1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari


Sirkumpolyar areallar-yuqori


Download 236.62 Kb.
bet6/10
Sana02.10.2023
Hajmi236.62 Kb.
#1690593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari

1. Sirkumpolyar areallar-yuqori kengliklarda uchraydi. Ularni globusda xaritalashtirilsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday areallar qutb hayvonlari uchun xosdir. Jumladan, oq ayiq, shimol bug‘usi, arktika qushlari shunday areallarni hosil qiladi. Mazkur areallarda muhit sharoitlarining o‘xshashligi kuzatiladi. Bu xildagi areallar asosan Arktika hayvonlariga xos.
2. Sirkumboreal areallar-shimoliy yarim sharning janubiy qismida shakllanadi. Bu xildagi areallar taygada yashovchi los, rosomaxa, lochinsimon yapaloqqushlarga xosdir. Sirkumboreal areallarni tropik guruhga mansub hayvonlar (tropikopolit) ham hosil qilishadi.
Dunyo okeanida yashovchi hayvonlar uchun ham bu xildagi areallar xarakterlidir. Quruqlikda sirkumboreal areallar yuqori sistematik taksonlar (oilalar, turkumlar) uchun xos bo‘lib, to‘tiqushlar areali bunga tipik misol bo‘ladi.
3. Lentasimon yoki chiziqli areallar-ekologik omillar tufayli arealning cho‘zilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu xildagi areallar suv va suv oldi hayvonlari uchun xosdir. Jumladan, chuchuk suv baliqlarining areallari bunga yaqqol misol bo‘lali. Amudaryo va Sirdaryoda yashaydigan osyotrsimonlarga mansub soxta kurak burun baliqlar areallari ham cho‘zilgan areallarga misol bo‘la oladi.
4. Hamkor yoki qo‘shilgan areallar-bunday areallarning tuzilishi boshqa turning arealini chegarasi bilan aniqlanadi. Bunday xususiyat turlarning orasida qandaydir ekologik munosabat mavjudligidandir. Ayniqsa turlar orasidagi oziqa bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar bunday tipdagi areallarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Mazkur tipdaga areallar yirtqich va o‘lja, xo‘jayin va parazit tipidagi munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Xuddi shunday xo‘jayin va u bilan birga yashovchilar, fitofag va ularning oziqasi bo‘lib xizmat qiluvchi o‘simliklar orasida ham bu xildagi areallarni kuzatish mumkin. Jumladan, yo‘lbars yovvoyi cho‘chqa bilan, kunitsa olmaxon bilan, sobol burunduk bilan yirtqich-o‘lja tipida, oleandr kapalagi oleandr o‘simligi bilan, afrika palma burguti palma bilan, kedrovka qushi kedr daraxti bilan fitofag-o‘simlik tipida munosabatda bo‘lishadi. Boshqa qator shu kabi munosabatlar ham mazkur tipdagi areallar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Parazit-xo‘jayin tipidagi munosabatni olaylik. Parazit aynan bir turda yashashga moslashgan bo‘lsa, bunda mazkur parazitning areali uni tashuvchi xo‘jayin areali bilan bir xil chegarani egallaydi. Jumladan, beegak paraziti, qoramollarning gelmintlari, se-se pashshasi, parazit kanalar va boshqalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Monofaglar ular uchun oziqa bo‘lib xizmat qiluvchi o‘simliklar o‘sadigan joylarda uchraydi. Ammo monofagning areali uning oziqasi bo‘lib xizmat qiluvchi o‘simlikning arealidan kichik bo‘ladi, chunki hayvonning tarqalishida yagona faktor ya’ni oziqa hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, bunda boshqa faktorlar ham (harorat, boshpana, turli biotik munosabatlar va boshqalar) muhim o‘rin egallaydi.
Yukorida ko‘rib o‘tilgan barcha areal tiplari ekologik sharoitlarning turlar tarqalishida tutgan o‘rniga bog‘liqdir. Yaxlit areallar shakli yashash sharoitlarini bir xilligi, o‘xshash bo‘lishi bilan tushuntirilishi mumkin.
CH.Darvinning isbotlashicha, har bir tur yoki sistematik guruh umumiy bo‘lgan o‘zak turdan boshlanadi va bitta hududda paydo bo‘ladi. Bunga monofiletik kelib chiqish deyiladi. Shundan so‘ng tur populyatsiyasi ko‘shni hududlarga tarqaladi va uning areali kengayadi. Shunday qilib, yaxlit areal birlamchi areal sanaladi.
Uzilgan areallar ko‘plab uchraydi. Bir arealning bir necha qismlarga uzilish hodisasi - dizyunksiya deyiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tur areallariga nisbatan avlod va sinf areallari ko‘proq uzilgan bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda areallarning uzilishi sabablari aniqlanmagan. Bunday xususiyat garchi areallar orasida qulay sharoitlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ularning o‘zaro alohidalanishida yaqqol namoyon bo‘ladi va ko‘pincha har xil munozaralarga sabab bo‘ladi. Bunday areallarning mavjudligini isbotlash, uning tub mohiyatini tushuntirib berish zoogeografiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Hayvonlar o‘zlarining tarqalgan maydonlarini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Ayniqsa, serharakat hayvonlar (qushlar) turli tusiqlardan o‘ta olish kobiliyatiga ega. Shu sababli okeanlardagi orollarda qushlar, qulqanotlilar va hasharotlar hayvonlarning asosiy massasini tashkil etadi.
Xuddi shunga o‘xshash boshqa usullar bilan ham turli guruhlarga mansub hayvonlar o‘zlarining birlamchi areallarini o‘zgartirish qobiliyatlariga ega.
CH.Darvinning evolyutsion nazariyasiga binoan, har bir tur yer yuzasining muayyan bir qismida paydo bo‘ladi va uning birlamchi areali kichik yoki katta bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan u kengayadi. Bunday kengayish organizmlarning tarqalishi, yangi joylarda o‘rnashishi tufayli sodir bo‘ladi. O‘rnashish -hayvonlar turining egallagan maydoni chegarasidan tashqariga tarqalishidagi dinamik jarayondir (A.N.Tolmachev, 1974).
Areallar dinamikasi tushunchasi ostida nafaqat uning kengayishi, balki torayishi ma’nosi ham yotadi. Areal ichida tur vakillarining joyini o‘zgartirishini populyatsiya ekologiyasi o‘rganadi. Areallardagi o‘zgarishlar ularning chegaralarini ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Areallar chegrasidagi o‘zgarishlar juda uzoq yillarga to‘g‘ri keladi. Bu hol ularni kuzatishda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Ba’zan areallardagi o‘zgarishlar qisqa muddat ichida ham yuz berishi mumkin. Ayniqsa, inson tomonidan sodir qilinadigan kuchli o‘zgarishlar bunga sabab bo‘ladi.
Turlarning yangi hududlarni egallash qobiliyati ularning vagilligiga, tarkibiga, fiziologik, etologik, populyatsion va boshqa xususiyatlariga bog‘liq.
Muayyan bir joyda paydo bo‘lgan va yashayotgan tur, avlod avtoxton deb ataladi. Tur paydo bo‘lgan joy mazkur turning kelib chiqish markazi hisoblanadi. Avtoxton va endemik tushunchalari bir-biriga mos kelishi mumkin. Masalan, Kaspiy tyuleni -Kaspiyning endemigi va avtoxtonidir. Aksincha, faqat Janubiy Amerikada yashaydigan lamalar paleontologik ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Amerikada paydo bo‘lishgan va bu yerdan Janubiy Amerikaga o‘tishgan, o‘zining dastlab paydo bo‘lgan joyida esa qirilib ketishgan. Shunday ekan ular Shimoliy Amerikaning avtoxtonlari, Janubiy Amerikaning esa endemiklari hisoblanadi.
Muayyan joyda uzoq yillardan buyon yashayotgan turlar yoki boshqa hayvonlar guruhlari aborigen (mahalliy yashovchilar)lar deyiladi.



Download 236.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling