B)Eron C)Hindiston 7.Qadimgi Xitoy tibbiyoti haqidagi birinchi yozma ma'lumot qanday nomlangan? A)”Xuandi “ B)”Van- shu- Xe” C)”Neytizin” 8.Qadimgi Xitoylikar davolashda Yana qanday usullardan foydalanganlar? A)Uqalash B)Eshitib ko'rish C)Ultarabinafsha 9.Xitoyliklardagi eng mashhur davolash usullari by? B)Giyohlar va na'matak choyi C)Turli xil o'simliklar 10.Xitoy ilmiy tibbiyotining asoschilaridan biri mashhur hakimi but? A)Van-Shu-Xe B)Chjan-Syan C)Byan Syao 1.B. 6.C 2.A. 7.D 3.C. 8.A 4.B 9.A 5.A. 10.C 2 QADIMGI MESOPOTOMIYA TIBBIYOTI Bobil-ossuriya madaniyati — qadimda (miloddan avvalgi 4—1-ming yillik) Mesopotamiya (hozirgi Iroq hududi)da yashagan va Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya kabi yirik davlatlar barpo etgan xalqlar — shumerlar va akkadlar, bobilliklar va ossuriyaliklar madaniyati; bir tomondan yuksak darajada taraqqiy etgan ilmfan, adabiyot va sanʼat hamda boshqa tomondan diniy mafkuraning ustuvor boʻlganligi bilan ajralib turgan.Bu xalqlarning moddiy madaniyati nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Birok tosh qurollar faqat miloddan avvalgi 3-ming yillik boshlariga kelgandagina uzilkesil isteʼmoldan chiqqan. Metallurgiyada 3-ming yilliqda quymachilik, temirchilik, zarbchilik, oltin va kumush simlar tayyorlash, nafis zargarlik usullari maʼlum boʻlgan. Asosiy qurilish materiali xom gʻisht (guvala) va maʼlum darajadagina pishiq gʻisht hisoblangan; binolarni gumbazli qilib qurish, yerning zaxini qochirish, zovurlar ochish va boshqa usullar maʼlum boʻlgan, lekin unchalik rivojlanmagan. Keyinroq texnika taraqqiyoti kurtaklari sezilarli darajada burta boshlagan. Harbiy texnika takomillashgan — aravalarda jang qiladigan qoʻshinlar (2-ming yillik boshida), mis sovutlar (2-ming yillik oʻrtalaridan), otliq askarlar, qilich, mustahkamlangan harbiy istehkomlar, qamal qilish qurollari — oʻtkir uchli xoda (taran)lar paydo boʻlgan, tosh koʻpriklar, charm meshlardan qalqma koʻpriklar qurilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Ossuriya va Bobilda temir qurolyarogʻlar paydo boʻldi, hunarmandchilikda olmos parma ishlatila boshlandi. taxminan 2 va 1 ming yillik oʻrtalarida yangi sugʻorish texnikasi — charxpalaklar va charm paqirli "uzluksiz" arqon suv chiqargichlar paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 7-asrda Ossuriyada dastlabki tosh quvur (akveduk) qurildi.Fan taraqqiyotining muhim omili insonning xoʻjalik faoliyati boʻldi, chunki u oʻlchovlar tizimini ishlab chiqishni, yer maydoni oʻlchamlarini, don omborlari va sunʼiy suv havzalari hajmini aniqlash usullarini bilishni, kanallar qazish, imoratlar qurish va hunarmandchilikda band boʻladigan ishchi kuchini hisoblay olishni talab qilardi. Ana shu omillarning natijasi oʻlaroq miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida shumerbobil matematika si yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |