 Kb.
bet1/10
Sana02.10.2023
Hajmi236.62 Kb.
#1690593
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari


Mavzu 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari
Reja:

1.Areal haqida tushuncha

2.Areallarni kartalashtirish uslublari

3. Areal ko‘lami, shakli va ularni belgilovchi asosiy omillar

4. Arealda hayvonlarning tarqalishi. Tur arealini o‘rganishning ahamiyati




Tayanch so‘zlar: Areal, nuqtali va kontur areal, relikt, endemizm, foreziya, areal turlari.

Areal haqida tushuncha. Areal lotincha area-so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida maydon, makon ma’nosiga ega. Yer yuzasida qandaydir hodisa, o‘simlik yoki hayvonlar turlari, foydali qazilmalar va shu kabilarning tarqalish hududiga areal deyiladi.
Geografik xaritalarda areallar turli rasmlar, ranglar, chiziqlar, shtrixlar orqali va boshqa belgilar bilan ifodalanadi va bir-biridan chegaralanadi.
Zoogeografiyada tadqiqot yo‘nalishlari turli-tuman bo‘lib, bu yo‘nalishlarning asosiylaridan biri-arealografiyadir. Arealografiya-areal tiplari, ularning tarkibi, kelib chiqishi haqidagi ta’limotdir.
Areal tushunchasi zoogeografiyada keng qo‘llaniladi. Zoogeografiyada areal deb - yer yuzasining muayyan tur yoki har kanday sistematik birlikka mansub hayvonlar bilan egallangan qismiga aytiladi. Bunday sistematik birliklar avlod, oila, turkum, sinf va boshqalar bo‘lishi mumkin. Areal tushunchasi zoogeografiyada qo‘llanilganda ko‘pincha tur areali nazarda tutiladi. Chunki tur-tirik organizmlarning asosiy birligi va dastlabki sistematik kategoriyasidir. Shuni ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda kenja turlarning areallarini o‘rganish fanda qimmatli sanaladi va muhim xulosalar chiqarish uchun asos bo‘la oladi.
Yer yuzasida mavjud bo‘lgan barcha organizmlarning areallarini o‘rganish amaliy jihatdan mumkin emas. Bu juda katta kuch va izlanish talab etadi. Shunday bo‘lishiga karamasdan inson hayotida nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turlarning areallarini o‘rganish juda zarur. Shu asosda u yoki bu turning kelajagi, ahamiyati haqida ayrim xulosalar chiqarish imkoniyatlari yaratiladi.
Turlarni iqlimlashtirish va qayta iqlimlashtirish, ularning son dinamikasini o‘zgarishini aniqlash, areallarning qisqarishi yoki kengayishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda areallar ustida o‘tkaziladigan tadqiqotlar juda muhim va zarurdir.
Areallar turlarning yer yuzasida tarqalish hududlarini belgilaydi. Bunda muayyan tur areali turli shartli belgilar bilan chegaralanib qolmasdan, balki turning tarqalishini cheklovchi omillar ham aniqlanadi.
Areallar xaritalarda turlicha ifolalanadi va chegaralanadi. Ammo bunda o‘rganilayotgan tur areal chegarasida bir tekis taqsimlangan degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Haqiqatda har qanday tur o‘zining yashashi uchun qulay bo‘lgan arealning faqat ma’lum qismlarinigina egallaydi. Jumladan, kichik yumronqoziq Dneprdan boshlab Oltoy tog‘ oldi hududigacha tarqalgan. Mazkur hudud uning tarqalish hududi yoki areali hisoblanadi. Ammo kichik yumronqoziq o‘z areali doirasidagi aholi punktlarida va o‘rmonlarda yashamaydi. Kichik yumronqoziqning o‘z areali doirasida yashaydigan joylari uning yashashini ta’minlaydigan qulayliklarga ega bo‘ladi. Arealning bunday qismlariga - yashash joylari deyiladi.
Tur areali kenja turlarning areallari yig‘indisidan, avlod areali turlarning, oila areallari esa avlodlarning areallari yig‘indisidan tashkil topadi. Xuddi shunday usulda turkum, sinf, tip areallarini ham aniqlash mumkin.
O‘troq yashovchi turlarning areallarini aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. O‘zining yashash joyini yil fasllariga qarab o‘zgartirib turadigan turlarda arealarni aniqlashning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Bunday migratsiya qiluvchi yoki ko‘chib yuruvchi turlarning areallarini aniqlash bo‘yicha ikki xil qarash mavjud. Ularning birinchisiga ko‘ra, turning yashash xududi va “kezib” yuradigan hududini farqlay olish lozim. Turning uzoq muddat davomida ko‘payadigan va o‘z populyatsiyasining zichligini saqlab kelayotgan xududi uning yashash xududi ya’ni areali hisoblanadi. Tur o‘zining “kezib” yuradigan xududida esa ma’lum muddatda uchrab turadi, ammo ko‘payishda ishtirok etmaydi. Jumladan, qushlarning qishlash joylarini, qo‘lqanotlilarning oziqlanish joylarini o‘zgartirib turishi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Ikkinchi qarash bo‘yicha, turlarning ko‘payish va qishlash hududlari yagona murakkab areal hisoblanadi.
D. V. Panfilov (1960) fikricha, tur vakillarning hayot sikllari kechadigan makon tur areali hisoblanadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, o‘tkinchi qushlarning ko‘payish hamda qishlash hududlari, xuddi shunday baliqlarning ko‘payish, qishlash hududlari va boshqa migratsiya qiluvchi hayvonlarning tur vakillari uchraydigan joylar ularning areallari hisoblanadi, chunki bunday turlarning mazkur hududlar (areal qismlari) da bo‘lishi zarur va shartdir. Bu xususiyat uzoq yillar davomida evolyutsion jihatdan shakllangan bo‘lib, hayot siklining ajralmas moslanishi bo‘lib hisoblanadi (5-rasm) .
Tur areali - zoogeografik tuzilishning asosini tashkil etadi. Uni xaritada ifodalash mumkin. Areallarni xaritada ifodalash usullari odatda tur, avlod yoki boshqa taksonomik birliklarning tarqalgan hududi to‘liq yoki uzuk-uzuk chiziqlar, nuqtalar, bo‘yash va boshqa shartli belgilar orqali amalga oshiriladi.(1-rasm)





Olato‘g‘anoqning murakkab areali. Bo‘yalgan joylar qishlash areali; bo‘yalmagan joylar uya qurish areali; strelka bilan migratsiya yo‘nalishi ko‘rsatilgan

Download 236.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling