Areallarning ko‘lami va shakli 4- arealda hayvonlarning tarqalishi va tur arealini
Download 0.79 Mb.
|
areaologiya biogeografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Areal tiplari va ularga xos xususiyatlar
Mavzu:Areaologiya Tuzuvchi: Mamayoqubov Sherbek REJA: 1- Areal tiplari va ularga xos xususiyatlar 2- Areal xaritasini tuzish uslublari 3- Areallarning ko‘lami va shakli 4- Arealda hayvonlarning tarqalishi va tur arealini o‘rganishning ahamiyati 2 Areallami turli tiplarga ajratishda qator ko‘rsatkichlarga, jum ladan, arealning hajmi va umumiy tuzilishiga e’tibor qaratiladi. Odat da, areallar yaxlit, dog‘li va uzilgan areal tiplariga ajratiladi. Areal tiplari va ularga xos xususiyatlar . 1. Yaxlit areal 2. Dog‘li areallar. 3. Uzilgan areallar. 3 Bu kabi areallar yuqori kengliklarda uchraydi va globusda xaritalashtirilganda yaqqol ifodalanadi.Bunday areallar qutb hayvonlari uchun xos bo‘lib, oq ayiq, shimol bug‘usi, Arktika qushlari sirkumpolyar areallami hosil qiladi. Yaxlit areal tipining quyidagi turlari farq qilinadi: a), sirkumpolyar areallar. Bu kabi areallar yuqori kengliklarda uchraydi va globusda xaritalashtirilganda yaqqol ifodalanadi. b). sirkumboreal areallar.Bu turdagi areallar shimoliy yarim sharning janubiy qismida shakllanadi va taygada yashovchi los, rosomaxa hamda lochinsimon yapaloqqushlarga xosdir. d). lentasimon yoki cho ‘ziq areallar. Bu xildagi areallar ekologik omillar tufayli arealning cho‘zilishi natijasida paydo bo‘ladi. ). hamkor yoki qo'shilgan areallar. Bunday areallar ikki va undan ortiq turlaming o‘zaro biotik munosabatlari natijasida shakllanadi Yaxlit areal 4 Bunday areallarda uchrovchi turlar areal doirasida alohida-alohida guruhlar hosil qilgan holda joylashadi. Guruh lar arealda dog‘lar shaklidagi ko‘rinishda joylashadi va ular o ‘rtasida o ‘zaro kuchli bog‘lanish kuzatilmaydi.1-rasim misol Dog‘li areallar. 5 Tur tarqalgan arealning ikki va undan ortiq qismlarga bo‘linib ketishi uzilgan areallar shakllanishiga olib kela di. Mazkur areallarda populatsiyalar orasidagi aloqalar ham butun lay uzilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘k zag‘izg‘on Pireney yarim orolida va Uzoq Sharqda yashaydi.2-rasim misol Uzilgan areallar 6 Zoogeografiyada areallar xaritasini tuzishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi: Areal xaritasini tuzish uslublari. 1. Nuqtalar orqali xaritalashtirish uslubi 2. Kontur uslubi. 3.To‘rsimon uslub. 7 Mazkur uslub asosiy uslublardan biri hisoblanadi va bunda muayyan hududda o‘rganilayotgan tur uchraydigan har bir joy nuqtalar yoki kichik aylanalar yordamida kontur xaritaga tushiriladi. Nuqtalar orqali xaritalashtirishda olingan natijalaming aniqlik darajasi mavjud materiallaming miqdoriga va xaritaning masshtabiga bog'liq bo‘ladi. Bunday xaritalashtirish faqat arealning geografik tabiatini ifodalaydi. Yaxshi o ‘rganilgan tur are alini xaritalashtirishda, mazkur tur uchraydigan barcha joyni xaritada tasvirlash shart emas. Agarda turning muayyan arealda tarqalishi bir tekis bo‘lsa, ya’ni tur hududda yoppasiga tarqalgan bo‘lsa, u vaqtda tur egallagan barcha joy bo‘yaladi yoki shtrix chiziqlar bilan belgi Lanadi.3-rasim misol 1. Nuqtalar orqali xaritalashtirish uslubi 8 Buyuk Britaniyadagi eman ipak qurti arealining nuqtali us lub orqali xaritalashtirilishi (D Xisu, 1973). 9 Xaritalashtirishning bu uslubi areallami o‘zaro solishtirishda nisbatan ko‘rgazmali va qulay hisoblanadi. Mazkur uslub yordamida areallaming chegaralari aniqlanadi, ya’ni arealning eng chekkasida aniqlangan nuqtalar o‘zaro uzluksiz chiziqlar orqali tutashtiriladi. Areal chegarasi nisbatan aniq bo‘lishi uchun nuqtali va kontur uslublari birga amalga oshiriladi. Bu uslub boshqalariga nisbatan ancha mukammal sanaladi.4- rasim misol Kontur uslubi. 10 11 Keyingi yillarda keng qo‘llanilayotgan uslublardan biri sanaladi. Bunda dastlab o'rganilayotgan turning uchrash ehtimoli bo‘lgan joylar kontur xaritada kataklarga bo‘lib chiqiladi. Shundan so‘ng areali xaritalashtirilayotgan tur qaysi katakda uchrasa, mazkur katak bo‘yaladi. Xaritalashtirishning bu turi yaxshi o‘rganilgan hududlar uchun yaroqli bo‘lib, boshqa uslublarga nis batan mukammal emas.5-rasim misol. To‘rsimon uslub. 12 13 Areallaming ko‘lami turli-tuman bo‘lib, tabiatda juda tor areallar bilan bir qatorda keng areallar ham uchraydi. Masalan, tulki katta, yumronqoziqlar o ‘rtacha va prometey sichqonlari esa kichik areal lami hosil qiladi. Keng areallar butun oblastlami, materiklami va hatto yer sharini egallaydi. Quruqlik hayvonlari ko‘pincha tor, dengiz hayvonlari esa keng areallami hosil qiladi. Areallaming ko‘lami va ko‘rinishi o ‘zgaruvchan bo‘ladi. Areal chegarasining tebranishi va arealda hayvonlar tarqalishining o ‘zgarishi doimiy yuz berib turadigan jarayondir. Bunday xususiyat arealdagi hayvonlar sonining dinamikasi bilan ham bog‘liq. Ayniqsa, kemimvchilar va hasharotlarlarda bu holat yaqqol kuzatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling