1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari


Download 236.62 Kb.
bet2/10
Sana02.10.2023
Hajmi236.62 Kb.
#1690593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari

Areal to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumot olish uchun uni xaritada ifodalash muhim o‘rin egallaydi. Bunda bir taksonomik birlikni boshqasi bilan solishtirib ko‘rish imkoni yaratiladi. Qoida bo‘yicha kenja turlarning areallari alohida xaritalashtirilmaydi. Kenja turlarning tarqalish hududlari o‘zaro birlashtirilgan holda umumiy tur tarqalgan areal xaritasida ifodalanadi.

Agar bitta xaritada bir necha turlarning areallarini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, bunda har bir tur alohida shartli belgilar (nuqtalar, uchburchaklar, aylanalar va boshqalar) bilan belgilanadi. Bunda o‘rganilayotgan turning boshqa turlar bilan o‘zaro qanday biotik munosabatda bo‘lishi, muayyan yashash muhitida turlarni birga jamoa holida uchrashini ta’minlovchi ekologik omillar, mazkur jamoada qaysi turlarning zich va siyrak joylashganligi hamda uning sabablari xususida xulosalar chiqarish imkoni yaratiladi.

Areallarni kartalashtirish uslublari


Areallarni kartalashtirishning bir necha uslublari mavjud.
1.Nuqtalar orqali kartalashtirish uslubi. Bu uslub asosiy uslublardan biri hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda turning uchragan har bir joyi yozuvsiz (kontur) xaritaga nuqtalar yoki kichik aylanalar bilan tushiriladi. Bu uslubning afzalligi shundaki, turning tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam bo‘lganda yoki u fakat bir joydagina uchratilganda, aynan mazkur uslubdan foydalaniladi.
Nuqtalar orqali xaritalashtirishda olingan natijalarning aniqlik darajasi mavjud materiallarning miqdoriga va xaritaning masshtabiga bog‘liq.
Shuni unutmaslik kerakki, xaritaga turning alohida vakillarini birma-bir tushirish yaramaydi. Turga mansub vakillar qancha uchrashidan qat’i nazar o‘sha joy mazkur hududda yagona belgi orqali belgilanadi ya’ni xaritalashtirish faqat arealning geografik tabiatini ifodalaydi. Agar yaxshi tanish bo‘lgan tur areali xaritalashtirilganda, mazkur tur uchratilgan hamma joyni xaritada tasvirlash shart emas. Agar turning muayyan arealda tarqalishi tekis bo‘lsa, ya’ni hududda yoppasiga tarqalgan bo‘lsa, u vaqtda tur egallagan barcha joy bo‘yaladi yoki shtrix chiziqlar chiziladi (2-rasm).

2- rasm. Xo‘jasavdogarning areali nuqtali uslub orqali ifodalangan
2.Kontur uslubi. Bu uslub areallarni o‘zaro solishtirishda nisbatan ko‘rgazmali va qulay hisoblanadi. Mazkur uslub yordamida areallarning chegaralari aniqlanadi. Bunda eng chekkadagi, ya’ni arealning chegarasida joylashgan nuqtalar butun uzluksiz chiziq orkali o‘zaro tutashtiriladi va uning tasviri yopiq shaklni egallaydi (3-rasm).
. 3-rasm. Xo‘jasavdogarning areali kontur uslub orqali ifodalangan

Areal chegarasi nisbatan aniq bo‘lishi uchun nuqtali va kontur uslublari birga amalga oshiriladi. Bunday usul nisbatan mukammaldir.
3.Tursimon uslub. Bu uslub keyingi yillarda ko‘pgina davlatlarda qo‘llanilmoqda. Bunda o‘rganilayotgan hudud xaritada kataklarga bo‘linadi. Biz o‘rganayotgan tur qaysi katakda uchrasa, mazkur katak bo‘yaladi. Bu uslub yaxshi o‘rganilgan hududlar uchun yaroqlidir. Ammo u boshqa uslublarga nisbatan mukammal emas.



Download 236.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling