1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari


Areal tiplari va ularning xususiyatlari


Download 236.62 Kb.
bet5/10
Sana02.10.2023
Hajmi236.62 Kb.
#1690593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari

Areal tiplari va ularning xususiyatlari


Areallarni turli tiplarga ajratishda qator ko‘rsatkichlarga, jumladan arealning kattaligiga, umumiy tuzilishiga e’tibor beriladi. Odatda areallar quyidagi tiplarga ajratiladi:
1.Yaxlit areallar - bunday areallarni hosil qilgan turlar areal maydonining hamma qismida tarqalgan bo‘ladi va o‘zaro bir-biriga juda bog‘liq bo‘lishadi.
2.Dog‘li areallar - bunday areallarda uchrovchi turlar areal doirasida alohida-alohida guruxlar hosil qilib joylashadi. Bunday guruhlar arealda go‘yoki dog‘lar shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘lishadi va ular o‘zaro bir-birlari bilan kuchli bog‘lanmaydilar.
3. Uzilgan areallar-bunda tur tarqalgan hudud ikki va undan ortiq qismlarga bo‘linib ketadi. Uzilgan areallarda populyatsiyalar orasidagi aloqalar uzilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘k zag‘izg‘on Pireney yarim orolida va Uzoq Sharqda yashaydi. Arealning uzilishi yer yuzasining turli o‘zgarishlari tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Bunda tur tarqalgan sobiq areal bo‘lishi natijasida ular o‘zaro bir-birlari bilan aloqa qila olmaydilar. Masalan, tog‘lik hududlardagi tektonik harakatlar natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ayniqsa sut emizuvchilar areallarining uzilishiga sabab bo‘ladi.
Gondvana, Lemur, Pangeya va boshqa qadimiy quruqlik massivlarining mavjud bo‘lganligi haqidagi gipotezalar areallar uzilishini tushuntirishda yaqqol misol bo‘la oladi. Bu gipotezaga asosan, hozirda o‘xshash turlar yashayotgan ikki va undan ortiq materiklar bir paytlar o‘zaro tutash bo‘lishgan. Jumladan, gipotezalarga asosan Gondvana Yerning janubiy yarim sharida mavjud bo‘lgan materikdir. U paleozoy va qisman mezazoy erasida mavjud bo‘lgan. Uning tarkibiga Janubiy Amerika, Afrika, Madagaskar, Arabiston, Hindiston, Avstraliya va qisman Antarktida kirgan. Bunday ulkan materikning mavjudligi va keyinchalik uning bo‘laklanib ketishini tuyaqushlarning uchta materikda tarqalishi (Amerika, Afrika, Avstraliya) va xaltalilarning Avstraliya va Janubiy Amerikada tarqalishi bilan tushuntirish mumkin. Hayvonot olamining ayni vaqtda Yer yuzasida tarqalishidagi boshqa qator xususiyatlar ham buni tasdiqlaydi.
Uzilgan areallarning hosil bo‘lishiga turning bir vaqtda qandaydir to‘siqlarni yengib o‘tishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunda tur yangi hududga joylashib oladi. Bunday to‘siqlarni ishg‘ol qilish albatta katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday hollar ko‘pgincha inson yordamida, uning turlarni bir hududdan ikkinchisiga o‘tkazishi natijasida sodir bo‘ladi va natijada uzilgan areallar shakllanadi. Masalan, Avstraliyaga inson tomonidan yevropa quyonlarining keltirilishi tufayli quyonning uzilgan areali shakllanadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, mazkur tur Avstraliyada juda tez ko‘payib ko‘pchilik hollarda uning qishloq xo‘jaligi va tabiiy komplekslariga jiddiy zarar yetkaegan. Bunday hollarni iqlimlashtirilgan turlar misolida yana ko‘plab uchratish mumkin.
Inson turlarni ongli yoki ongsiz ravishda bir hududdan ikkinchisiga o‘tkazishi tufayli avval yaxlit bo‘lgan arealni uzilgan holga keltirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi hollarda ayrim turlar inson ishtirokisiz ham arealini kengaytirishi yoki uzilgan areallarni hosil qilishi mumkin. Ayniqsa, nodavriy ravishda yoppasiga ko‘chuvchi turlar o‘z areallarini kengaytirshi yoki yangi yashash muhitlarini o‘zlashtirishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar noqulay abiotik omillar, oziqa bazasining yomonlashuvi, tur jamoasida zichlikning oshishi va boshqalar tufayli sodir bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik turlar uchun davriy, har yili sodir bo‘lib turadigan migratsiya xarakterlidir. Migratsiya ham o‘z navbatida tur arealida qator o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yaxlit areal tipining quyidagi turlari farq qilinadi:

Download 236.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling