1. Respublika mehmonxonalarning o‘rni, ahamiyati va malakali rahbar


Xulosa va takliflar............................................................................................54


Download 38.9 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi38.9 Kb.
#253576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jasur kurs ishi

Xulosa va takliflar............................................................................................54

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati................................................................56

KIRISH

Ma’lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko‘zlagan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi.

Mamlakatimizda jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, turizm va boshqa sohalarning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan. Olib borilgan iqtisodiy islohatlar institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ularining xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikni rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy – huquqiy shakllar vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o‘rganishda, iqtisodiyotning butun tarmoqlar va sohalarida, xususan turizm sohasida boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim malaka, tajriba, qolaversa uning muhim hislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun boshqaruvda rahbar uslublarini o‘rganish, tahlil qilish va ularni takomillashtirish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.

Mehmonxona xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlarning transformatsiyalashuvi

sharoitlarda turizmni rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirishning

muhim omili xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini izlash boshqaruv usullarini

takomillashtirish hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirgi sharoitda mamlakatimizda eng dolzarb masalalardan biri bu Respublikamizda mavjud mehmonxonalar xo‘jaligida rahbarlik uslublarini takomillashtirish va bunda ilg‘or mehmonxonalar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Tadqiqotning maqsadi mehmonxona xo‘jaliklarida rahbarlik uslublarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.




Download 38.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling