1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari


Mazkur mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga ega bo‘lish mumkin


Download 236.62 Kb.
bet8/10
Sana02.10.2023
Hajmi236.62 Kb.
#1690593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari

Mazkur mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga ega bo‘lish mumkin.
1. Areal tushunchasi - zoogeografiyada o‘rganilayotgan har qanday hudud va boshqa hududlar faunasini nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilishda markaziy o‘rinni egallaydi. Biotsenozning tur tarkibi va zichligi ta’riflanganda, undagi har bir turning egallagan maydoni, ya’ni arealini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Areal va unga xos bo‘lgan xususiyatlarni bilmasdan turib, tadqiqotchi o‘rganilayotgan hudud to‘grisida yetarli xulosaga ega bo‘la olmaydi. Areallarni o‘rganish orqali kelajakda muayyan turning sonini oshishi yoki kamayishi kabi muhim xulosalarga ega bo‘lish mumkin.
2. Turli zoogeografik hududlarda muayyan bir turning egallagan arealini ko‘lamiga qarab, qaysi hudud mazkur tur uchun nisbatan qulayligi yoki shu turni arealini kengaytirish uchun yoki qisqartirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozimligi kabi masalalar o‘z yechimini topishi mumkin.
3. Arealning ko‘lami turning qator ekologik xususiyatlari va u yashayotgan hududdagi turli-tuman omillar majmuasiga bog‘liq. Odatda endemik va relikt turlarning areallari ancha tor, evolyutsion jihatdan yosh bo‘lgan hamda sinantrop turlarning areallarini ko‘lami keng bo‘ladi. Inson o‘zining turli faoliyatlari orqali areallarga bevosita va bilvosita ta’sir qilib uning ko‘lamini o‘zgartiruvchi asosiy kuchga aylangan.
4. Areallarning shakli areal joylashgan tabiiy zonalarga (qutb, tundra, tayga, o‘rmon, tog‘, cho‘l va boshqalar) hamda uning kengayishini chegaralab turuvchi geografik hamda ekologik to‘siqlarga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, suv havzalarida yashovchi (dengiz, okean) turlarning areallari ancha keng va yaxlit bo‘lsa, daryolarda cho‘zilgan, tog‘larda uzilgan areallar uchrab turadi.
Hayvonlarning arealini xaritalashtirishning qanday usulidan foydalanishdan qatiy nazar, u hayvonning ekologik xususiyatlarini o‘rganishning eng ma’qul ko‘rinishidir. Tur tarqalgan areallar globus yoki xaritaga tushirilganda, nafaqat tur tarqalgan hudud, balki turga xos bo‘lgan yashash muhitlari, ulardagi yashash sharoitlari hamda qanday sharoitning tur uchun eng optimal darajada ekanligi to‘g‘risida xulosalarga ega bo‘lish mumkin. Agar o‘rganilayotgan tur noyob yoki iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lsa, mazkur turni iqlimlashtirish bilan bog‘liq ayrim muammolar o‘z yechimini topishi mumkin.
6. Qator yillar davomida bitta turning arealini o‘rganish va xaritalashtirish orqali tur arealining ko‘lamidagi o‘zgarishlar, tur uchun qulay kelgan yil mavsumlari, arealdagi zichlikning o‘zgarishi kabi ekologik ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. O‘rganilayotgan areal inson uchun zararli bo‘lgan turga (kalamushlar, kanalar, qoravoy, chigirtka va boshqalar) tegishli bo‘lsa, bu holda mazkur turning arealini qiskartirish, sonini boshqarish chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu esa iqtisodiy jihatdan juda samaralidir.Har bir hududning hayvonot dunyosini tur areallarini o‘rganish va uning tebranishi hamda uni keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlash juda muhimdir.
7. Hozirgacha inson tomonidan 120 tur va kenja turga mansub sut emizuvchilar, 136 tur va kenja turdagi qushlar yo‘k qilingan. Ularning ko‘pchiligi bevosita ov natijasida qirilgan bo‘lsa, ayrimlari esa insonning turli yo‘nalishdagi bilvosita faoliyatlari natijasida qirilib ketgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, imkon darajasida barcha turlarning areallarini hamda zichligini aniqlash, ularning areallarini kengayishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish juda zarur. Noyob va kam sonda uchrovchi turlarni maxsus muhofazalangan areallar doirasida ko‘paytirish, ularning areallarini kengaytirish uchun iqlimlashtirish yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biridir.

Download 236.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling