1 Resurslarning narxi


Download 24.92 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi24.92 Kb.
#1013617
  1   2   3   4

Vаriаnt 25

  1. Taklif miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar. Taklif qonuni

Taklif ishlab chiqaruvchilarning narxning har bir darajasida Tovar yoki xizmatlarning bozorga sotishga chiqariladigan miqdoridir. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli taklifning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan. Tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o’zaro, to’g’ridan- to’g’ri bog’liqlik taklif qonuni deyiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun narxning oshishi rag‘batlantiruvchi vazifani bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi jadvaldagi ma‘lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ta‘sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) Resurslarning narxi;
2) Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) Soliq va dotatsiyalar;
4) Boshqa tovarlarning narxi;
5) Narx o‘zgarishining kutilishi;
6) Bozordagi sotuvchilar soni.
Taklifning shu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
Taklif egri chizig’i.
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash va transport tashish xarajatlari ham ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. Taklif – ishlab chiqaruvchilar narxning har xil darajasida bozorga sotishga chiqariladigan tovarlar miqdoridir.
Taklif egri chizig’i – narx va taklifning hajmi o‘rtasidagi to‘g‘ridan -to‘g‘ri bog‘liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif qonuni – narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.
Taklif (talab) ning egiluvchanligi – narx 1% o‘zgarganda talab necha foiz o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ham deyiladi.
Taklif talabga qarab o’zgarib turadi. Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi.
Taklif qonuni taklifning miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgarishini ifodalaydi. Agar narx talabga teskari ta’sir etsa, taklifga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Taklif qonuni quyidagi formula orqali ifodalanadi:

Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling