1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari. Rentgen nurlarning spektrlari Uzlukli va uzluksiz spektrlar


Download 328 Kb.
bet3/5
Sana04.05.2023
Hajmi328 Kb.
#1424981
1   2   3   4   5
3 . Uzlukli va uzluksiz spektrlar. "Spektrning katta to’lqin uzunliklar sohasi qanday tushuntiriladi?" degan savol tug’ilishi mumkin. Tormozlanish vaqtida hamma elektronlarning ham
energiyasi to’lig’icha nurlanishga aylanmaydi, ularning energiya-sining bir qismi issiqlikкa aylanishi mumkin. Shuning uchun energiyaning issiqlikka aylanishi
ortgan sari kvantlar soni kamayadi,
to’lqin uzunligi esa ortadi. Tutash rentgen spektrini qisqa to’lqin
uzunliklar sohasidagi chegaraviy
to’lqin uzunlikni o'lchab Plank doimiysini katta aniqlikda hisoblash mumkin.
Rentgen qurilmasini anodiga kelayotgan eletronlarning energiyasi oshishi bilan tutash rentgen nuri spektri ichida anod materialiga bog’liq bo'lgan katta intesivlikdagi bir necha chiziqli spektrga ega bo'lgan xarakteristik rentgen nurlanishi paydo bo'ladi. Bu nurlanishni hosil bo'lish jarayoniga to'xtalaylik. Atomning tashqi elektron qobig’idagi elektronlarni qo'zgalgan holatga keltirish uchun 0,1-10 eV atrofida energiya kerak. Bunda atom turg’un holatga qaytayotganda IQ, UB yoki ko'zga ko'rinadigan sohadagi chiziqli spektrli yorug’lik chiqaradi.
Atomning yadroga yaqin joylashgan elektron qobiqini qo'zg’algan holatga keltirish uchun, 1-10 eV atrofida energiya kerak bo'ladi. Shuning uchun rentgen qurilmasi anodiga bir necha ming volt (40-80 kV) kuchlanish berilganda unda xarakteristik rentgen nurlanishi chiqishi kuzatiladi. Bunda anodda tormozlanayotgan elektronlarning bir qismi anod materiali atomlarining ichiga kirib, bu atomlarning K, M,... qobiqlardagi biror elektronni urib chiqarishi mumkin. Masalan, K- qobiqdagi biror elektron atomni tashlab chiqib ketganligi tufayli, uning bo'sh o'rniga L yoki M qobig’idagi elektron kelishi mumkin. Natijada xarakteristik rentgen nurlanishning K-seriyalari hosil bo'ladi. Ma'lumki K - qobiqdagi elektron atom bilan mustahkam bog’langan, L - qobiqdagi elektron esa zaifroq, M – qobiqdagisi undan ham zaifroq bog’langan. Shuning uchun L K o'tishda vujudga keladigan xarakteristik rentgen nurlanishi kvantining energiyasi K va L qobiqlardagi elektronlarning bog’lanish energiyalari farqiga teng bo'ladi. Xarakteristik rentgen spektrning K, L, M va N seriyalarining vujudga kelish sxemasi.
Ma'lum bir seriyaga kirgan chiziqli spektrning tartibi ortgan sayin to’lqin uzunligi kamayib boradi. Agar anod materiali atom massasi og’irroq metall bilan almashtirilsa, xarakteristik rentgen nurlarini tarkibi o'zgarmaydi, ammo butun spektr qisqa to’lqin uzunlik tomonga siljiydi.
Ma'lum bir bosh kvant soniga mos kelgan xarakteristik rentgen nurlari ham orbital va magnit kvant sonlarini qiymatiga qarab bir necha spektral chiziqlarga bo'linib ketishi mumkin.



Download 328 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling