Oʻsha davrda tibbiyot ham jadal rivojlandi. Jarrohlik yoʻli bilan oyoqqoʻllarni kesib tashlash, singan joylarni bitirish, koʻzga tushgan oqlarni olib tashlash va boshqa tibbiy muolajalar bajarilar edi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmidan va 1-ming yillikning 1 yarmidan hozirgacha yetib kelgan tibbiy matnlarda inson tanasining boʻlaklari anatomik tizimga solinganligi maʼlum boʻldi. Baʼzi kasalliklar va tegishli dori-darmonlar ham muayyan tizimga solingan ekan. Astronomik va meteorologik qaydlardan ilmi nujum (astrologiya) va falakiyotshunoslik (astronomiya) rivojlana boshladi. Qoʻzgʻalmas yulduzlarga zid oʻlaroq ohista oʻtlab yurgan qoʻylarga qiyoslasa boʻladigan sayyoralar aniklandi va ular "bibbu" (sayyora) va "echki" (oʻzb. "qoʻy") deb ataldi. Har qaysi sayyora oʻziga monand alohida nom bilan ataldi ("bibbu" deb atalgan Merkuriydan tashqari): Zuhra (Venera) — "Dilbat", Yupiter — "Mulubabbar" ("yulduzquyosh"), Mars — "Zalbatanu" va Saturn — "Kaymanu". Sayyoralar harakatini kuzatish ham oʻsha
Do'stlaringiz bilan baham: |